Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish uchun maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish, “Bolaning rivojlanish xaritasi"ni yuritish, shuningdek, olimpiada g‘oliblari mukofotlarini daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda.
Samarqandning Paxtachi tumanida mahallasidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan fuqaro 8,5 mln so‘m jarima va 680 ming zararni to‘laydigan bo‘ldi.
Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishi bilan tanishdi. U terminallarning tashqi ko‘rinishi va intereri, infratuzilmasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Manbalarga ko‘ra, aeroport kelgusi yilda ochilishi mumkin. Foto.
Toshkent shahrida 6−8-sentabr kunlari yirik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi, shu sababli Milliy kutubxona va Hyatt mehmonxonasi atrofidagi 3 ta ko‘chaning ayrim qismlari mashinalar harakati uchun yopiladi.
Toshkentning qator hududlarida sentabr-oktabr oylarida vaqtincha issiq suv bo‘lmaydi. Veolia Energy Tashkent`ning bildirishicha, bu paytda eskirgan kommunikatsiyalar almashtiriladi va issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlar bajariladi. Ro‘yxat.
Nishon tumanidagi 14-maktabda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid ushbu holatni o‘rganayotganini, Soliq qo‘mitasi xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish ishlari 2024-yilda boshlanadi. Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish esa 2026-yilda boshlash rejalashtirilgan.
CAU (Akfa) universiteti litsenziya olinmagan Tijorat huquqi yo‘nalishi uchun talabalar bilan shartnoma tuzgani aniqlandi. Biroq bu yo‘nalishda ta’lim to‘xtab qolgan. Raqobat qo‘mitasi OTMga 7 nafar talabaga 167,5 mln so‘mni qayta hisob-kitob qilish va boshqa murojaatlar bo‘yicha ham ishlash yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Hodisa oqibatida do‘kon ichidagi bir kishi jarohatlandi.
O‘zbekistonda maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. Toshkentdagi jamoat transporti va ko‘chalar ertalabdan gavjum bo‘ldi, biroq yirik tirbandliklar kuzatilmadi (maktablar yaqinidagilardan tashqari). Aksariyat OTM talabalari o‘qishni keyingi haftadan boshlaydi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.
Toshkentda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ish boshladi. U Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh), YUNISEF va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Sud SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan 74 yoshli samarqandlik fuqaroga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Ish materiallariga ko‘ra, u Telegram`dagi guruhda “O‘zbekiston mustaqilligi yuzaki ekani va sobiq Sovet Ittifoqi rasman tarqalmagani” haqidagi materiallar joylashtirgan.
Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik — olti erkak va bir ayol halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Umumxalq hashari bahona Toshkent shahar Yakkasaroy tumani aholisi “Do‘stlik” bog‘ida shanbalik o‘tkazdi. “Gazeta.uz” ular bog‘ni nima uchun o‘z tashabbuslari bilan tozalayotganliklariga qiziqdi.
Roppa-rosa sakkiz yil avval O‘zbekistonni chorak asrdan ziyod boshqargan Islom Karimovning vafoti e’lon qilingandi. Shundan beri 2-sentabr birinchi prezidentni xotirlash kuni hisoblanadi. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” Karimov haqida uning zamondoshlari hikoya qilgan ayrim xotiralarni jamlashga urindi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan yordam ko‘rsatib borish belgilandi.
O‘zbekistondagi davlat OTMlarida super kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi. Tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt qiymatini 15-oktabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma beriladi.
SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangani haqida eslatma berdi. Ro‘yxat.
1-sentabrga o‘tar kechasi Vengriya poytaxtining diqqatga sazovor joylaridan biri — Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi. Ilk bor o‘tkazilgan aksiya O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlandi.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida texnologik jarayon buzilishi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. “Kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilindi, vaziyat to‘liq nazoratda, vahimaga o‘rin yo‘q”, — dedi FVV. Havoning ifloslanish darajasi o‘rganilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting