Ichki ishlar vazirligi fuqarolar ishga velosipedda qatnashi mumkinligini ma’lum qildi. Biroq buning uchun pasport, xizmat guvohnomasi yoki mehnat daftarchasi nusxasi hamda tashkilotdan karantin paytida ishga jalb etilgani haqidagi ruxsatnoma bo‘lishi lozim.
Dam olish kunlari va keyingi haftaning boshida O‘zbekistonda issiq va quyoshli ob-havo kutilmoqda. Shanba kunidagi +22 darajali harorat dushanba kuni +27 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari 100 dan ortiq xodimlarini o‘z vazifasiga kirmaydigan ko‘chat ekish ishlariga jalb qilishda zarur hujjatlarni rasmiylashtirmagani uchun jarimaga tortildi.
Farg‘ona vodiysida sodir bo‘lgan zilzilaning o‘chog‘i Namangan viloyatida ekani ma’lum qilindi.
Koronavirus ma’lumotlari nogironligi bor shaxslar uchun tushunarlimi va ularning ijtimoiy himoyasi yetarlimi? O‘zini izolyatsiya qilishdan kim ko‘proq ziyon ko‘rmoqda va ularga qanday yordam berish kerak?
Prezidenti qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.
Haj-2020 mavsumiga tayyorgarlik ishlari kechiktirildi. 2020 yil haj safariga borishni rejalashtirgan va navbati yetib kelgan fuqarolar epidemiologik vaziyat barqarorlashmasa, hozirgi navbatlar to‘liq saqlanib qoladi hamda keyingi yilga o‘tkaziladi.
Toshkentda aholining yozgi kiyim-kechak va boshqa mavsumiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ko‘chma savdo nuqtalari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston AQSHdan 35 mingdan ziyod kam ta’minlangan fuqarolar uchun qariyb 400 ming dollarlik oziq-ovqat yordamini qabul qilib oldi.
Yekaterinburgdagi chet elliklarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan 152 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga evakuatsiya qilindi.
May oyidan boshlab pensiya va nafaqalar to‘liqligicha bank kartalariga o‘tkaziladi. Ushbu tartib karantin cheklovi bo‘lib, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar davom etadi.
Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli maxsus shifoxona qurilmoqda. Qurilish ishlarini 10 kunda yakuniga yetkazishga ko‘rsatma berilgan.
Toshkent viloyatida stikersiz harakatlanayotgan ikki avtomobil to‘qnashishi natijasida 25 yoshli haydovchi mashina ichida yonib ketdi.
Farg‘ona viloyatida yengil avtomobil haydovchisi urib yuborgan velosipedchi shifoxonada vafot etdi.
Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 64 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Qoidabuzarlarning 59 ming nafari erkaklar, 5 ming nafarga yaqini ayollardir.
Koronavirus bo‘yicha surishtiruv ishlariga 318 nafar malakali tergovchi va mingdan ortiq tezkor qidiruv xodimlari jalb qilindi. Tezkor-tergov va tahliliy guruhlar tomonidan shu kunga qadar qadar bemorlar muloqotda bo‘lgan 9538 nafar shaxs haqida ma’lumotlar to‘plandi.
Iqtisodchi Botir Qobilov — koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy komalar davridagi karantin choralari, iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida.
Pensiyaga bo‘lgan huquqni tasdiqlash muddati kelgan yoki pasport muddati tugagan fuqarolardan hujjat talab etmagan holda to‘lov muddatlari 4 oyga uzaytirildi.
O‘zbekistonda tomorqaga ekin ekmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha loyiha ishlab chiqiladi. Shuningdek, tomorqasiga ekin ekmagan yer egasiga yer solig‘ini oshirilgan stavkada qo‘llashni nazarda tutuvchi tuman hokimlari qarorlari qabul qilinadi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi 2020 yil uchun zakot miqdorini e’lon qildi
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting