Jamiyat

«Turar-joyga ehtiyoji bor talabalarning 47 foizi yotoqxona bilan ta’minlangan» — Abduqodir Toshqulov
9 sentabr 2022, 12:42

«Turar-joyga ehtiyoji bor talabalarning 47 foizi yotoqxona bilan ta’minlangan» — Abduqodir Toshqulov

O‘zbekistondagi OTMlarda ta’lim olayotgan 211 ming nafar talabaning turar-joyga ehtiyoji bor, shundan faqat 91 ming talaba yotoqxonaga joylashishi mumkin. «Turar-joyga ehtiyoji bor talabalarning 47 foizi yotoqxonalar bilan ta’minlangan», — dedi Abduqodir Toshqulov.

Talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz varianti yo‘lga qo‘yilishi mumkin
9 sentabr 2022, 12:19

Talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz varianti yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz varianti ustida ish olib borilayotganini aytdi. Unga ko‘ra, ijara subsidiyasini kimlarga berishni talabalar guruhda o‘zi hal qiladi. Ilmiy kengash tasdiqlagach, subsidiya talabalarning plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Andijonda maktabga o‘quvchilarni oyoq kiyimsiz kirgizgan direktor va uning o‘rinbosari ogohlantirildi
9 sentabr 2022, 11:58

Andijonda maktabga o‘quvchilarni oyoq kiyimsiz kirgizgan direktor va uning o‘rinbosari ogohlantirildi

Andijonning Paxtaobod tumanidagi 38 maktabda o‘quvchilarning yo‘lakda oyoq kiyimsiz yurgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat XTB bayonotiga ko‘ra, ushbu holatning ta’lim sifatiga umuman ta’siri yo‘q. Voqea sabab maktab direktori va o‘rinbosariga intizomiy chora qo‘llandi.

Samarqandda korxona kanalga 1 tonna neft mahsulotlarini oqizib yubordi
9 sentabr 2022, 11:47

Samarqandda korxona kanalga 1 tonna neft mahsulotlarini oqizib yubordi

Davlat ekologiya qo‘mitasi Samarqand tumanidagi korxona «Darg‘om» kanaliga 1 tonna neft mahsulotlarini oqizib yuborganini aniqladi. Buning ortidan 1,2 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lovi undirilishi, qolaversa, korxona faoliyati to‘xtatilishi mumkin. Hujjatlar tayyorlanib, sudga yuboriladi.

«Tashabbusli budjet» loyihasidagi ovozlar tekshirib chiqiladi — Moliya vazirligi
9 sentabr 2022, 10:42

«Tashabbusli budjet» loyihasidagi ovozlar tekshirib chiqiladi — Moliya vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar Open budget platformasida ayrim loyihalarning qisqa muddat ichida minglab ovozlar to‘playotgani yuzasidan e’tirozlar bildirmoqda. Moliya vazirligi holatga munosabat bildirib, ovozlar qayta tekshirib chiqilishini ma’lum qildi.

Yana bir bola ariqning panjarasiga tiqilib qoldi. FVV yana ota-onalarga murojaat qildi
9 sentabr 2022, 10:06

Yana bir bola ariqning panjarasiga tiqilib qoldi. FVV yana ota-onalarga murojaat qildi

Toshkentda 11 yoshli bolaning oyog‘i ariq panjarasiga qisilib qoldi. Shu kabi holat avvalroq Sirdaryoda ham kuzatilgandi. FVV yana bir marta ota-onalarni o‘z farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

Kechasi zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr — Andijon
9 sentabr 2022, 09:46

Kechasi zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr — Andijon

9 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 02:00 da Andijonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila magnitudasi epitsentr — Asaka tumanida 3,3 ballga teng bo‘lgan. Bundan yarim soatcha oldinroq esa Qirg‘izistonda yer qimirladi, uning ta’siri Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxda sezildi.

«Nukus — Mo‘ynoq» yo‘nalishida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
9 sentabr 2022, 09:19

«Nukus — Mo‘ynoq» yo‘nalishida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

12 sentabrdan boshlab Uzbekistan Airways har dushanba «Nukus — Mo‘ynoq» yo‘nalishida aviaqatnovni amalga oshiradi. Qolaversa, kompaniya faqat 9 sentabr kuni Nukusdan uchgan samolyot Mo‘ynoqda to‘xtab, keyin Toshkentga uchishini ma’lum qildi.

8 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 sentabr 2022, 22:00

8 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning ayol rahbarlari sammiti, Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida yana daraxtkushlik, «O‘zbek tili» kitobida Murod Nazarov haqidagi matn, 57 ta timsoh bolasining ahvoli, asosiy stavkani 15% darajada o‘zgarishsiz qoldirgan MB va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Toshkentda yana bir quruvchi tashkilot 42 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi
8 sentabr 2022, 20:16

Toshkentda yana bir quruvchi tashkilot 42 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida quruvchi tashkilot tomonidan 42 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib yuborilgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 425 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Bosh prokuratura tashkilot mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

«O‘zbek tili» darsligiga Murod Nazarov haqida matn kiritilganiga izoh berildi
8 sentabr 2022, 17:21

«O‘zbek tili» darsligiga Murod Nazarov haqida matn kiritilganiga izoh berildi

Tarmoqlarda 7-sinf «O‘zbek tili» darsligiga Murod Nazarov to‘g‘risida ma’lumot kiritilgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Vaziyatga darslik mualliflari jamoasi tushuntirish berishicha, tadbirkor haqidagi matn «o‘qib tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish uchun autentik material sifatida tanlangan».

Toshkentda 58 tup daraxtni kesib tashlagan Dream House Stroy mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
8 sentabr 2022, 17:10

Toshkentda 58 tup daraxtni kesib tashlagan Dream House Stroy mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumanida 58 tup daraxtni kesib tashlab, tabiatga qariyb 800 mln so‘mlik zarar yetkazgani uchun Dream House Stroy kompaniyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Avvalroq, mazkur hodisa Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida, tungi vaqtda sodir etilgani haqida yozgandik.

«Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyati tender e’lon qildi
8 sentabr 2022, 17:00

«Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyati tender e’lon qildi

«Jizzax akkumulyator zavodi» (JAZ) AJ tayyor mahsulotlarni Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida sotish buyicha dilerlikka tanlov e’lon qildi.

Jizzaxda er xotinini armatura bilan urib o‘ldirgani aytilmoqda
8 sentabr 2022, 16:39

Jizzaxda er xotinini armatura bilan urib o‘ldirgani aytilmoqda

G‘allaorol tumanida er o‘zaro gap talashib janjal yuzaga kelishi oqibatida xotinining boshiga armatura bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda.

Toshkentda Audi va Nexia to‘qnashib ketdi
8 sentabr 2022, 16:05

Toshkentda Audi va Nexia to‘qnashib ketdi

Uchtepa tumanida Audi e-tron GT va Nexia ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Buning oqibatida Nexia haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizildi.

Toshkent hayvonot bog‘i 57 ta timsoh bolasining ahvoli haqida ma’lumot berdi
8 sentabr 2022, 15:47

Toshkent hayvonot bog‘i 57 ta timsoh bolasining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Avgust oxirida aeroportdan noqonuniy tarzda plastmassa idishda olib o‘tishga urinilgan 57 ta timsoh bolasining sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazilgan, deya ma’lum qildi Toshkent hayvonot bog‘i. Hozirda ular go‘sht, baliq bilan boqilmoqda, ularning bo‘yi va vazni o‘lchab ko‘rildi.

«Bahoni biznes manfaati bo‘lgan shaxslar bermasligi kerak». Darsliklar mualliflari prezidentga murojaat qilishdi
8 sentabr 2022, 15:46

«Bahoni biznes manfaati bo‘lgan shaxslar bermasligi kerak». Darsliklar mualliflari prezidentga murojaat qilishdi

Yangi maktab darsliklari mualliflari darsliklarning mazmun-mohiyati va sifati haqida «asossiz xabarlar» tarqalayotgani sababli prezidentga murojaat qilishdi. Unda darsliklarni ekspertizadan o‘tkazilishiga qarshi emasliklari, biroq bahoni biznes manfaatlari bo‘lganlar bermasligi kerakligini ta’kidlashdi.

Ovoz uchun pul to‘lash, bepul ichimliklar tarqatish va boshqalar — Open budjet loyihalari uchun ovoz yig‘ish qanday ketmoqda?
8 sentabr 2022, 10:51

Ovoz uchun pul to‘lash, bepul ichimliklar tarqatish va boshqalar — Open budjet loyihalari uchun ovoz yig‘ish qanday ketmoqda?

«Tashabbusli budjet»da ovoz berish jarayoni 17 sentabrda tugaydi. Fuqarolar ungacha o‘z loyihalari uchun ko‘proq ovoz to‘plash uchun turli usullardan foydalanmoqda. Jumladan, tekinga ichimlik ulashilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda ovoz yig‘ib beruvchilar ommalashdi. «Gazeta.uz» ulardan bir nechtasini jamladi.

O‘zbekistonning baland tog‘larida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda
8 sentabr 2022, 10:23

O‘zbekistonning baland tog‘larida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda

Hafta oxirida Volga bo‘yi hududlaridan O‘zbekistonga biroz nam va salqin havo kirib keladi. Natijada respublika hududining katta qismida havo harorati kunduzi +25…+28 darajagacha pasayadi. Ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 2500 metrdan baland tog‘larda esa yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.

Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida 60 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
8 sentabr 2022, 10:07

Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida 60 ga yaqin daraxt kesib tashlandi

Yaqinda 100 dan ortiq daraxt shikastlangan Chilonzor ko‘chasida bir kechaning o‘zidayoq 58 tup daraxt kesib tashlandi. Har ikki voqea tuman prokuraturasi yaqinida sodir etildi. Birinchi holatdan so‘ng tuman hokimi va prokuror ishdan olindi. Tuman hokimligi ertalab kesilgan daraxtlar o‘rniga 69 tup ko‘chat ekdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting