Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning ko‘plab tumanlarida yashovchi aholi elektr energiyasi o‘chirilganidan shikoyat qildi. Qarzdorlik uchun to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan, bir necha soat davomida tarmoqqa ulanmagan. «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasining «Gazeta.uz»ga izoh berishicha, bir vaqtning o‘zida ommaviy o‘chirish va qayta ulash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimiga yuklanish ortishi natijasida tizim qayta ulanishni 4−5 soatga kechikib amalga oshirgan.
Namanganda 5 yildan buyon sevishib kelayotgan ikki yosh ota-onalarini o‘zaro turmush qurishlariga rozi qilish maqsadida bir-birini pichoqladi. Qiz vafot etdi, yigit shifoxonada.
1 trln so‘m mablag‘ni naqdlashtirgan, 30 mln dollarni chet elga chiqarib yuborgan jinoiy guruh ishi sudga oshirildi. Aniqlanishicha, jinoiy guruh 300 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ni sohta rahbarlarning hisobiga tushirgan va keyinchalik ushbu mablag‘lar sherik banklarda naqdlashtirilgan. Har bitta operatsiyada o‘rtacha 500−600 ming dollardan naqdlashtirilgan.
Chiroqchi tumanida IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i sudlanuvchilarni kechirib, sud zalidan ozod qilishni so‘radi. «Bularni 50 yilga qamasangiz ham erim qaytib kelmaydi», — dedi marhumning xotini. Sud jarayoni davom etmoqda.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanishining birinchi kunida, 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etdi. Holat sababi hozircha noma’lum.
Mehnat vazirligi nima uchun O‘zbekistonda fuqarolarni xorijga ishlashga jo‘natishdan avval majburiy o‘qitishga qaror qilingani, shuningdek, qonuniy va noqonuniy migrantlar o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib berdi. Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, hozirda Rossiyada 600 ming o‘zbekistonlik hujjatlarsiz ishlamoqda, 421 ming kishi esa deportatsiya qilinib, RFga kirishga taqiq olgan.
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Mehmonxonalar, sanatoriylar, dam olish maskanlari va boshqa shu kabi muassasalar xizmatlaridan foydalanadigan barcha fuqarolar joylashish vaqtidan boshlab, qancha muddat bo‘lishidan qat’i nazar E-Mehmon tizimida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Toshkentda 14 sentyadrdan o‘z faoliyatini boshlagan 139 ta maktabning 2 tasida darslar koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar to‘xtatildi.
Hozirgi zerikarli va mafkuraga bo‘ysundirilgan ijtimoiy fanlar texnika fakultetlari talabalariga kerak emas. Ularni oliy ta’limning «qalbi va musiqasi»ga aylantirish orqali qanday jonlantirish mumkin? O‘quv jarayoniga zarar yetkazmasdan fanlarni 50 foizga qanday qilib qisqartirsa bo‘ladi? Faylasuf, sotsiolog va antropolog Valeriy Xan o‘z maqolasida mazkur savollarga javob beradi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda oliy o‘quv yurtlariga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar hibsga olindi.
Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari, Farg‘ona viloyati hokimining akasi Avazbek G‘aniyev miyaga qon quyilishi tashxisi bilan olamdan o‘tdi.
Qashqadaryoda 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqaroni jami 9 mln dollarga chuv tushirgan shaxslarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Abu-Bakir Ibragimov Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Daulet Tolibayev koronavirus oqibatida olamdan o‘tgan edi.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga yangi hokim etib Abdurasul Abdullayev tayinlandi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda. Sentyabr oyining boshida Sog‘liqni saqlash vazirligi tunnellarni foydasiz degan edi. JSST bu haqda bahordayoq ta’kidlagan.
Rossiyaning turli mintaqalaridan kelgan 4500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Samara yaqinidagi vaqtinchalik chodir lageridan uylariga qaytish uchun imkoniyat kutmoqda, deya xabar qildi «Novaya gazeta». O‘zbekiston parvozlarni qayta tiklashga urinmoqda, ammo masalaning yechimi ko‘proq Rossiyaga bog‘liq, deya ta’kidladi Transport vazirligi vakili.
Uchko‘prik tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruv vaqtida uxlab qolib, yo‘l chetida to‘xtab turgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 44 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi.
Respublika bolalar kutubxonasi metsenatlar mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilinadi. Kutubxonada kovorking uchun xonalar, laboratoriyalar va studiya barpo etiladi. Loyihaga binoan, binoning tarixiy ko‘rinishi saqlab qolinadi. Ish 2021 yilning bahorigacha yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Rossiyaning Samara viloyati va Yekaterinburg shahridan temir yo‘l reyslari orqali deyarli 1700 fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Kelganlarning barchasi karantinga yuborildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting