O‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta qurilishdan so‘ng ochildi. U 2022-yilning noyabrida modernizatsiya ishlari sabab yopilgandi. Post yonida avtoturargoh qurildi, xalqaro yo‘nalishdagi avtotransportlar uchun elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish ham kutilmoqda.
Seshanba kuni ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan sovuq havo massalari butun respublikaga tarqala boshlaydi, qor va yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 0…-8, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Tajen” — “Dovut ota” chegara o‘tkazish punktlarida harakatlanish 1-fevraldan vaqtincha to‘xtatiladi. Uch oy davomida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Cheklov ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarga tatbiq etilmaydi.
Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Universitetda ta’lim jarayoni Turkiya oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.
Yangi yil bayrami ramzlari orasida archa o‘yinchoqlari alohida o‘rin tutadi. Ular bayram kayfiyati va avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi, yaqinlar va bolalikning yorqin xotiralarini o‘zida saqlaydi. “Gazeta.uz” archa bezaklari yasaydigan hunarmandlar bilan suhbatlashdi.
Yunusabad Residence ajoyib aksiya e’lon qilmoqda. Endilikda turar joy majmuasidan xonadon xarid qilgan har bir mijozga Hofmann brendidan 10 ta maishiy texnika to‘plami sovg‘a qilinadi.
Farg‘onaning Qo‘qon shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini aytib, undan 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
2024-yilda Toshkent metrosi 270,3 million yo‘lovchini tashidi, 2023-yilgiga qaraganda 98,3 million kishiga ko‘p.
“Anomaliya” - fransuz yozuvchisi Erve Le Tellening detektiv va psixologik drama elementlarini birlashtirgan fantastik romani.
Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatidagi 3 ta don korxonasiga manipulyatsiya harakatlari uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Ularga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Termiz tumanida Damas yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi.
Sanatoriyalarda dam olish — sobiq sovet mamlakatlarida xordiq chiqarishning eng keng tarqalgan shakli cifatida hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekiston sanatoriyalarining o‘ziga xosligi nimada va ularga qanday qilib yangi hayot baxsh etish mumkin — ATLAS hududiy rivojlantirish byurosining maqolasi shu haqda.
O‘zbekiston prezidentiga Do‘stlik bog‘ining CM International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyasi taqdim etildi. “Gazeta.uz” Do‘stlik bog‘i investori — BMP Smart Decision kompaniyasi bilan sud jarayonlari, muloqotda yo‘l qo‘yilgan xatolar, daraxtlarning kesilishi va yangi loyiha haqida suhbatlashdi.
O‘zbekistonda hafta davomida sovuq havo hukm suradi, ammo bu qahraton qish, degani emas. Dushanba va dam olish kunlari kunduzi iliqroq bo‘lsa-da, chorshanba-juma kunlari harorat sezilarli pasayadi. Hafta o‘rtasida joylarda u qadar ko‘p bo‘lmagan, asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kutilmoqda.
Dekabrda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 20 yoshli talabasi o‘zini 3-qavatdan tashlab og‘ir jarohat olgan. Biroq qiz tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan 5-yanvar kuni vafot etgan. Prokuratura holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lganini aniqlagan va jinoyat ishi ochish rad etilgan.
Sergeli tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyachi yordamchisi go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani kaltakladi. So‘ngra uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganida bolaning oyog‘i sindi. Hozirda tarbiyalanuvchi shifoxonada, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Bo‘stonliq shahar kengashining sobiq deputati, bloger Qobul Dusovning ozodlikni cheklash jazosi manzil-koloniyadagi qamoq jazosiga almashtirildi. Ma’lum qilinishicha, u taqiq va ogohlantirishga qaramay, internetdan faol foydalanishda davom etgan.
O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtiriladi, ma’lum yoshdagilar uchun pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi, xorijlik va fuqaroligi yo‘q kishilarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun Ye-xabar berish tizimi ishga tushiriladi. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari va katta inspektor-psixologlariga maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting