O‘zbekiston hududiga Erondan issiq havo kirishni boshladi. Dam olish kunlari respublikada ob-havo iliq bo‘lib, harorat kunduzi 17−22 darajagacha, kechasi 2−7 daraja atrofida bo‘ladi.
Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATMda 2 noyabrdan 8 noyabrgacha barcha hududlardan tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarga bepul tashhis qo‘yiladi.
Davlat test markazi dastlab 1 mln dona bosh kiyim yetkazib berilishi uchun 7 mlrd 100 mln 100 ming so‘mga shartnoma tuzgan. Biroq korxona belgilangan miqdorda bosh kiyimlarni yetkazib bera olmagani uchun dastlabki shartnoma bekor qilinib, boshqa korxonalar bilan ham shartnomalar imzolangan.
Yil davomida harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan jami 13107 nafar abituriyentdan 1828 nafarining tavsiyanomalari qayta tekshirilgan. Unga ko‘ra, 300 dan ortiq soxta tavsiyanoma aniqlandi.
O‘zbekistonda «Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus» dasturi amalga oshiriladi. Bu to‘g‘risidagi hujjat Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farm agentligi va USAID tomonidan imzolandi.
Qur’onga hurmatsizlik qilinganini tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Sardoba ofatidan jabr ko‘rgan aholiga yangi ko‘p kvartirali xonadonlar «qur’a tashlash» yo‘li bilan taqsimlab beriladi. Avvaliga «yashil» yig‘ma jilddagi fuqarolar, keyinchalik «qizil» jilddagilar uylarga ko‘chirib o‘tkaziladi. Aholi doimiy ish bilan ta’minlanib, bolalar maktablarda chet tillari va IT sohasi bo‘yicha o‘qitiladi.
Hukumat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sardoba texnogen falokatidan zarar ko‘rgan aholi uy bilan birga doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘lishini ta’kidladi. Yangi uylar ko‘chib o‘tishga tayyor va tez orada “qur'a tashlash” yo‘li bilan aholi o‘rtasida taqsimlanadi.
Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga radikal va diniy ekstremistik g‘oyalarni tarqatganlik uchun javobgarlikka tortilishi haqida eslatdi.
Matoli niqob tibbiy niqobdan yaxshiroqmi ? Aslida u nimadan qilingan bo‘lishi kerak? Niqobdan qanday foydalanish zarur? Ushbu va boshqa muhim savollarga oydinlik kiritilgan «Meduza» nashrining maqolasini «Gazeta.uz» tarjima qildi.
Energetika vazirligi Toshkent va viloyatlarda joylashgan gaz quyish shaxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu chora aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz gaz bilan ta’minlashga qaratilgan, chunki odam gavjum paytlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalarida yonilg‘i sarfi tufayli bosim kamayadi.
Sharqshunos olim Andrey Kubatin koronavirus asoratlaridan vafot etdi. 2017 yilda u davlatga xiyonat qilishda ayblanib sudlangan va 2019 yilda reabilitatsiya qilingan edi.
Jahon banki O‘zbekistondagi innovatsiyalar tizimini modernizatsiya qilish uchun 50 mln dollar ajratdi. Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarida xalqaro darajadagi tadqiqotlarni o‘tkazishga yordam beradi.
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi.
15 oktyabrda prezident «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi yangi qonunni imzoladi. Mazkur qonun dastlab qabul qilingan — «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun taqdirini takrorlamasligi hamda nogironlarning huquq va manfaatlarini haqiqatan ham himoya qilishi uchun qanday choralar ko‘rish kerak — Oybek Isoqov va Dilmurod Yusupov maqolasida.
O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 77 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi.
Toshkent viloyati hokimligi va Singapurning Universal Success Enterprises kompaniyasi «Nurafshon siti»ni qurishga kelishib olishdi. Loyiha uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda va investitsiyalar hajmi texnik-iqtisodiy asoslash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Prezident «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga muvofiq, davolanish muddati 18 oydan oshmaydi hamda davlat maslahat berish-tashxis qo‘yish, davolash, psixoprofilaktik, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kafolatlaydi.
Respublika maxsus komissiyasi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilganligi haqida ma’lum qildi. Biroq bu xabar hech qaysi rasmiy manbalarda e’lon qilinmagan edi.
Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarida «Nobel» sovrindorlari tadqiqoti natijalari asosida eksperiment o‘tkazilmoqda. Kuzatuvlar natijalari O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini aniqlash, «yashash minimumi» va «iste’mol savatchisi» bo‘yicha hisob-kitobni yakuniga yetkazishda qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting