Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yana O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmoqda, deya xabar beradi TIV. Mazkur vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maxsus komissiyaga taqdim etildi. TIV Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolardan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmaslikni va hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini so‘radi.
Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida Cobalt avtomobili va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida uch kishi voqea joyida vafot etgan.
2 iyul kuni Uchtepa tumani «Ko‘kcha darvoza» MFY hududida joylashgan «Olmos jo‘ja» MCHJga qarashli oshxonada yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Endi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mobil qurilma orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi. «Gazeta.uz» mobil ilova orqali davlat soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.
50 ming dollar miqdorida pora olish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha Toshkent hokimligining Kapital qurilish boshqarmasi o‘rinbosari ham qo‘lga olindi. Avvalroq Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘ining ushlangani xabar qilingan edi.
6 iyuldan 2020−2021 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinf o‘quvchilarining qabul jarayoni boshlanadi. Pandemiya munosabati bilan qabul jarayonida bir qancha o‘zgarishlar bor.
Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda yana bir fuqaroning qiynoqlardan vafot etgani haqidagi videoyozuv bo‘yicha axborot berdi. Qayd etilishicha, marhum OITS, o‘pka sili va boshqa kasalliklar asoratidan vafot etgan.
2 sentyabrdan boshlab 2020−2021 o‘quv yili OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkaziladi. «Gazeta.uz» abituriyentlarga javoblar varaqasi bilan ishlash uchun qo‘llanmani taqdim etadi.
O‘qituvchilar uchun “qog‘ozbozlik” yuki keskin qisqartirildi. Endi ular faqat sinf jurnalini, jumladan, elektron ravishda Kundalik tizimi orqali, to‘ldirib boradilar. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning an’anaviy o‘quv dasturlari “O‘qituvchi kitobi"ga almashtiriladi.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 18 yoshli Mohinur Jo‘rayeva osilgan holatda topildi. Uning onasi kuyovini ayblamoqda, deb yozdi Daryo.uz. “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida “Zinzilban” kesmasining o‘rni va mavqeini mustahkamlash, hududning geoturizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida yangi geologiya milliy bog‘i tashkil etiladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning xonadoniga tashrif buyurib, oilasiga hamdardlik bildirdi.
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Andijonda qiynoq oqibatidagi vafot etgan marhumning oilasidan uzr so‘radi. Shu bilan birga, ushbu holat yuzasidan sud ishlari ochiq va shaffof bo‘lishi, unga jurnalistlar ham kiritilishi ma’lum qilindi.
Voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi va mahkuma ayollarning voyaga yetmagan farzandlari bilan uchrashuvlarining alohida tartibi belgilandi.
Toshkent shahrida 6 ta yangi ko‘prik qurilishi rejalashtirilmoqda. Ko‘priklarning aksariyati Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab hamda Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmalarida barpo etilishi kutilmoqda. Ularni qurish uchun qariyb 640 mlrd so‘m sarflanadi.
30 iyun kuni O‘zbekistonda Yoshlar kuni nishonlanadi. Millionlab yoshlar bugun hayot yo‘llarining boshida turishibdi. «Gazeta.uz» 35 yoshgacha bo‘lgan va muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlardan ta’limga bo‘lgan munosabatlari, hayotiy maqsadlari, qiyinchiliklar hamda orzudagi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini so‘radi.
Xorijdan kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ixtiyoriy ravishda o‘z hisoblaridan mehmonxonalarda karantinga olish tartibi va narxlari belgilandi.
Koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning qizi jiddiy kasalliklari bo‘lishiga qaramasdan, uni karantin markaziga majburlab jo‘natishganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limning rasmiy sababi — miokard infarkti — noto‘g‘ri. U qabristonda otasining tobuti bilan koronavirus aniqlangan yana ikki kishining jasadini ham olib kelishganini qo‘shimcha qildi.
Surxondaryo viloyatida Malibu va “VAZ 2101” avtomashinalari to‘qnashdi. Oqibatda “VAZ 2101"da yong‘in chiqib, uning salondagi ikki kishi hodisa joyida vafot etgan.
Bundan roppa-rosa ikki yil oldin Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markaziga tashrif buyurib, kar bolalar va kattalarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. O‘zbekiston Karlar jamiyati blogi muallifi Ma’mur Axliddinov va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov prezident tashrifidan so‘ng nima o‘zgarganini o‘rganishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting