Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi 20 noyabr kuni chaqiriladi. Yalpi majlisda genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish, ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish va boshqa qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Termiz tumanida temir yo‘l kesishmasida teplovoz va prokuratura xizmat avtomashinasi to‘qnashdi. Avtohalokat oqibatida ikki nafar prokuratura xodimi vafot etdi, viloyat prokurori o‘rinbosari jarohatlandi.
Pandemiya sababli yuzaga kelgan inqiroz ko‘proq qashshoqlar, ko‘p bolali oilalar va mehnat muhojirlarining oilalariga zarar yetkazdi. Kichik biznes sohasida esa inqiroz sayyohlik va umumiy ovqatlanish korxonalariga katta zarba berdi.
Qirg‘izistonda yuzaga kelgan zilzila Farg‘ona vodiysida ham sezildi. Andijonda yer osti silkinishlari kuchi 3 ballni tashkil etdi.
Moliya vazirligi Surxondaryo davlat soliq boshqarmasi Equinox xizmat avtomashinasini sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani haqida xabar berdi. Vazirlik Nexia-3 sotib olishga ruxsat bergan, ammo DSB Equinox avtomobilini moliya organiga rusxat so‘rab xat yozish va javob xatini olishdan avval sotib olgan.
Iyulda faoliyati to‘xtatilgan «Xorazm shakar» zavodi Braziliyadan keltirilayotgan xom-ashyodan shakar ishlab chiqarishni boshladi.
Mobil telefonga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar endilikda videoregistratorlar bilan tenglashtiriladi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab maktab direktorlari xalq deputatlari kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining rahbarlari endi hokimlarning maslahatchilari hisoblanadi.
Turizm bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda Aziz Abduhakimov ko‘chalardagi piyoda va veloyo‘laklar qoniqarsiz ahvolda ekanini aytdi. «Yoshlarimiz, boshqa katta yoshli aholimiz ham jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullangisi keladi. Lekin joy yo‘q», — deya ta’kidladi bosh vazir o‘rinbosari.
Prezident pandemiya sharoitida Qashqadaryodagi vaziyatni o‘rganish maqsadida viloyatga jo‘nab ketdi.
Yil boshidan buyon AOKA ommaviy axborot vositalariga 90 ta ogohlantirish yubordi. Davlat telekanallariga 20 ga yaqin xat kelib tushgan bo‘lsa, Zo’r TV va Sevimli kanallari mos ravishda 7 va 5 ta ogohlantirish olgan. Gazeta va jurnallar 29 marta, internet nashrlari 22 marta ogohlantirildi.
2021 yil 1 sentyabrga qadar tug‘ilganlikni qayd etish, yashash manzili bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish, bir martalik mukofot pulini ajratish, poliklinikaga joylashtirish va bog‘chaga navbatga qo‘yish to‘liq avtomatlashtiriladi.
Bitiruvchilarining 90 foizi OTMga kirgan yoki ishga joylashgan maktab direktorlariga o‘z oyligidan tashqari qo‘shimcha ravishda 8 mln so‘m, o‘rinbosariga 4 mln so‘m miqdorida bir marttalik pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari, tuman bo‘yicha reytingi eng yuqori bo‘lgan maktab direktorlariga ham moliyaviy rag‘batlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
O‘zgidromet 12−13 noyabrda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi va tuman tushishi haqida xabar berdi.
May oyida Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Ayblanuvchilar soni 22 nafarga yetdi, avgustda ular sonining olti nafar ekani xabar qilingandi. Sudlanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor.
XMT va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Unga ko‘ra, jumladan, Toshkentda tashkilotning to‘laqonli vakolatxonasi ochiladi.
O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi. Texnikumda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim bosqichlarida oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida kadrlar tayyorlanadi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov joriy yilda “103” tez tibbiy yordam raqamiga 10 milliondan oshiq murojaatlar kelib tushganini ma’lum qildi. “Bu yil shoshilinch tibbiy yordam xodimlari uchun ancha sertashvish yil keldi, desak, adashmaymiz”, — deya ta’kidladi.
Epitsentri Tojikistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi. Mamlakat shaharlarida silkinishlarning kuchi 2 ballni tashkil etdi.
Sherzod Shermatov 10 mingdan ortiq qadam bosib, rahbar sifatida shaxsiy namuna ko‘rsatish oson emasligini aytdi. U taxminan 2 soatlarda 9 kilometrni bemalol yurib borsa bo‘lishini ta’kidlagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting