Yerdan paxta hosili uchun foydalanadigan klasterlarga har bir gektar maydonga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi. Hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshsa, 2025-yilda pulning qolgan 30 foizi beriladi. Bu haqda prezident qarori chiqdi.
Yunusobod tumanida Cobalt 89-sonli elektrobusga to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda, deya qayd etdi “Toshshahartransxizmat”.
Deputatlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelli transport vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish, uy hayvonlarini yo‘l mintaqasida qarovsiz qoldirganlik va chapga burilish yoki qayrilib olish qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar ko‘zda tutilgan qonun loyihasini qabul qilishmadi. Qonun muhokamasi tafsiloti.
O‘zbekiston, 30 yildirki, lotin yozuviga to‘liq o‘tolmaydi. Bir necha harfning yakuniy ko‘rinishi tasdiqlanishi bilan jarayon tugashi kutilyapti. Bu so‘nggi 85 yilda alifbo ko‘rinishining oltinchi o‘zgartirilishi bo‘ladi. “Gazeta.uz” muxbiri Jahongir Azimov cho‘zilib ketgan o‘tishning sabablari va oqibatlarini o‘rgandi.
O‘zbekistonning Namangan viloyati va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yangi chegara bojxona postlari qurilmoqda. Ular 2024-yilda foydalanishga topshirilishi reja qilingan.
Toshkent jamoat transportiga joziba qaytdi. Ammo u tirbandliklardan chiqib, ko‘pchilik tanloviga aylanishi uchun nafaqat TSHTX, balki hokimlik, YHXX va deputatlar tomonidan hali ko‘p ish qilish kerak. Sabina Bakayeva JT sohasidagi yutuq va kamchiliklar uchun javobgarlikning bo‘linishi haqida mulohaza yuritadi.
Paxtakor tumanida fermer xo‘jaligi xodimi 42 tup qayrag‘ochni noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 224 mln so‘mlik zarar yetdi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Veolia Energy Tashkent Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshirilishini ma’lum qildi. Narxlar 15 foizga oshirilishi kutilmoqda.
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi kengashga Toshkent shahri aholisi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti tarifini 15 foizga oshirishni taklif qildi. Korxona rahbarining aytishicha, hozirda shahar aholisi bazaviy tarifning atigi 14 foizini to‘laydi, qolgani esa shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.
Soxta motivatorlarni tartibga solish taklifi, bolasi maktabga bormagani uchun ogohlantirish olayotgan ota-onalar, havo ifloslanishida “aybsiz” bo‘lgan mazut, Minerva city masalasiga to‘xtalgan O‘zLiDeP va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Energetika vazirligi issiqlik stansiyalari va issiqlik markazlari mazutdan foydalanishining Toshkentdagi havo ifloslanishi bilan bog‘liqligini rad etdi. Vazirlik Toshkent IESda (ToshGRES) belgilangan texnik ko‘rsatkichlarga mos keladigan filtrlar o‘rnatilganini ma’lum qildi.
Shofirkonda Taftish.uz internet nashri muxbiri tanishi bilan kelishmovchilik paytida pichoqlandi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi, gumonlanuvchiga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yo‘l qoidalari buzilganda, avtomobilning egasi emas, uni boshqargan shaxs (ijaraga berilgan shaxslar, yaqin qarindoshlar va boshqalar) javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan rad etildi. O‘zgartirish korrupsiyaga yo‘l ochib berishi ta’kidlandi. Qonun muhokamasi tafsiloti.
Tasviriy san’at galereyasida jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi ochilgan bo‘lib, u 18-fevralga qadar davom etadi. Unda 42 eksponat namoyishga qo‘yilgan. Eksponatlar orasida Fitrat va Behbudiy tomonidan yozilgan darsliklar, jurnallar va o‘quv qo‘llanmalari ham bor.
Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda ikkala haydovchi va uch yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. DAF yuk transport vositasiga ortilgan bir qancha yengil avtomobillar pastlikka tushib ketdi.
Qonunchilik palatasi deputatlari — Shahnoza Xolmaxmatova va Gulruh Agzamova “soxta psixologlar” ko‘payib qolgani, ularga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlab, bunday trenerlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan hujjatlarni ishlab chiqish kerakligini bildirdi.
Maktab darslariga sababsiz qatnashmayotgan bolalarning ota-onalariga ogohlantirish xatlari yuborilmoqda, unda ota-onalar farzandlarining ta’lim olishida javobgar ekani eslatilgan. Ta’lim vazirligi bunday choralarning mohiyatini tushuntirdi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayollarga avtobus va yuk avtomobillarini boshqarishga ruxsat etildi. Qayd etilishicha, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sog‘liqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.
12-fevraldagi sud muzokarasida prokuror Farmagentlikning sobiq rahbari Kariyev, uning ikki o‘rinbosari va Davlat markazining bir xodimiga nisbatan 18 yil, Quramax Medical direktoriga 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. “Gazeta.uz” barcha sudlanuvchilarga so‘ralgan jazoni to‘liq taqdim etadi.
Qoraqalpog‘istondagi Jiltirbas ko‘li xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoqli yerlar ro‘yxatiga kiritildi. 15 yil davomida o‘rganilgan ko‘l Ramsar konvensiyasiga kiritilgan beshinchi tabiiy obyekt bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting