SSV Xitoyning Henan Costar Group kompaniyasi bilan tez tibbiy yordam elektromobillari xarid qilish va ularni modifikatsiyalash zavodini qurish bo‘yicha 150 mln dollarlik shartnoma imzoladi. China CAMC Engineering poliklinikalar qurishi mumkin, Snibe Diagnostic esa diagnostika uskunalari bilan ta’minlaydi.
Korrupsiya reytingidagi o‘rnini yaxshilagan O‘zbekiston, yangi tashkil etilayotgan Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Osiyo Kubogi chorak finaliga chiqqan milliy terma jamoa, 10 yilga qamalgan Imron Xon va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
2023-yilda o‘ndan ortiq mukofotni qo‘lga kiritgan Chery kompaniyasi e’tiborini avtomobil egalarning talablariga va barqaror sanoat tendensiyalariga qaratishda davom etmoqda.
O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 12 ta avtolizing korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni bunday firmalar aldoviga ishonib qolmaslikka chaqirdi.
Sud sentabr oyida Toshkentda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan keksa yo‘lovchini katta tezlikda urib yuborgan Captiva haydovchisiga nisbatan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Haydovchi o‘tish joyi oldida boshqa mashinalar turgan bo‘lsa-da, to‘xtamay o‘tib ketgandi.
Omonulla Fayziyev Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligiga rahbar etib tayinlandi.
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi ikki qavatli turar-joy binosida gaz balloni portlashi oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Ular og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Elchixona holat nazoratga olinganini bildirdi.
Boyovut tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirishga ixtisoslashgan MCHJ 41,6 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning ortidan davlatga 62,4 mlrd so‘mlik zarar yetgan. Muassasa mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkentda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tadbirda hukumat va Prezident administratsiyasi vakillari, shahar jamoatchiligi hamda sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova qatnashdi. Foto.
Abduvoxid Ismoilov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati IIB rahbari bo‘lib ishlagan.
Markaziy Osiyoda 2022-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bo‘y o‘sishida ortda qolish ko‘rsatkichi 7,7 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2000-yildagi 28,9 foizdan 2022-yilda 6,9 foizgacha kamaygan. MHTI BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotini tahlil qildi.
Nishon tumani sudi bloger Abdulhakim Abjalilovni tovlamachilikda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarini ijaraga berish masalasi muhokama qilindi. Unda 2000 ta yerto‘la foydalanilmay bo‘sh yotgani, ularni ijaraga berish mahallalarda ish o‘rinlarini yaratib, daromad keltirishi ta’kidlandi.
Ekologiya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi doirasida Global ekologik fond mablag‘lari hisobidan “Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas avtomobil xarid qilindi.
Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 33 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Maktabga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona iste’molga yaroqsiz mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlagani aniqlandi.
Chilonzor tumanida BYD va Chery avtomobillari to‘qnashdi. YTH oqibatida ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib borildi.
Qashqadaryodagi G‘elon qishlog‘i — O‘zbekistonning o‘ziga xos maskanlari ro‘yxatidagi borish shart bo‘lgan joylardan biri. Ammo qishda kamdan-kam sayyoh u yerga yetib boroladi. Fotojurnalist Xolida Musulmon Yangi yil arafasi G‘elonda bo‘lib qaytdi. Uning yangi fotohikoyasi — qahratondagi qishloq hayoti haqida.
Shahar piyodalar uchun bo‘lishi kerakligini aytgan prezident, korrupsiyadan “tozalanadigan” qurilish sohasi, qoniqarsiz ishlayotgan boshqaruv kompaniyalari, vagonlari ko‘paytiriladigan metropoliten va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezident avtobus xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, Toshkent metropolitenining vagonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Aholining elektromobillarga o‘tishi rag‘batlantiriladi.
2021-yilning yanvaridan Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting