Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholanishi kerak. YTHlar vaqtida tahlil qilinmayapti, aholi gavjum joylarda svetoforlar yo‘q, hokimliklar zarur choralarni ko‘rmayapti. Senatda YHXX yangi rahbari bilan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
Sergeli tumanida fuqaro 1 tup mojjevelnik (archa) kesgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 8,8 mln so‘m zarar yetgan. Huquqbuzar jami 17 mln 340 ming so‘m tovon to‘lashi belgilandi. Kompensatsiya tarzida esa 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi yo‘lkira to‘lovlarining avtomatlashtirilgan tizimi operatorlari ATTO va Tulpar integratsiya qilinadi. Jarayon tugagach, Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonda Tulpar kartalari orqali, O‘zbekiston fuqarolari esa Bishkekda ATTO orqali to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi yo‘lovchilarning chiptalaridan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha haq undirgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi unga va xuddi shu holat bo‘yicha “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasiga moliyaviy jarima qo‘lladi, pullar iste’molchilarga qaytariladi.
O‘zbekistonda 2023-yilda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar qayta rulga o‘tirib, 707 ta YTH sodir etdi. Ularda 212 nafar shaxs vafot etdi, 546 nafar shaxs jarohatlandi.
“Gazeta.uz” AQSh elchisi Jonatan Henikdan O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi vaziyatni qanday yaxshilash mumkinligi haqida so‘radi. “Birinchi va eng muhimi — xavfsizlik kamarlarini taqish. Biz bekorga avtomobillarni xavfsizlik kamari bilan jihozlamaymiz”, — dedi u.
Nurobod tumanida 5 kishini Angliyaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U fuqarolardan buning uchun 10 400 dollar olgan.
Toshkent shahri aholisi geonom.tashkent.uz sayti orqali Uchtepa tumanidagi ayrim nomsiz ko‘chalarni nomlash yoki qayta nomlash (jami 187 ta) yuzasidan o‘z fikrini bildirishi mumkin. Jarayon 3-sentabrgacha davom etadi.
Sud faxriysi Mashkura Safayeva kasallik oqibatida 74 yoshida vafot etdi. U 14 yil Oliy sud sudyasi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi, Qonunchilik palatasi deputati, spiker o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqoti va undagi takliflar, O‘zbekistonda “propiska” bo‘yicha yagona tartib, Eron orqali O‘zbekistonga kela boshlagan Hindiston tovarlari, aeroportlarda maymunchechakka qarshi choralar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari kuchaytirildi: xodimlarga kasallik alomatlari tushuntirildi, harorati yuqori yo‘lovchilarni aniqlash uskunalari o‘rnatildi. Kasallik tarqalayotgan Afrika davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q, dedi Uzbekistan Airports.
O‘rta Chirchiq va G‘allaorol tumanlaridagi mahallalarda hokim yordamchisi bo‘lib ishlovchi ikki nafar shaxs pora bilan ushlandi. Biri ijaraga yer olib berish uchun fuqarodan 15 ming dollar so‘ragan, boshqasi — shifoxonaga ishga kiritib qo‘yish uchun 1200 dollar. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonga AQShdan birinchi marta soya shroti tijoriy maqsadda import qilindi: 150 tonna soya shrotining ilk partiyasi mamlakatga yetib keldi. Mahsulot go‘sht va sut mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun muhim ozuqa hisoblanadi. Mamlakatga soya shroti shu vaqtgacha Argentinadan kirib kelardi.
Namangan viloyati Uychi tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 219 km uzoqda joylashgan.
Namangan viloyatida tez tibbiy yordam feldsheri uyida yashirin sex ochib, “Zodak”, “Anaferon” va “Vitamin V6” dorilarini sotish uchun tayyorlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. DXX feldsherni kerakli buyumlar bilan ta’minlagan boshqa shaxsni ham qo‘lga oldi. Ular 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
O‘zbekistonda 24−25-avgust (shanba va yakshanba) kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. “Gazeta.uz” hashar o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni eslatib o‘tadi.
BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan.
O‘zbekistonda FMCG distribyutsiyasi bozorining yetakchi ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Balton Trading Asia vakillari samarali logistika qurish sirlari bilan o‘rtoqlashib, logistika va saqlash xizmatlari kimlar uchun muhimligi haqida so‘zlab berdi.
Urganch shahrida fuqaro yosh sher bolasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan jarima jazosi tayinlandi, yovvoyi jonzot esa vaqtincha Nukus hayvonot bog‘iga topshirildi.
Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan prezident, o‘qishga kirgan 186 ming abituriyent, maymunchechak sabab chegara nazoratini kuchaytirgan Qozog‘iston, kamroq uy hamda avtomobil sotib ola boshlagan o‘zbekistonliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting