Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev matbuot anjumanida jurnalistlarning pora olish, maddohlik, ishsizlik, So‘xdagi holat to‘g‘risidagi savollariga javob berdi.
Umumiy ovqatlanish sohasi birgina Toshkent shahrining o‘zida yuz minglab odamlarni ish bilan ta’minlaydi. Sektor karantin davrida katta yo‘qotishlarga duch keldi, karantin shartlari yumshaytirilganidan so‘ng esa ishni qayta yo‘lga qo‘yish va mijozlarni qabul qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmadi. Poytaxtlik restoratorlar nazorat organlari tomonidan karantin talablarining erkin tarzda talqin qilinayotgani va hukumat bilan do‘stona munosabatda bo‘lish istaklari borligi haqida «Gazeta.uz» bilan bo‘lgan suhbatda aytib berishdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning direktori Akmal Saidov Andijondagi qiynoq masalasida Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga nisbatan tanqidiy fikr bildirdi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ushbu holat haqida xabar tarqagach, tashkilot uni o‘rganib, alohida nazoratiga olganligini hamda bu paytda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz jim turganiga ishora qildi.
Toshkentdagi bir qator xususiy klinikalar koronavirus uchun test o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Ularning shu haftadan mazkur xizmatni ko‘rsatishni boshlashi kutilmoqda.
Yangiyo‘l tumanidagi Global Comsco Daewoo qog‘oz ishlab chiqarish zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Korxona ichidagi 5 ming kv. m maydonda yong‘in kelib chiqqan, jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushgani yo‘q.
O‘zini o‘zi band qiluvchilarni ro‘yxatga olish osonlashadi, ko‘p qavatli bino quruvchilariga bojxona imtiyozlari beriladi, tug‘ilish va o‘lim haqidagi ma’lumotlarning elektron almashivi majburiy bo‘ladi, noshirlik uchun litsenziya bekor qilinadi — 1 iyuldan kuchga kiradigan o‘zgarishlar.
Sergelida qurilayotgan metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi. Maxsus nasos orqali quyilgan beton qotmagani sababli uning bir bo‘lagi poyezd ustiga tushgan.
Xotin-qizlarga ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xotin-qizlarga oliy ta’lim muassalariga tavsiyanoma asosida kirish uchun Respublika bo‘ylab qo‘shimcha 940 ta grant joyi ajratildi.
FVV respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjudligini ma’lum qildi.
Marg‘ilonda Cobalt qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Fuqaro tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.
O‘zbekiston biofizikasining asoschilaridan biri, Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida olamdan o‘tdi.
Qurilish vazirligi Qarshidagi binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar qulashi bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, “Nasaf-Travel” kompaniyasiga tegishli ob’ektidagi qurilish ishlari ro‘yxatga olinmasdan, noqonuniy olib borilgani ma’lum bo‘ldi.
IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov 78 nafar ichki ishlar organlari xodimi karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgani, 1 nafari ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. “Mana raqamlar, endi kim ayta oladi bular o‘zinikini bekitadi deb”, — dedi vazirlik vakili.
Xotin-qizlarga ajratilgan qo‘shimcha grantni olish uchun ulardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ma’lum qilindi. Ushbu hujjatlarni 24 iyundan 10 iyulga qadar qabul qilish rejalashtirilgan.
Hukumat qarori bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi belgilandi. Grantda o‘qish uchun tavsiyanomalarning kimlarga va qanday berilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda kelgusi haftadan boshlab COVID-19 antitanachalarini aniqlash uchun aholi orasida testlar o‘tkaziladi. Buning karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun zarur ekani ta’kidlandi.
IIV Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jixod katibasi” terrorchilik tashkilotining 25 nafar a’zosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Qarshida yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning qulashi oqibatida bir nafar ishchi-xodim vafot etgan. Qutqaruvchilar to‘rt nafar fuqaroni qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Buxoro viloyatida 11,4 mingdan ziyod yoshlar ishga joylandi, karantin davrida ishini yo‘qotgan yoki xorijdan muhojirlikdan qaytgan yana 5,4 mingdan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlanadi.
Tashkent International University of Education xalqaro universiteti tashkil etiladi. OTMda World University Rankings reytingining eng yuqori 1000 ta universiteti dasturlari asosida pedagog va boshqaruvchi kadrlar tayyorlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting