Jamiyat

29-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
29 yanvar 2025, 23:49

29-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkentdan Andijongacha pulli yo‘lni qurish bo‘yicha tender, dorilar uchun 2 foizlik bojxona bojlari, 2017-yildan beri ilk bor pasaygan tug‘ilish ko‘rsatkichi, elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida

O‘zbekistondan chiqib ketayotgan yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi
29 yanvar 2025, 21:03

O‘zbekistondan chiqib ketayotgan yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi

1-iyundan boshlab O‘zbekistonda mamlakatdan chiqib ketayotgan yuk transportlari uchun elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Bu chegarani kesib o‘tish vaqtini tezlashtirishi va yuk tashish hajmini oshirishi zarur.

Elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflar ishlab chiqish buyurildi — vazir
29 yanvar 2025, 20:41

Elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflar ishlab chiqish buyurildi — vazir

O‘zbekistonda elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Avvalroq u 1-yanvardan gazsiz uylar uchun elektr energiyasiga chegirma joriy etilishini aytgandi, ammo bu amalga oshmadi.

Toshkentdagi KHAYdan Maxtumquli ko‘chasiga yangi yo‘l ochildi
29 yanvar 2025, 18:13

Toshkentdagi KHAYdan Maxtumquli ko‘chasiga yangi yo‘l ochildi

Kichik halqa avtomobil yo‘lidan eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasiga tushish yo‘lining rekonstruksiyasi yakunlandi. Maxtumqulidan KHAYga chiqish o‘ngga burilish orqali tashkil etildi. KHAYga chiqqanda ham o‘ngga, ham chapga burilish imkoniyati mavjud. Avvalgi Maxtumqulidan KHAYga chapga burilish endi yopiq.

Qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi
29 yanvar 2025, 17:26

Qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi

O‘zbekistonning uchta hududida qo‘shni davlatlardan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi
29 yanvar 2025, 16:32

Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

Farg‘onaning Rishton tumanida kulolchilik tarixiga oid muzey tashkil etiladi. 1-aprelga qadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi o‘z faoliyatiga to‘liq moslashtiriladi.

Farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi
29 yanvar 2025, 16:15

Farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlaridagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi.

Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi
29 yanvar 2025, 15:46

Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi

Farg‘ona politexnika instituti va TATU Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil qilinadi. Yana uchta oliygoh negizida esa Qo‘qon davlat universiteti ochiladi.

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2017-yildan beri ilk bor pasaydi
29 yanvar 2025, 14:44

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2017-yildan beri ilk bor pasaydi

2024-yilda O‘zbekistonda 2023-yilga nisbatan tug‘ilish 3,7 foizga kamayib, 926,4 mingta bola tug‘ildi. Bu 2017-yildan beri tug‘ilishning birinchi marta kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘limlar soni ketma-ket ikiinchi yil ko‘paydi, nikohlarda esa 2022-yilda boshlangan pasayish davom etmoqda.

Elektron do‘konlarga oid shikoyatlarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq — Raqobat qo‘mitasi
29 yanvar 2025, 11:06

Elektron do‘konlarga oid shikoyatlarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilda elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 81,9 foizi ijobiy hal etilgan. Muammolarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq.

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi
29 yanvar 2025, 09:32

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi

Mirobod tumanida avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Smogmi yo tuman? Toshkentliklar yana rasmiylardan javob ololmadi
29 yanvar 2025, 02:32

Smogmi yo tuman? Toshkentliklar yana rasmiylardan javob ololmadi

Seshanba kuni Toshkent havosi yil boshidan beri eng iflos darajaga yetdi. Aholi kun bo‘yi ijtimoiy tarmoqlarda bu havodan nafas olish xavfsizmi, kabi savollarni berdi. Ammo doimgidek na javob, na maslahat, na biror tavsiya taqdim qilindi.

O‘zbekistonda endi quyosh panellari va suv isitgichlari o‘rnatilishini prokuratura nazorat qiladi
28 yanvar 2025, 22:08 1

O‘zbekistonda endi quyosh panellari va suv isitgichlari o‘rnatilishini prokuratura nazorat qiladi

2025-yilda O‘zbekistonda aholi xonadonlari, kichik biznes va ijtimoiy soha obyektlari energiya iste’molining kamida 40 foizi muqobil energiya manbalari — quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga qoplanadi. “Bu vazifaning bajarilishi so‘zsiz ta’minlanadi”, — dedi bosh prokuror o‘rinbosari.

Bandlik bo‘limi aralashuvidan so‘ng Enter Engineering xodimiga ish haqi to‘lab berildi
28 yanvar 2025, 21:34

Bandlik bo‘limi aralashuvidan so‘ng Enter Engineering xodimiga ish haqi to‘lab berildi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha menejeri, rossiyalik Ilya Puts olti oydan beri ish haqi to‘lamagani uchun Enter Engineering ustidan shikoyat qildi. Chilonzor tumani bandlik bo‘limi yordami bilan unga 57 ming dollar to‘lab berildi.

Uzbekistan Airways`ning Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotida chaqaloq tug‘ildi
28 yanvar 2025, 18:00

Uzbekistan Airways`ning Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotida chaqaloq tug‘ildi

Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan reysida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi. Jarayonga yo‘lovchilar orasida bo‘lgan shifokor-akusher va jarroh o‘z yordamini ko‘rsatdi. Shu sababli ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘ndi.

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun DXSH asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
28 yanvar 2025, 17:50

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun DXSH asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 3−18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Yil yakunigacha xizmatlar bilan 2 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan bolalar qamrab olinadi. Bu ularning onalari uchun ishlash va ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.

Haydovchilarni tayyorlash va imtihonlarni o‘tkazish tartibini buzish jinoiy javobgarlikka tortiladi
28 yanvar 2025, 13:06

Haydovchilarni tayyorlash va imtihonlarni o‘tkazish tartibini buzish jinoiy javobgarlikka tortiladi

Senatorlar haydovchilarni tayyorlash, imtihonlar o‘tkazish va guvohnomani berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Avtoraqamlarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, berish, ulardan foydalanish yoki qalbakilashtirish ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Nukus va Namangan davlat texnika universitetlari tashkil etiladi
28 yanvar 2025, 11:03

Nukus va Namangan davlat texnika universitetlari tashkil etiladi

Prezident Nukus va Namangan davlat texnika universitetlari tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlarni imzoladi. Universitetlarda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkentdagi tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in yuz berdi — video
28 yanvar 2025, 09:03

Toshkentdagi tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in yuz berdi — video

Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasining omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 4 soatda bartaraf etildi. FVBga ko‘ra, yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

27-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 yanvar 2025, 23:51

27-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Lukashenkoni saylovdagi g‘alaba bilan tabriklagan Mirziyoyev, mansabdorlarning jinoyatidan ko‘rilgan 3,6 trln so‘m zarar, Toshkentda ochiladigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti, bir yilda 57 foiz oshgan metropoliten yo‘lovchilari soni va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting