Endilikda tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani olish, bolani ota yoki onasining doimiy yashash joyiga va poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish hamda MTMga navbatga qo‘yish xizmatlari bitta ariza bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
«Temiryo'l sug’urta» kompaniyasi tomonidan Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida sodir bo‘lgan ofatlar natijasida mol-mulkiga zarar yetgan aholi va korxonalar rahbarlari bilan aloqa o‘rnatilib, yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni birgalikda bartaraf etish muammolari hal qilinmoqda.
4 maydan boshlab respublika bo‘ylab Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish (pasport, propiska, viza) hamda yo‘l harakati xavfsizligi (ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, ma’muriy amaliyot, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish) bo‘linmalari fuqarolarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshladi.
O‘zbekistonda har yili hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik bo‘yicha reytinglari e’lon qilinadi. Ularni tuzishda yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sifatini yaxshilash kabilarga alohida e’tibor qaratiladi.
Markaziy harbiy okrugning 2000 dan ortiq harbiy xizmatchilari Sardoba tumanidagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb qilingan. Ushbu ishlarga okrug tasarrufidagi 200 ga yaqin harbiy texnikalar ham safarbar qilingan.
Sardobada suv toshqini oqibatida evakuatsiya qilingan fuqarolarning aksariyati zarur hujjatlarsiz qolishgan. Ularni tiklashda aholiga Davlat xizmatlari agentligi yordam beradi.
4 maydan boshlab Toshkentda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limlarida, shuningdek diagnostik stansiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi.
Yaqin kunlarda yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Toshkent IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tumanlardagi bo‘limlari 4 maydan fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi.
Nikita Makarenko suv toshqinidan aziyat chekkan sirdaryoliklar va ofat hududida faoliyat olib borayotgan turli idoralar xodimlari bilan suhbatlashdi.
«Gazeta.uz» muxbiri Nikita Makarenko Sirdaryodagi tabiiy ofat hududidan evakuatsiya qilinganlar joylashtirilgan markazlardan biri — Mirzaobod tumanidagi 3-bolalar bog‘chasiga tashrif buyurdi. Aholi sharoitdan mamnun, biroq tezroq o‘z uylariga qaytishni xohlashmoqda.
1 may kuni to‘g‘on o‘pirilishi ro‘y bergan Sardoba suv ombori yaqinidagi hududdan “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Sardoba suv ombori yaqinlarida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Daraxt, tom va balandliklarga chiqib olgan 20 dan ortiq kishi qutqarildi. Jabrlanganlar uchun chodirli lager qurilmoqda.
2010-yilda Islom Karimov farmoni bilan taqiqlangan xususiy notariuslar yana ish boshladi. Birinchi bo‘lib Qo‘qonda xususiy notarius tomonidan pensiya olish uchun ishonchnoma rasmiylashtirildi.
Sardoba suv ombori hududi atrofida istiqomat qiluvchi 70 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Suv toshqinlaridan 56 kishi jarohatlangan. Suv ombori devorining qo‘porilgan joyida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Taksilarga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani yo‘q, deya xabar bermoqda IIV YHXBB. Ular hozircha faqat yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanishlari mumkin xolos.
Zominda oziq-ovqat do‘koniga chiqqan opa-ukani sel oqizib ketdi. Har ikkisi ham hayotdan ko‘z yumdi.
Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonnomalarni elektron tarzda rasmiylashtirishi tartibi joriy etiladi. Buning uchun ular planshetlar bilan ta’minlanadi.
10 aprel kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan homilador ayol 1 may kuni poytaxtdagi 3-son tug‘ruq kompleksida farzandini dunyoga keltirdi.
Ai-80 benzini narxining erkinlashtirilishi, shifoxonalarda ochilayotgan tabobat xonalari, bolalar bog‘chasi to‘lovining yangi miqdorlari, Bo‘stonliqda dachalar uchun yangi soliq va boshqalar — 1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting