Moskva viloyatida shaxsiy turar joyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.
Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 2020−2021 yillar davomida 50 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga dastlabki 100 milliard so‘m ajratilgan.
Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan qoraqalpog‘istonlik 596 nafar urush ishtirokchisiga, front ortida mehnat qilgan fuqarolarga esdalik medali topshiriladi.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratdi. Mablag‘lar shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish va trening o‘tkazishga ham sarflanadi.
YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ombudsman idorasiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Ular pandemiya davrida jazoni ijro etish muassasalarida monitoring o‘tkazishda qo‘llaniladi.
“O‘zarxiv” agentligi Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan saytni ishga tushirdi.Unda urush qahramonlari haqidagi ma’lumotlar, askarlarning maktublari va bir qator muhim hujjatlar mavjud.
Xitoy-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila Farg‘ona vodiysida ham sezildi.
Epidemiologik vaziyatga ko‘ra Qashqadaryo “yashil”, Surxondaryo esa “sariq” hududga kiritildi.
Navoiyda katta tezlikda harakatlangan Nexia-3 qizil chiroqdan o‘tib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urildi. Haydovchi hodisa joyida olamdan o‘tdi.
Jizzaxda sel oqimi tufayli 10 yasharli qiz halok bo‘ldi. U daladan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotganda sel kelib qolgan.
Har bir tuman va shahar sanitariya-epidemiologik vaziyatga qarab “qizil”, “sariq” yoki “yashil” hududlarga ajratiladi.
Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinida 4 kishining vafot etgani, 1 kishining bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.
FVV Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida infratuzilmalarga yetgan dastlabki zarar miqdorini ma’lum qildi. 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 7 ta qabriston, 13 ta ko‘prik va boshqa obyektlar zarar ko‘rgan.
Samarqand viloyatida mast haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qildi. Yosh ayol va uning ikki yoshli farzandi halok bo‘ldi.
Sardoba fojiasi bizga xalqimizning ofat qarshisida bemisl darajada hamjihat ekanini ko‘rsatdi. Mamlakatning har bir hududidan Sirdaryoga texnikalar va minglab tonna insonparvarlik yordami oqib kelmoqda. Ofat oqibatlari qay darajada va undan qanday ibrat-xulosalar chiqarishimiz kerak? Sabina Bakayeva va Shuhrat Latipov reportaji.
IIV Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani aks etgan videomurojaatini o‘rganmoqda. Toshkent IIBB xonandaning xatti-harakatlariga huquqiy baho beradi.
Prezident qarori bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilinmoqda.
Kun davomida 86 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 1405 nafarga yetdi.
“Sardoba” suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida 4 ta nimstansiya suv ostida qolgani hamda 8 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan mahrum bo‘lgani aniqlandi. Hozirda shikastlangan elektr tarmoqlarida tiklash ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting