Jizzax shahar markazida avtobus va Nexia avtomashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 3 nafar yo‘lovchisi bor avtobus to‘qnashuv natijasida ag‘darilgan. To‘qnashuvda tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda.
TIV Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonga kirishga qo‘yilgan cheklovlar o‘z kuchida qolayotganligi haqida xabar berdi. Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston fuqarolarini yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka va yashash joylarida qolishga chaqirildi.
27 iyun kuni Samarqand viloyatida dunyoga kelgan siam egizaklari vafot etdi. Ularning o‘limiga nafas va yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Koronavirusga qarshi kurashayotgan bemorlarning 172 nafarida pnevmoniya jarayoni kuzatilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bemorlarning 285 nafarining ahvoli o‘rta og‘ir, 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
7 iyuldan ish haftasining oxiriga qadar O‘zbekistonda havo issiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 34−39 darajagacha ko‘tariladi.
1 sentyabrdan boshlab barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi. Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” tizimida bir qator yangi tartiblar joriy etildi.
Paradise Food restorani mazali burger, sendvich, xot-dog, steyk, salat va issiq gazaklarni mijozlarining uyigacha yetkazib beradi. Restoran ochilishi munosabati bilan, iyul oyining oxiriga qadar aksiya asosida har bir buyurtmaga bepul kokteyllar beriladi.
Tojikistonda sezilgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Uning kuchi Toshkentda 3, Farg‘onada esa 4 balni tashkil etdi.
Yaqin ikki haftada Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA va AQSHdan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 19 ta charter reys tashkil etiladi.
Asakada 9 yoshli qizchaning o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha gumondor sifatida qo‘shni uyda yashovchi 23 yoshli ayol qo‘lga olindi.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yil oxiriga qadar almashtirilishi kerak. Ularni Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) bo‘limlarida va davlat xizmatlari markazlarida yangilash mumkin. Shu bilan birga, guvohnomani almashtirish uchun onlayn ariza bilan ham murojaat qilish mumkin. Buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida «Gazeta.uz» qo‘llanmasida o‘qishingiz mumkin.
Xorazmda 6 ming dollar bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchidan 3,5 mingini olgan universitet o‘qituvchisi Toshkentda ushlandi
Toshkentning Uchtepa tumanida Spark haydovchisi mahalla ichida yo‘lga yugurib chiqqan ikki yashar qizchani urib yubordi. Bola tana jarohatlari olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Dam olish kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda havo harorati bir xil me’yorda — kunduzi 30−35 darajagacha issiq bo‘ladi.
“O‘zbekiston 24” telekanali Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar, SamDU katta o‘qituvchisi va xodimi 6000 dollar hamda SamDCHU o‘qituvchisi 2000 dollar pora olayotganda ushlangani haqida xabar qildi.
Project Hope ijtimoiy yordam tashkiloti O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, koronavirusni aniqlash testlari va 600 ming dollarlik miqdorda tibbiyot jihozlari yubordi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi, 2001−2009 yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi bo‘lib faoliyat olib borgan Mirsobit Ochilov vafot etdi.
Samarqand tumanidagi M-39 avtomobil yo‘lida MAN yuk avtomashinasi va Malibu yengil avtomashinasi to‘qnashuvi natijasida Malibu avtomashinasining 3 nafar yo‘lovchisi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
COVID-19 bemorlari bilan aloqada bo‘lgan yoki birga yashab kelgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Moskvada kasallik va infeksiyaga qarshi antitanachalar mavjudligini bepul tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kasallanganlarni davolashadi, sog‘lomlariga esa ish joyiga qaytish uchun rasmiy tibbiy ma’lumotnoma beriladi.
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musabayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida COVID-19 qurbonlari sonining o‘sishi, pandemiyaning bilvosita qurbonlari, asoratlarsiz kechayotgan kasallikni uy sharoitida davolash, antitanachalar uchun olinayotgan testlar va statistikani pasaytirib ko‘rsatish ehtimoli haqida gapirib berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting