Qibray tumanida murdasi sayohat jomadoni ichidan topilgan erkakni o‘ldirishda gumon qilinayotgan ikki kishi qo‘lga olindi.
15 avgustdan boshlab karantin choralari yumshatiladi: shaxsiy va jamoat transporti harakati, qator faoliyat turlari, bozor va madaniy-ma’rifiy muassasalar ishini bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. 17 avgustdan hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi tiklanishi belgilandi.
2020 yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasiga mehnat munosabatlari buzilganligi to‘g‘risida 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularni o‘rganishi natijasida 3886 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi nisbatan yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lsada, aholining deyarli yarmi va kam ta’minlangan oilalarning uchdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olinmagan. Bu haqda mamlakatdagi ijtimoiy himoya tizimini baholash bo‘yicha hisobotda aytiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘ining Milliy gvardiya xodimiga qo‘pollik qilib, uni haqoratlagani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Ularning har ikkisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qabul test sinovlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarga barcha sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi va ularning xavfsizligi ta’minlanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, respublika bo‘yicha bir kunda 100 mingga yaqin abituriyentni test sinovidan o‘tkazilishi qayd etildi. Test sinovlari birinchi smena uchun 08:00 da boshlanib, 10:00 gacha davom etadi va ikkinchi smena 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab respublikadagi 1200 ta maktabda kundalik yuritish elektron shaklga o‘tkaziladi va qog‘oz shaklidagi kundaliklar bekor qilinadi. Xizmatdan foydalanishda internet-trafik hisoblanmaydi.
«Agrobank» Sirdaryo viloyati Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi 3 nafar tadbirkorning xabardorligisiz ular nomiga 520 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zi ishlatib yuborgani fosh etildi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirus infeksiyasiga chalinganini ma’lum qildi. Vazir hozirda uyda reabilitatsiya davrini o‘tayotganini va yaqin orada ishga qaytishini bildirdi. Shuningdek, vazir kasallikni qanday boshidan kechirayotganini va davolanishga doir o‘zini maslahatlari bilan bo‘lishdi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 160 mingta oila moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatidan («temir daftar») chiqarildi. Ular o‘rniga yana shuncha yangi oila kiritildi va ularga ham bir martalik moddiy yordam to‘lanadi.
O‘zbekistonda Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi vaksinalardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Seshanba kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida «Moskvich» yo‘ldan chiqib ketib, ariqqa quladi. Avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi.
Samarqand viloyatida 12 avgustdan ayrim sohalarda karantin qoidalari yumshatilmoqda. Jumladan, avtomobillarda stikersiz harakatlanish, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va boshqalar faoliyatini tashkil etishga ijozat berilmoqda.
Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasini bog‘lovchi «Norindaryo» ko‘prigi qurib bitkazilgunga qadar Mudofaa vazirligi harbiylari aholi uchun vaqtinchalik ko‘prik ko‘tardi. Ko‘prikni ta’mirlash ishlarini sentyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda birinchi marta audiobuk shakliga ega normativ hujjat tayyorlandi. Adliya vazirining buyrug‘i hisoblangan ushbu hujjat notariuslar faoliyatiga tegishli bo‘lib, uni respublika hududlaridagi notariuslarga tarqatilishi ma’lum qilindi.
4 avgust kuni Rossiyaning Qozon shahridan charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan va «Sayoxat» mehmonxonasiga karantinga olingan 31 yoshli denovlik erkak, mehmonxonaning 4-qavatidan o‘zini uloqtirib o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Zominda o‘zidan oldindagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Lada-Largus haydovchisi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Natijada yengil avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola jarohatlandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insonparvarlik yordami sifatida O‘zbekistonga 500 ta kislorod konsentratorini jo‘natdi. Hafta oxirigacha laboratoriyalar uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan yuklangan yana bir insonparvarlik yordamining kelishi kutilmoqda.
Andijon viloyatida institutga kiritish evaziga 2 ming dollar olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi.
Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi gidroelektrstansiya hududida jomadon ichidan erkak kishining jasadi topildi. O‘limning «mexanik asfiksiya» natijasida sodir bo‘lgani xabar qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting