Sentyabr oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyevning jamoasi sarguzashtlarni sevuvchilar bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi tog‘li vodiyga yo‘l oldilar. Safar iqlim sinoviga aylandi — harorat -22°C ga tushdi. Ekstremal ob-havo sharoiti ustidan qozonilgan g‘alaba badali — “Gazeta.uz” materialida.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘z xodimlarining poytaxtdagi «Interkontinental» mehmonxonasida yashashi uchun 2 mlrd so‘m to‘ladi. Vazirning birinchi o‘rinbosari to‘lov byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmaganini ma’lum qildi.
TDPU rektori Alisher Umarov sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Unga noqonuniy ishdan bo‘shatilgan kafedra mudirini lavozimiga qayta tiklash yuklatilgan edi.
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida «Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi» nodavlat ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berar ekan, o‘z harakatlarini tan oldi. U audioyozuvdagi gaplar tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS o‘z vaqtida to‘lanmagani va asossiz ravishda xisob raqami band qilinib, undagi mablag‘lar undirilmoqchi bo‘lgani uchun aytilganini ma’lum qildi.
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abrayev 39 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, marhum COVID-19dan davolanayotgan edi.
O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylari davomida 4294 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. YTHlar oqibatida 1293 kishi halok bo‘lgan, 3886 nafari jarohatlangan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nima uchun oiladagi zo‘ravonlik holatlari sudgacha yetib bormasligi, ayollar uchun siyosat va biznesda kvotalar nima uchun zarurligi, nega Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z vazifalarini yangi Mahalla vazirligiga topshirmasdan, Ayollar ishlari bo‘yicha vazirlikka aylanishi lozimligi haqida gapirib berdi.
Yuk mashinasi «Toshkent — Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdga borib urildi. Haydovchi qoidani buzib, «shlagbaum»ni aylanib o‘tishga uringan. U voqea joyida vafot etdi. Poyezd 42 daqiqaga ushlanib qoldi.
Samarqandda PPX xodimlarining 15 yoshli o‘smirni niqob taqmagani uchun majburan ichki ishlar bo‘limiga olib ketish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. IIO xodimlaridan biri jarayonni videotasvirga olayotgan fuqaroga ham tashlandi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan bayonot berib, PPX xodimlariga fuqarolar bilan muloqotda odob-axloqqa rioya qilish lozimligi tushuntirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim bo‘yicha test topshirgan abituriyentga OTMga kirish imtihonlarida maksimal ballga nisbatan tabaqalatirilgan ball beriladi.
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 28 yoshli shaxs 8 yoshli qizga nisbatan axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etdi. Qizning onasi «Sukut saqlama» loyihasiga hodisa tafsilotlarini bayon qildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
15 oktyabr — jismoniy shaxslarning yer solig‘ini to‘lash bo‘yicha so‘ngi muddati. Yer solig‘i qanday hisoblanadi, muddatdan keyin to‘laganlar uchun qanday jarima qo‘llaniladi va kim yer solig‘idan ozod qilanadi?
Mehnat vazirligi 2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan poytaxtda isitish mavsumi 15 oktyabrdan boshlanadi.
9 oktyabr kuni Sirdaryo tumanida qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimi pichoqlanishi natijasida voqea joyida vafot etgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Bu yil fizika bo‘yicha «Nobel» mukofotiga olimlar qora tuynuklar ustida olib borgan tadqiqotlari uchun sazovor bo‘lishdi. Astrofizik Po‘lat Tadjimuratov fiziklar qanday yetuk ishlarni amalga oshirganini va nima uchun bu muhimligi to‘g‘risida.
Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda 652 kishini majburiy ravishda paxta terimiga jalb qilish holatlarini aniqladi. 18 mansabdor shaxs 200 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Qonunbuzarliklar eng ko‘p Qashqadaryo va Namangan viloyatida aniqlandi.
O‘rta Chirchiq tumanida xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortildi.
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kunduzi 22−25 daraja issiq bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting