Jamiyat

Qator kamchiliklar sabab Qarshi tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi
16 yanvar 2025, 09:49

Qator kamchiliklar sabab Qarshi tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi

Ombudsman tomonidan aniqlangan qator kamchiliklar sababli Qarshi tuman IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi. Unda saqlanayotgan shaxslar ta’mirlangan Kasbi tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga ko‘chirildi. Xatolarni bartaraf etish bo‘yicha IIVga taqdimnoma kiritildi.

15-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 yanvar 2025, 23:21

15-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Uch o‘qishda qabul qilingan mahalla raisi vakolat muddatini uzaytirish qonuni, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, 2024 yilda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ro‘yxati, sulh kelishuviga erishgan Isroil hamda HAMAS va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Samarqandda ikki fuqaro opiy kontrabandasida ayblanib, 16 yilga hukm qilindi
15 yanvar 2025, 22:49

Samarqandda ikki fuqaro opiy kontrabandasida ayblanib, 16 yilga hukm qilindi

Urgutlik fuqaro Tojikistonlik sherigi bilan birgalikda O‘zbekistonga 20 kg 747 gramm opiy olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Sud ularni 16 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Tergov jarayonida ma’lum bo‘lgan urgutlik sherik ham 16 yilga qamaldi.

Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan O‘zbekiston fuqarosining asl jazosi shartlisiga almashtirildi
15 yanvar 2025, 22:36

Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan O‘zbekiston fuqarosining asl jazosi shartlisiga almashtirildi

Oktabr oyi oxirida sud Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan o‘zbekistonlikni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 19 kundan keyin apellyatsiya sudi sog‘lig‘i va aybiga iqrorligini inobatga olib, uni ozod qildi. Sud qarorida sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovdan iqtibos keltirilgan.

Deputatlar jamoat transporti yo‘laklarida harakatlanganlik uchun taklif qilingan jarima miqdorini pasaytirdi
15 yanvar 2025, 22:07

Deputatlar jamoat transporti yo‘laklarida harakatlanganlik uchun taklif qilingan jarima miqdorini pasaytirdi

Qonunchilik palatasi jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda harakatlanganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Huquqbuzarliklar uchun 1,12 mln va 1,87 mln so‘m jarima solish taklif qilingandi, biroq deputatlar bu miqdorlarni kamaytirishga qaror qildi.

Qashqadaryoda kanalizatsiyada qolib ketgan 2 fuqaro qutqarildi
15 yanvar 2025, 21:06

Qashqadaryoda kanalizatsiyada qolib ketgan 2 fuqaro qutqarildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida kanalizatsiyadagi chiqindilarni tozalash maqsadida tushgan 2 nafar xodim undan chiqolmay qoldi. Quduq ichida suv ko‘payib ketgan va ulardan birining tobi qochgan. FVV qutqaruvchilari ishchilarni olib chiqdi va shifoxonaga joylashtirdi.

Deputatlar o‘ziga kredit berilishini taqiqlash qonunini qabul qildi
15 yanvar 2025, 19:50

Deputatlar o‘ziga kredit berilishini taqiqlash qonunini qabul qildi

Qonunchilik palatasi fuqarolarga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash huquqini beruvchi qonunni qabul qildi. Bepul bo‘ladigan xizmat mijozning roziligisiz kredit olish yoki pulli operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini cheklashga mo‘ljallangan.

“Toshshahartransxizmat” avtobus haydovchi ayollarning ishini maqtadi, tashkilot ularning sonini ko‘paytirmoqchi
15 yanvar 2025, 18:07

“Toshshahartransxizmat” avtobus haydovchi ayollarning ishini maqtadi, tashkilot ularning sonini ko‘paytirmoqchi

“Toshshahartransxizmat” avtobus boshqaradigan ayollar sonini oshirishni reja qilmoqda. Hozir ishlayotgan 2 ayol haydovchining ishi tashkilotga yoqqan: ular kamroq qoida buzadi, yo‘lda telefondan foydalanmaydi, o‘z vaqtida ishga kelib-ketadi. AJ 500 nafar ayolni haydovchilikka o‘qitib, 200 ta avtobusda ishlatish niyatida.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
15 yanvar 2025, 17:59

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 18−22-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Uzbekistan Airways`ning dvigatelida nosozlik kuzatilgan samolyoti Moskvaga xavfsiz qo‘ndi
15 yanvar 2025, 17:47

Uzbekistan Airways`ning dvigatelida nosozlik kuzatilgan samolyoti Moskvaga xavfsiz qo‘ndi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Buxoro — Moskva yo‘nalishidagi samolyoti Rossiya aeroportiga qo‘nish paytida dvigatellaridan biri ishdan chiqdi. Ekipaj zaruriy choralarni ko‘rib, havo kemasini muvaffaqiyatli qo‘ndirdi.

Toshkent shahriga 3 mingta avtobus yetarli bo‘ladi — “Toshshahartransxizmat” vakili
15 yanvar 2025, 17:25

Toshkent shahriga 3 mingta avtobus yetarli bo‘ladi — “Toshshahartransxizmat” vakili

Toshkent shahridagi harakat tarkibida hozir 1847 ta avtobus bor, ularning 1557 tasi kunlik yo‘nalishga chiqariladi. “Toshshahartransxizmat” rahbari o‘rinbosarining aytishicha, shahar maydoni, aholi, har yuz ming kishiga taqsimlangan avtobus sonidan kelib chiqib, poytaxtga 3000 ta avtobus yetarli bo‘ladi.

Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi
15 yanvar 2025, 16:53

Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 8-sinfda o‘quvchi qiz o‘zini 8-qavat yo‘lak derazasidan tashlab halok bo‘ldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza va mas’ul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Aktyor Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi
15 yanvar 2025, 16:47 1

Aktyor Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi.

“Afrosiyob” chipta narxlari qimmat bo‘lsa, marhamat, arzon poyezdlardan foydalanish mumkin — “O‘ztemiryo‘lovchi” vakili
15 yanvar 2025, 16:46

“Afrosiyob” chipta narxlari qimmat bo‘lsa, marhamat, arzon poyezdlardan foydalanish mumkin — “O‘ztemiryo‘lovchi” vakili

“O‘ztemiryo‘lovchi” kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i Fozilbek Masharipov “Afrosiyob” chipta narxlarining qimmatligiga e’tiroz bildirayotgan odamlarga arzon poyezdlardan foydalanishni tavsiya qildi. “Baland narxli poyezdlarimizdan norozi bo‘lishsa, marhamat, bizda oddiy poyezdlarimiz ham o‘sha joyga boradi”, — dedi u.

Buxoroda ikki ming yillik tarixga ega qurol-aslahalar topildi
15 yanvar 2025, 16:34

Buxoroda ikki ming yillik tarixga ega qurol-aslahalar topildi

Buxoroning Qorako‘l tumanidagi Poykent manzilgohidan miloddan avvalgi va milodiy I asrlarga tegishli jangovar qurol-aslahalar topildi. Ular orasida olovni tashishda ishlatilgan qo‘ng‘iroq hamda hali vazifasi aniqlanmagan aylana shakldagi qurilma ham mavjud.

Andijon tumanining sudlangan sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev yana rahbar bo‘ldi
15 yanvar 2025, 15:02

Andijon tumanining sudlangan sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev yana rahbar bo‘ldi

Abdujabbor Egamberdiyev Kasaba uyushmalari federatsiyasi Andijon viloyati kengashi raisi bo‘ldi. U 2022-yilda prezident buyrug‘i bilan “davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib harakatlari” uchun Andijon tumani hokimligidan olingandi. Sud unga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlab, so‘ng shartli ozod qilgan.

O‘zbekistonda o‘g‘itlar xavfsizligiga doir talablar o‘zgardi
15 yanvar 2025, 14:42

O‘zbekistonda o‘g‘itlar xavfsizligiga doir talablar o‘zgardi

Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament yangi tahrirda tasdiqlandi. U organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga, ularning ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yo‘q qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Qashqadaryo viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
15 yanvar 2025, 12:49

Qashqadaryo viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 3,9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 363 km uzoqda joylashgan.

Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida yolg‘on axborot tarqatganlar jarimaga tortildi
15 yanvar 2025, 12:25

Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida yolg‘on axborot tarqatganlar jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video paydo bo‘ldi. Aslida joriy ta’mirlash ishlari aks etgan videoni 2 kishi yolg‘on izoh bilan tarqatgani aniqlandi. Ularning har biriga 7,5 mln so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.

Toshkent viloyatidagi postda 700 dan ortiq bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
15 yanvar 2025, 11:55

Toshkent viloyatidagi postda 700 dan ortiq bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida ikki holatda 717 dona bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Ular shohlarni deklaratsiyada yozib ko‘rsatmagan va og‘zaki so‘rovda ham ma’lum qilmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting