Olmaliq shahrida ona 8 yoshli bolasining barmoqlari va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib yoqdi. U buni farzandi ruxsatsiz uydagi shirinlikni yegani uchun jazolash maqsadida qilgan. Ayolga nisbatan jinoiy ish ochilib qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
O‘zbekistonda 2024-yilda 469 568 nafar shaxs ma’muriy jazoga tortildi. Bu 2023-yilga nisbatan 49 380 nafarga ko‘p. Ko‘rilgan ishlarning asosiy qismi mayda bezorilik, litsenziyasiz yo‘lovchilar tashish, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik kabi huquqbuzarliklardan iborat bo‘lgan.
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida yashovchi erkak xonadonida 8 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari saqlab kelgani aniqlandi. Ushbu moddalarning jami qiymati 4 mlrd 317 mln so‘mni tashkil qilishi aytilmoqda. Unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Xizmatlarning qulayligi va ommabopligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy banki endi dam olish kunlari ham ishlaydi - mamlakat bo‘ylab bir qator bo‘limlar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.
Instagram orqali Toshkent shahri aholisini haqorat qilgan qiz 10 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolandi. Qiz videoni taksi haydovchisi uni qayerdan kelgani haqidagi savolidan so‘ng jahli chiqib tasvirga tushirganini aytgan.
O‘zbekistonda 2025-yilda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi, stomatologiya xususiy sektorga beriladi, shifokorlar ish samaradorligi uchun ustamalar ola boshlaydi. Viloyat miqyosidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari ko‘p tarmoqli poliklinikalarga aylantiriladi.
2025/2026 o‘quv yilida Green University sirkulyar iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni boshlaydi, yirik shaharlarda “yashil texnikumlar” paydo bo‘ladi. Davlat OTMlarida aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha grant asosida ta’lim kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi.
Aholisining kamida yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda eng toza va yashil mahalla tanlovlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalar 500 mln so‘m mukofot pulini yo‘llarni ta’mirlash, yoritish, bolalar maydonchalari, bog‘lar qurish va chiqindilarni yig‘ish maydonchalari tashkil etishga sarflashi mumkin bo‘ladi.
Yanvarda aholi sezgan inflyatsiya ko‘rsatkichlari, quyosh panellari o‘rnatilishini nazorat qiladigan Bosh prokuratura, “yashil tadbirkor” maqomini beruvchi platforma, sertifikatli o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun ustama va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent viloyatidagi ekoreyd natijalari e’lon qilingach, tarmoqlarda havo ifloslanishi o‘lchovining to‘g‘riligi bo‘yicha bahslar paydo bo‘ldi. Ekovazirlik normadan oshish kuzatilmaganini aytdi. Ma’lum qilinishicha, Toshkentga kiruvchi havo oqimlarining 80 foizi issiqxona konsentratsiyasi yuqori hududlardan o‘tadi.
Prezident farmoni bilan, maktablarda o‘zbek tili fanidan dars beruvi va milliy baholash tizimida tegishli sertifikatga ega o‘qituvchilarga har oyda tarif stavkasiga nisbatan 50% miqdorida ustama to‘lanadi.
Madridning “Atletiko” futbol klubi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga ko‘maklashishi kutilmoqda. Turizm qo‘mitasi raisi Ispaniyaga tashrifi davomida klub mutasaddilari bilan uchrashdi va qo‘shma marketing hamda reklama kampaniyalarini o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Romitan tumanida fuqaro o‘z xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelgani aniqlandi. Unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Sher bolasi hayvonot bog‘iga joylashtirildi.
DXX va IIVning “Qoradori” operatsiyasi ikkinchi bosqichi 28,8 kg giyohvand modda va 9421 ta kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining musodara qilinishi bilan yakunlandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 18 ta o‘qotar va 126 ta sovuq qurol aniqlab, qidiruvda bo‘lgan 53 nafar shaxsni ushladi.
Raqobat qo‘mitasi va SSV Toshkentdagi Nazar Medical shifoxonasi bolalar terapevtik stomatologiyasi bo‘yicha tibbiy faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega emasligini aniqladi. Qo‘mita klinikadagi tekshiruvni bir ayol va bolaga sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatganidan so‘ng o‘tkazgan.
Farg‘onada Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onida yashovchi Munisa Xaitmurodova Mobiuz o‘tkazgan MobiDRIVE aksiyasining uchinchi g‘olibi bo‘ldi.
Adliya vazirligida “Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyoti” ro‘yxatdan o‘tkazildi. U normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
Qarshi shahrida 17 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi. Hodisani ko‘rgan fuqarolar uni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq qiz ularga quloq solmagan.
Dushanba kuni Buxoro viloyatidagi “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurida gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq avariya yuz berdi. “O‘ztransgaz” va Energetika vazirligi “holatni bartaraf etish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilayotganini” ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting