Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.
Mustaqillik bayramida xavfsizlik uchun javobgar 30 ming xodim, “Tolibon"ning aviatexnikalar O‘zbekistonda qolishiga e’tirozi, festival o‘tkazish yo‘lni asfalt qilishdan muhimroqligini aytgan vazir, olimpiyachilarga mukofot topshirgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
MMTV rahbari Hilola Umarova o‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetishi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda 6000 dan ortiq o‘qituvchi (1,1%) bonuslar bilan qo‘shganda shunday maosh oladi. Vazir o‘rinbosari Temurjon Komilov barcha o‘qituvchilar bir vaqtda 1000 dollar olishining iloji yo‘qligini aytdi.
Hukumat zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderi berish tartibini yangiladi. Endi u profilaktika inspektori tomonidan zo‘ravonlik aniqlangan va davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirilgan paytdan boshlab 24 soat ichida beriladi.
Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.
Madaniyat vaziri “Maqom”, “Baxshichilik”, “Sharq taronalari” kabi festivallarning ahamiyatiga to‘xtalib, inson madaniyatiga tahdid bostirib kelayotganini aytdi. “Bu muammoga qarshi kurashish bitta ko‘chani asfalt qilgandan muhimroq. Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.
Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)da ilmiy maslahatchi bo‘lib ham ishlagan.
O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, FVV, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari jalb etiladi.
Toshkentdagi “Jahon savdo markazi” konsepsiyasiga ega Terminal biznes markazida ofis maydonlarini sotish boshlandi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi SE guvohnomasiga ega furachilar Latviyaga ishga taklif etilayotganini ma’lum qildi. Oylik ish haqi — 1100 yevro. Belgiyada esa avtomexanik va avtotexniklar uchun vakansiya mavjud, ish haqi — 2100 yevro.
Registon maydonida o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivalida 80 ga yaqin davlatdan 300 dan ziyod vakil qatnashmoqda. 27-avgust kuni 14 ta mamlakat ishtirokchilari ko‘rik-tanlov doirasida chiqish qildi. “Gazeta.uz” tadbirning ikkinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahri O‘zbekistonda Yandex Go taksi xizmati ishga tushgan 14-shahar bo‘ldi. Sayohatning minimal narxi 4000 so‘mdan boshlanadi.
Turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan uch bola (17, 12 va 2 yoshda) O‘zbekistonga qaytarildi.
Fevral oyidan buyon Makka shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan va viza muddati tugagan fuqaroning O‘zbekistonga qaytishiga yordam ko‘rsatildi. U va uning o‘g‘li shifokor hamrohligida Toshkentga olib kelindi.
Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi. Kengashlar faoliyati samaradorligi esa har yili baholab boriladi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni yangi mexanizm va shakllar bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.
Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy transportlar taqdiri, Humo’ni xususiylashtirishda ishtirok etmoqchi bo‘layotgan Qozog‘iston kompaniyasi, bir qator tumanlarga tayinlangan yangi hokimlar, vanihoyat qabul qilingan raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonun va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Raqobat qo‘mitasi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodi bilan bog‘liq tekshiruvni yakunladi. Kompaniya birja savdolarida demping va raqobatni cheklagani uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi.
Metropolitenning “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi. Holat 4 daqiqada bartaraf etildi va harakat tiklandi. Yong‘inda hech kimga jarohat yetmadi.
“Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish jarayonida respublika bo‘ylab ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha 39 ta shikoyat kelib tushdi, deb yozdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ularning 35 tasi o‘qituvchi va shifokorlar bilan bog‘liq. Agar ular o‘z tasdig‘ini topsa, loyihalar jarayondan chetlatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting