Jamiyat

Bakalavrga topshirgan abituriyentlar uchun mandat e’lon qilindi
17 avgust 2024, 04:29 2

Bakalavrga topshirgan abituriyentlar uchun mandat e’lon qilindi

2024−2025 o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat bosqichi kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Ularni 4 usulda bilish mumkin.

Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/s bilan cheklanadi
16 avgust 2024, 23:42

Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/s bilan cheklanadi

Endi Toshkentda avtobuslar 50 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlana olmaydi — tezlikni dastur darajasida cheklash boshlanadi. O‘tgan yili alohida yo‘l qatorlari joriy etilgandan so‘ng ayrim yo‘nalishlarda o‘rtacha tezlik 23 km/soatni (bungacha — 18 km/soat) tashkil etishi aytilgan edi.

16-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 avgust 2024, 22:40

16-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Organ xodimlari videosini tarqatishga doir qonunni qaytargan Senat, taksichilik bilan shug‘ullanayotgan yarim million o‘zbekistonlik, kriptovalyutaga oid prezident qarori, ikki oyda 20 baravar ortgan mazut importi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchgan samolyotda o‘g‘rilik sodir bo‘ldi
16 avgust 2024, 22:32

Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchgan samolyotda o‘g‘rilik sodir bo‘ldi

Uzbekistan Airways’ning Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi parvozi vaqtida chet el fuqarolari tomonidan o‘g‘rilik sodir etildi. Samolyot Malayziyaga qo‘ngach chaqirilgan politsiya xizmati yordamida barcha buyumlar topildi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.

“O‘zbekkino” kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada rivojlanish bo‘ladi — Ozodbek Nazarbekov
16 avgust 2024, 22:20

“O‘zbekkino” kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada rivojlanish bo‘ladi — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ko‘ra, “O‘zbekkino” (Kinematografiya agentligi) kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada siljish bo‘ladi. “„O‘zbekkino“ faqat buyurtmachi bo‘lib, xususiy shirkatlarni rivojlantirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak”, — degan vazir agentlik faoliyati ichidan o‘rganilayotganini aytdi.

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
16 avgust 2024, 22:01

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

18−19-avgust kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.

“Sharq taronalari” festivali Registon maydonida o‘tadigan bo‘ldi
16 avgust 2024, 16:32

“Sharq taronalari” festivali Registon maydonida o‘tadigan bo‘ldi

Samarqandda 26−30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali yangi lokatsiya — “Boqiy shahar” majmuasida o‘tkazilishi aytilgandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov festivalning asl brendi Registon maydoni ekanini ta’kidlab, shu hududda o‘tkazish fikriga qaytilganini ma’lum qildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (17−18-avgust)
16 avgust 2024, 15:51

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (17−18-avgust)

Beshta kinopremyera, “Toshkent suvenirlari” yarmarkasi, Tohir Sodiqov va Yulduz Usmonova konsertlari, hokkey o‘yinlari, ko‘rgazmalar, mahorat darslari hamda boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi
16 avgust 2024, 15:02

Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi

Dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Harorat kunduz kunlari +27…+36, kechalari +17…+22 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Senat bolasini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilgan ota-onalar javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi
16 avgust 2024, 12:47

Senat bolasini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilgan ota-onalar javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

Senat ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

Surxondaryoda noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit 15 sutkaga qamaldi
16 avgust 2024, 12:25

Surxondaryoda noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit 15 sutkaga qamaldi

Termiz shahrida 26 yoshli yigit Telegram’da guruh ochib, 37 kishiga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi
16 avgust 2024, 12:08

O‘zbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. OTM, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.

Toshkentda 2 bola 5-qavatdagi yong‘indan qutqarildi
16 avgust 2024, 11:58

Toshkentda 2 bola 5-qavatdagi yong‘indan qutqarildi

Uchtepa tumanida yong‘in bo‘layotgan uydan 5 va 7 yoshli bola qutqarib qolindi. Xonadon egalari ularni yolg‘iz qoldirib, eshikni qulflab ketgan. FVBga ko‘ra, bolalarning ahvoli yaxshi.

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni qayta ishlash uchun qaytardi
16 avgust 2024, 11:26

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni qayta ishlash uchun qaytardi

O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qullamadi. Qonun loyihasini takomillashtirish va yakunlash uchun Senat va Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasi tuziladi.

Bola nega 7 yoshdan maktabga borishi kerak?
16 avgust 2024, 10:58

Bola nega 7 yoshdan maktabga borishi kerak?

“Ayrim ota-onalar farzandi 6 yoshga to‘lishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi, biroq bola har qancha aqlli bo‘lmasin, fikrlash qobiliyati to‘liq shakllanib ulgurmaydi”, — deydi SSV. Vazirlik ularni nega 7 yoshga yetgach maktabga yuborish kerakligi haqida tushuntirish berdi.

“Gazeta.uz” Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan futbolchilar haqida hujjatli film suratga olmoqda
16 avgust 2024, 10:39

“Gazeta.uz” Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan futbolchilar haqida hujjatli film suratga olmoqda

“Gazeta.uz” ilk hujjatli filmini suratga olishni davom ettirmoqda — u futbolchilarning Parijdagi Olimpiadadagi ishtirokiga bag‘ishlanadi. “Umid qilamizki, film bizni Parijga olib kelgan yo‘lni unutmaslikka yordam beradi”, — dedi Gazeta News direktori Davlat Umarov.

Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
16 avgust 2024, 09:28

Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan.

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etilganini e’lon qildi
16 avgust 2024, 03:08

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etilganini e’lon qildi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Rossiyaning Ukraina armiyasi nazorati ostiga o‘tgan Kursk viloyati hududida “tartibni saqlash va aholi ehtiyojlarni qondirish maqsadida” harbiy komendatura tashkil etilganini ma’lum qildi.

Toshkent aeroportida 20 yoshli qiz aldov orqali fohishalik uchun Dubayga olib ketilayotgani aniqlandi
16 avgust 2024, 01:59

Toshkent aeroportida 20 yoshli qiz aldov orqali fohishalik uchun Dubayga olib ketilayotgani aniqlandi

Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit o‘zi tengi qiz tanishini katta daromad topishga ishontirib, Dubayga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgani aniqlandi. U Toshkent aeroportida qo‘lga olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

15-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 avgust 2024, 01:24

15-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Putin bilan ittifoqchilikni chuqurlashtirish haqida gaplashgan Mirziyoyev, bir nechta qonunlarni ko‘rib chiqqan va ma’qullagan Senat, piyodalarni yo‘lni kesib o‘tishda qo‘lni ko‘tarishga chaqirgan Toshkent YHXB, MOdagi yirik internatlarni yopishni tavsiya qilgan YUNISЕF va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting