Jamiyat

Chorshanbadan havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
20 yanvar 2025, 12:51

Chorshanbadan havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Nisbatan iliq dushanbadan keyin seshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shimolda payshanba va juma kuniga o‘tar kechasi harorat −8…−13 darajagacha pasayadi. Jumadan boshlab harorat yana ko‘tariladi.

O‘zbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatiga kiritildi
20 yanvar 2025, 12:44

O‘zbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatiga kiritildi

BBC Travel global media portali O‘zbekistonni 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillar ro‘yxatiga kiritdi. “Mamlakat sayyohlarni jalb qilish maqsadida yangi poyezd yo‘nalishlari, ichki reyslar va madaniy obyektlarga investitsiya kiritmoqda”, — deyiladi hisobotda.

Toshkentda harakatsiz turgan Nexia yonib ketdi
20 yanvar 2025, 12:17

Toshkentda harakatsiz turgan Nexia yonib ketdi

Chilonzor tumanidagi avtoturargohda turgan Nexia butunlay yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar bo‘lmagan. Yong‘in sababi hozircha aniq emas.

Navoiyda YPX inspektori 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
20 yanvar 2025, 12:08

Navoiyda YPX inspektori 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Navoiy shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet avtomobilining 16 yoshli haydovchisi to‘xtash ishorasiga amal qilmay, YPX inspektorini urib yubordi. Bola voqea joyidan qochib ketgan, inspektor esa o‘sha yerda halok bo‘lgan.

Germaniyaga o‘zbekistonlik haydovchilar ishga taklif qilinmoqda
20 yanvar 2025, 11:10

Germaniyaga o‘zbekistonlik haydovchilar ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistondagi yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchilari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Ular O‘zbekistonda nemis tili va malaka kurslarida o‘qitiladi. Oylik maosh oyiga 2400 — 2600 yevroni tashkil qiladi.

Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi
20 yanvar 2025, 11:03

Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, dorilarni tadqiqotsiz ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror SSV huzuridagi ekspertlar kengashi tomonidan chiqariladi.

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
20 yanvar 2025, 08:54

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Spark piyodani urib yubordi. Oqibatda 51 yoshli erkak vafot etdi.

O‘zbekistonda 20−26-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
20 yanvar 2025, 08:11

O‘zbekistonda 20−26-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy ish haftasi beqaror bo‘ladi. Avvaliga nam, lekin iliq, keyin yomg‘irning qorga aylanishi, payshanba-juma kunlariga kelib haroratining keskin pasayishi kutiladi (ammo butun mamlakat bir xilda sovib ketmaydi). Dam olish kunlari esa quruq keladi va haroratning tez ko‘tarilishi ro‘y beradi.

Test: Mahmudxo‘ja Behbudiyni bilasizmi?
19 yanvar 2025, 13:08

Test: Mahmudxo‘ja Behbudiyni bilasizmi?

19-yanvar kuni Turkiston jadidlari rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga 150 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir, publitsist, pedagog, din va jamoat arbobi hisoblangan ushbu tarixiy shaxs haqida test tayyorladi.

Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
19 yanvar 2025, 12:40

Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan 34 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi. U fuqarolarning hujjatlarini olib qo‘ygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.

Toshkent metrosida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi
18 yanvar 2025, 21:34

Toshkent metrosida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi

Toshkent metropolitenida 19 yoshli yigit o‘zini elektropoyezd tagiga tashladi. Xodimlar jabrlangan fuqaroni tirik holda vagon ostidan olib chiqqan. Hozirda tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi 500 ta bekatda yanvar oyi oxirigacha bir martalik chiptalar sotuvchi infokiosklar o‘rnatiladi — Transport boshqarmasi
18 yanvar 2025, 18:57

Toshkentdagi 500 ta bekatda yanvar oyi oxirigacha bir martalik chiptalar sotuvchi infokiosklar o‘rnatiladi — Transport boshqarmasi

Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt hokimligi va tadbirkorlar bilan hamkorlikda yanvar oyi oxirigacha avtobuslarda yo‘lkira to‘lash uchun bir martalik QR-chiptalar sotuvchi infokiosklar sonini 675 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Ularning aksariyati avtobus bekatlariga joylashtiriladi.

Urganch — Qo‘ng‘irot yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
18 yanvar 2025, 18:34

Urganch — Qo‘ng‘irot yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikda Urganch — Qo‘ng‘irot yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar 20-yanvardan boshlanishi kutilmoqda.

Turkiyada yana uch o‘zbekistonlik qalbaki alkogoldan vafot etdi
18 yanvar 2025, 15:42

Turkiyada yana uch o‘zbekistonlik qalbaki alkogoldan vafot etdi

Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yana 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Vafot etganlarning umumiy soni 17 taga yetdi, 5 kishi bo‘lsa Istanbulda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Giyohvandlik jinoyatlariga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi boshlandi
18 yanvar 2025, 15:27

Giyohvandlik jinoyatlariga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi boshlandi

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili Toshkentda 238,8 kg bunday moddalar musodara qilingan. Jinoyatga qarshi kurashish uchun nimalar rejalashtirilmoqda?

Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi
18 yanvar 2025, 12:36

Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi

Toshkentning Yangihayot tumanida chaqaloq sumkaga solingan holda ko‘chaga tashlab ketildi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Video.

Afrosiyob poyezdi temiryo‘ldagi beton shpal sababli favqulodda to‘xtadi
18 yanvar 2025, 10:43

Afrosiyob poyezdi temiryo‘ldagi beton shpal sababli favqulodda to‘xtadi

Toshkent — Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdi mashinistlari yo‘lda qoldirilgan beton shpalni ko‘rib, favqulodda tormozlash choralarini ko‘rdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ma’lumotiga ko‘ra, poyezd “ma’lum darajada shikastlangan”, jabrlanganlar yo‘q. Voqea sabablari tekshirilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: mikrovolnovkada pishadigan taomlar
18 yanvar 2025, 01:53

Nima tayyorlaymiz: mikrovolnovkada pishadigan taomlar

Mikroto‘lqinli pechda pishadigan chizkeyk, pechene, omlet, bananli keks va boshqa retseptlar — Zira.uz jamlanmasida.

17-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
17 yanvar 2025, 22:12

17-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonda qonuniylashtirilgan Binance, 100 grammlik oltin quymalari sotuvi, Toshkent jamoat transportini kutayotgan o‘zgarishlar, kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi bo‘ladigan 2025-yil va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Milliy gvardiya gender tengligini ta’minlashda eng faol davlat organi deb topildi
17 yanvar 2025, 22:07

Milliy gvardiya gender tengligini ta’minlashda eng faol davlat organi deb topildi

Milliy gvardiya gender tengligini ta’minlashda respublika miqyosida eng faol davlat organi deb topildi. Eng faol hududiy davlat organi Qoraqalpog‘iston IIV bo‘ldi. Gender tengligi va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi har yili o‘tkaziladigan tanlov natijalarini sarhisob qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting