Andijon viloyatidagi profilaktik tadbirlarda jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, “o‘zidan yetakchi yasab olganlar” hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Xususan, bezorilik, tovlamachilik va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib 3 nafar shaxs hibsga olindi.
Jizzax shahrida “VAZ-2107” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urildi. Oqibatda uch kishi jarohatlandi.
Urganch-Xiva-Urganch yo‘nalishidagi trolleybus harakati tiklandi. Qatnov yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani hamda elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar sababli 20-noyabrda to‘xtatilgandi.
4-dekabr kuni ertalab Urganchni qalin tuman qopladi. Bunday ob-havo tufayli ikkita aviareys kechiktirildi. Soat 10 ga kelib, tuman tarqadi. Fotograf Azamat Matkarimov tongda tumanli shaharni aylandi.
Uchko‘prik tumanida davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma faoliyati to‘xtatildi.
Toshkentning Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlaridagi ba’zi mahalla va ko‘chalarda 5−6-dekabr kunlari tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Davlat OTMlarida 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi. Yuqori bosqichdagilarning kontraktni to‘lash muddati esa oliygoh rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan juda ko‘p miqdorda tovlamachilik moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jinoiy faoliyatda gumonlangan yana 10 kishi qo‘lga olindi. “Ular tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Doston Xalilovni Qirg‘izistonga qochishga uringan vaqtda qo‘lga oldi. Uning Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) bilan yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgani qayd etilgan.
Milliy marketpleys Uzum Market kuz faslining uch oyi sarhisoblar bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, platformada 11 mln mahsulot rasmilashtirildi, O‘zbekistonning 10 ta shahrida 100 ta yangi tarqatish punkti ochildi.
O‘zbekistonda mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarini vaqtincha yopishga asos yo‘q, dedi Sanepidqo‘m raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov. Tarmoqlarda vaziyatni yaxshilash uchun muassasalarni yopish taklif qilingandi. Mutaxassis yangi pandemiya va epidemiya boshlangani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
18−64 yoshdagilar orasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz hisoblanadi. 46 foizining qonida esa xolesterin miqdori oshgan.
Marg‘ilon shahrida qora rangdagi o‘nlab Gentra mashinalari haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Bu aynan shu rangdagi Gentra avtomobillarining davlat raqami belgisini yechib harakatlanish ko‘paygani bilan izohlandi. Farg‘ona viloyati IIB jarayon profilaktik ishlarning bir qismi ekanini ta’kidladi.
Sergeli tumanidagi maktab hovlisidan 44 yoshli ayolning jasadi topildi. Bosh prokuratura uning o‘limiga yurak kasalligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi va alkogoldan o‘tkir zaharlanish kabilar sabab bo‘lganini bildirdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari dastlab Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”)ni ma’muriy javobgarlik uchun hibsga olgan, bu haqda sud qarorida qayd etilgan. U 15 sutkaga hibsga olingan, shundan so‘ng poytaxt IIBB jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Zarqand qandolat fabrikasi yangi shirinliklar qatorini ishlab chiqardi, ular orasida turli xil asosga ega uch turdagi pryaniklar ham bor.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov moddiy manfaat evaziga bemorlarga kerak bo‘lmagan dori yozish holatlarini tanqid qildi. U viloyat sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va standartni chetlab o‘tib retsept yozib bergan xodimlarni ishdan olish haqida ko‘rsatma berdi.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari “Salimboy” laqabi bilan tanilgan, MOQ rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan tadbirkor Salim Abduvaliyevga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Kun.uz.
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab quruq va o‘ta iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +15…+20 daraja bo‘ladi. Keyinchalik harorat foni pasayib, juma kuni kechasi 0…+5, kunduzi +7…+12 darajagacha tushishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bo‘ylab “ko‘cha to‘dalari” va jinoiy guruhlarni aniqlash hamda qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda. Farg‘ona viloyatida 22 nafar jinoiy guruh a’zosi, shuningdek, MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov (“Borz” laqabi bilan mashhur) qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting