Jamiyat

Yashnobod tumanida asfalt zavodida yong‘in sodir bo‘ldi
4 iyun 2020, 11:34

Yashnobod tumanida asfalt zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

4 iyun kuni Yashnobod tumanida joylashgan bitum eritish basseynida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in soat 06:05 da to‘liq bartaraf etilgan, yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi
4 iyun 2020, 08:10

“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi

15 iyundan “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Bunda, avtobus yakuniy bekatda dezinfeksiya qilinishi, salonga faqat niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish va haydovchilarni ham himoya vositalari bilan ta’minlash talab etiladi.

15 iyundan ayrim hududlarda buyum bozorlari va ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi
4 iyun 2020, 07:50

15 iyundan ayrim hududlarda buyum bozorlari va ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.

Mehmonxona va diniy tashkilotlar faoliyatiga ayrim hududlarda ruxsat berildi
4 iyun 2020, 07:30

Mehmonxona va diniy tashkilotlar faoliyatiga ayrim hududlarda ruxsat berildi

5 iyundan boshlab “sariq” hududlarda mehmonxonalar hamda ochiq havodagi restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘shimcha ravishda, “yashil hududlarda” trenajer zallari, ta’lim markazlari, diniy tashkilotlar va madaniyat obyektlari faoliyatiga ma’lum shartlar asosida ruxsat beriladi. Jumladan, masjidlarda namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash kerak bo‘ladi.

Yana 235 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ajratiladi
3 iyun 2020, 22:48

Yana 235 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ajratiladi

Pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlandi prezident raisligidagi yig‘ilishda. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doirasida yil yakuniga qadar qo‘shimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishi qayd etildi.

Koronavirusdan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi
3 iyun 2020, 22:02

Koronavirusdan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi

72 yoshli koronavirus bemori o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi. Vafot etgan koronavirus bemorlari soni 16 kishiga yetdi.

Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 200 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
3 iyun 2020, 19:24

Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 200 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 202,4 mln so‘m mikdordagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tuman ko‘chalarida 75,5 mln so‘mlik metall ustun va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatgan kompaniya hisob raqamiga 278 mln so‘m o‘tkazilgan.

Farg‘onada avtomobil ag‘darilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi
3 iyun 2020, 18:02

Farg‘onada avtomobil ag‘darilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida voyaga yetmagan “Lacetti” avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli ag‘darilib, uning oqibatida avtomashinada bo‘lgan voyaga yetmagan yo‘lovchi jarohatlanadi, keyinchalik u shifoxonada vafot etgan.

“Ganga” ko‘prigi ustida 7 ta avtomobil to‘qnashdi
3 iyun 2020, 17:31

“Ganga” ko‘prigi ustida 7 ta avtomobil to‘qnashdi

2 iyun kuni “Ganga” avtomobil ko‘prigida aniqlanmagan “Cobalt” avtomobili keskin to‘xtagani sababli 7 ta bir yo‘nalishda harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to‘qnashgan. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Turizm va aviaqatnovlarni qayta tiklash borasidagi rejalar
3 iyun 2020, 16:33

Turizm va aviaqatnovlarni qayta tiklash borasidagi rejalar

O‘zbekiston hukumati «yashil», «sariq» va «qizil» reyslarni joriy etgan holda bosqichma-bosqich xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari va Turizm qo‘mitasi rahbari Aziz Abduhakimov mazkur tizim va «O‘zbekiston. Kafolatlangan xavfsiz sayohat» loyihasi haqida so‘zlab berdi.

Finlandiya Orolbo‘yi mintaqasi jamg‘armasiga 1 mln yevro ajratdi
3 iyun 2020, 15:56

Finlandiya Orolbo‘yi mintaqasi jamg‘armasiga 1 mln yevro ajratdi

Finlandiya Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasiga 1 mln yevro ajratdi va jamg‘arma donoriga aylandi.

Qashqadaryoda soxta DXX xodimi qo‘lga olindi
3 iyun 2020, 13:46

Qashqadaryoda soxta DXX xodimi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan pul talab qilayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning yonidan soxta guvohnoma hamda boshqa fuqarolarning pasport nusxalari va fotosuratlari, uyidan esa harbiy libos topildi.

Prezident Xalq qabulxonasi: Qarshi tumanida 500 ga yer 500 oila va yoshlarga bo‘lib beriladi
3 iyun 2020, 09:45

Prezident Xalq qabulxonasi: Qarshi tumanida 500 ga yer 500 oila va yoshlarga bo‘lib beriladi

Qarshi tumanida foydalanilmayotgan 93 ga yer maydoni 132 nafar yoshga bo‘lib berildi. Yana 500 ga yer o‘zlashtirilib, 500 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oila va yoshlarga taqdim etiladi.

FVV: Suv ostida qolgan 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi
3 iyun 2020, 09:25

FVV: Suv ostida qolgan 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi

FVV «Sardoba» suv toshqini talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. 5171 ta uy loyqadan tozalandi, 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi.

Gurlanda “Agrobank” filialining sobiq rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 iyun 2020, 21:40

Gurlanda “Agrobank” filialining sobiq rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gurlanda 400 mln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan “Agrobank” filialining sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avto 60 oy ishi bo‘yicha tergov yakuniga yetdi
2 iyun 2020, 20:25

Avto 60 oy ishi bo‘yicha tergov yakuniga yetdi

Avto 60 oy kompaniyasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov yakuniga yetdi. Ular soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Qashqadaryoda karantin qoidalariga rioya qilinmayotgan bozor yopildi
2 iyun 2020, 19:58

Qashqadaryoda karantin qoidalariga rioya qilinmayotgan bozor yopildi

Qashqadaryo viloyatida hududida karantin qoidalariga rioya qilinmayotgan bozor vaqtincha yopildi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bozorni «virus uchun tayyor o‘choq» deb atadi.

Toshkent viloyati SEOM bosh vrachi xodimlarini so‘kkani uchun vazifasidan ozod etildi
2 iyun 2020, 19:44

Toshkent viloyati SEOM bosh vrachi xodimlarini so‘kkani uchun vazifasidan ozod etildi

Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev vazifasidan ozod etildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning xodimlarini so‘kayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi.

“Reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar bor”
2 iyun 2020, 19:11

“Reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar bor”

Bosh vazir Abdulla Aripovning So‘x tumani aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev tanqid qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda hokim “janjalkash” qishloqlarni So‘x tumani xaritasidan o‘chirib tashlashini aytgan audioyozuv tarqaldi. Viloyat hokimligining matbuot xizmati rahbari reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar borligini ta’kidladi.

Nima uchun mehribonlik uylari yopilishi kerak?
2 iyun 2020, 18:54

Nima uchun mehribonlik uylari yopilishi kerak?

“Gazeta.uz saytida yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat o‘quvchilar, ishonchni oqlamayotgan bo‘lsalar ham, O‘zbekistondagi mehribonlik uylari saqlab qolinishi kerak, deb hisoblaydi. Ular nima sabablarga ko‘ra bolalar uchun zararli va bolalarni qanday qilib oilaviy vasiylikka topshirish kerak? Dilmurod Yusupov bolalar uylarining kerakligi haqidagi afsonalarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini asoslaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting