O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga borayotgan fuqarolardan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotnomalar aniqlanmoqda. Bundan tashqari, ularning ayrimlarida COVID-19 qayd etilmoqda. Shu sababli Janubiy Koreya elchixonasi test natijalari ustidan konsullik nazorati tizimini joriy etdi.
Haftaning birinchi qismida O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. 29−30 sentyabr kunlari havo harorati 15−20 darajagacha pasayadi. Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar: 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?
Namangan viloyatining yangi hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan city loyihasini bekor qildi. Yangi shahar qurilishi Namangan shahriga tumanlardan qo‘shib beriladigan yerlarda amalga oshirilishi bildirildi.
Toshkentda bitkoin savdogarlari ushlandi. Ular 20 ta bitkoinni noqonuniy ravishda 224 ming dollarga sotmoqchi bo‘lishdi.
Namangan viloyatida Nexia haydovchisi olti yoshli qizni urib yubordi. U shifoxonada hayot bilan vidolashdi.
Zira.uz sizga mazali va to‘yimli taomlarni tayyorlashni taklif qiladi va eng mazali 7 ta go‘shtli taomni e’tiboringizga havola etadi.
Davlat test markazi tomonidan 2020−2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakuni bo‘yicha ma’lumot berildi. Bu yil 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagidan 37 718 nafar ko‘p).
Pandemiya davrida tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov bekor qilindi. Xodimlarga pul mablag‘lari bank kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Dam olish kunlari sovuq antitsiklon tufayli harorat iqlim me’yoridan 3−4 darajaga pasayishi kutilmoqda. Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antitsiklon ta’sirida bo‘ladi, bulutlilik ortadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
Abituriyentlarning imtihon natijalari 25 sentyabr kuni soat 15:00 da DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Avvalroq DTM natijalar allaqachon aniq ekani, faqat bu yil ko‘plab yoshlarga imtiyozlar berilganligi sababli, ularni qo‘shib chiqish ishlari yakunlanayotganligi haqida xabar bergan edi.
Rossiya O‘zbekistonga 2020 yilda 10 million doza, 2021 yilda 25 million dona koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishi kutilmoqda. Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) va Laxisam farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasini yuborishga kelishuvga erishdi.
Andijondagi xonadonlardan birida «Texnopark» kompaniyasining aqlli gaz hisoblagichi portladi. «Hududgazta’minot» portlashga hisoblagich ichida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Rossiya ommaviy axborot vositalari Kamensk-Shaxtinskdagi migrantlar uchun mo‘ljallangan chodirli lagerda 33 yoshli o‘zbekistonlikning vafot etgani haqida ma’lum qildi. Unga bir tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Tashqi ishlar vazirligi o‘limni tasdiqladi, ammo fuqaroning lagerda yashaganini rad etdi.
Pandemiya sababli horijliklar va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatda qolish muddati 15 dekabrgacha uzaytirildi. O‘zbekiston elchixonasi RFda noqonuniy yashab kelayotgan fuqarolarni mamlakatda bo‘lib turishlarini qonuniylashtirishga va ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga chaqirdi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Ichki ishlar vazirligi epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari buzilgan taqdirda avtomobillarni vaqtincha ushlab turishga ruxsat berish taklifi ilgari surilgan qonun loyihasini taqdim etganini ma’lum qildi. Parlament a’zosi IIV bu orqali karantin paytida avtomobillarni jarima maydonchalariga joylashtirish noqonuniy ekanligini tan olganini taxmin qildi. YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra, karantin qoidalari buzilgani uchun eng kamida 155,8 mingta avtomobil jarima maydonchalariga joylashtirilgan.
Prezident «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Mazkur qonun bilan 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida"gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
23 sentyabr — Xalqaro imo-ishoralar tili kuni. Imo-ishoralar tilining O‘zbekistondagi maqomi qanday va karlarning ma’lumot olish huquqlari qay darajada himoyalangan? Karlar huquqlari faoli Ma’mur Ahliddinov va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov savollarga oydinlik kiritishga harakat qilishdi.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini pulli ro‘yxatga olishdan, hisob-kitoblarga ko‘ra, 135,5 mlrd so‘m to‘plandi. Jami bo‘lib 47 milliondan ziyod kod ro‘yxatga olingan. AKT vazirligi mobil qurilmalarning rasmiy importi hajmi bir necha barobarga o‘sganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 2,5 mlndan ortiq avtotransport vositalari mavjud, shulardan 93% yengil avtomobillar. Eng ko‘p avtotransport vositalari Toshkent shahriga, eng kami esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting