Jamiyat

Bloger Olimjon Haydarov 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
1 dekabr 2023, 16:25

Bloger Olimjon Haydarov 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi bloger Olimjon Haydarovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Toshkentda o‘zini 6-qavatdan tashlagan 17 yoshli qiz vafot etdi
1 dekabr 2023, 15:41

Toshkentda o‘zini 6-qavatdan tashlagan 17 yoshli qiz vafot etdi

Yangihayot tumanida 17 yoshli qiz o‘zini ko‘p qavatli uyning 6-qavatidan tashladi. U olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi. Holat sababi aniq emas, tekshirish olib borilmoqda.

Asialuxe Travel Maldiv orollarida dam olishni istovchilar uchun qo‘llanma taqdim etdi
1 dekabr 2023, 15:00

Asialuxe Travel Maldiv orollarida dam olishni istovchilar uchun qo‘llanma taqdim etdi

Asialuxe Travel milliy turoperatori Maldiv orollaridagi ta’til haqida tez-tez so‘raladigan savollarga javob berdi va sayohatlar narxlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud jarayoni 1 oyga to‘xtatildi
1 dekabr 2023, 14:15

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud jarayoni 1 oyga to‘xtatildi

Jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar ayblanayotgani va boshqa asoslarga ko‘ra “Dok-1 Maks” ishini ko‘rish 1-dekabrdan 1 oylik muddatga to‘xtatildi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
1 dekabr 2023, 11:31

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekistonda 2−3-dekabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +18 darajagacha, kechasi +7 darajagacha iliq bo‘ladi.

DXX hududlarda fuqarolarni AQShga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi
1 dekabr 2023, 11:27

DXX hududlarda fuqarolarni AQShga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi

DXX Qo‘qon, Samarqand shaharlari va Pastdarg‘om tumanida AQShga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda 25 ming dollar evaziga Meksika orqali Amerikaga yuborishni va’da qilgan shaxs puldan 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

Perfectum yangi yil sovg‘alarini taklif qilmoqda
1 dekabr 2023, 11:00

Perfectum yangi yil sovg‘alarini taklif qilmoqda

Perfectum mobil operatori yangi abonentlar uchun Max Voice yangi cheksiz ovozli tarifi, shuningdek, yarim yillik Qulay New tariflari raqamlari uchun 90% chegirma va “2024 Yangi yil paketlari” haqida e’lon qildi.

Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi
1 dekabr 2023, 10:31

Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi

Buxoro shahriga Xitoyning 20 ta yangi Zhang Tong avtobusi keltirildi, ular 5-dekabrdan yo‘nalishlarga chiqariladi. 2024-yil iyuligacha yana 80 ta shunday avtobus yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Toshkentda o‘quvchi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
1 dekabr 2023, 10:23

Toshkentda o‘quvchi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda tadbirkor soat 22:30 dan keyin kafesiga ayollarni kiritmagani uchun jarimaga tortildi
1 dekabr 2023, 10:13

Toshkentda tadbirkor soat 22:30 dan keyin kafesiga ayollarni kiritmagani uchun jarimaga tortildi

Toshkentdagi kafe menejeri va uning xodimi soat 22:30 dan keyin ayollarni muassasaga kiritmagani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (har biri 6,6 million so‘mdan) miqdorida jarimaga tortildi. Ular jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.

Sentobga sayohat: Jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan birida nimalar hayratga soladi?
30 noyabr 2023, 21:35

Sentobga sayohat: Jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan birida nimalar hayratga soladi?

O‘zbekistonda hozirda beshta turizm qishlog‘i bor: Konigil va Bog‘i Baland, Ovjazsoy va Ertoshsoy, Sentob. 2023-yil oktabrida Sentob jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan biri deb e’lon qilindi. “Gazeta.uz” jurnalistlari Nurotada bo‘lib, bu qishloq nimalari bilan hayratga solishini o‘rganib qaytdi.

Transport vazirligining Loyiha byurosi Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasidagi transport muammolariga yechim taklif qildi
30 noyabr 2023, 19:11

Transport vazirligining Loyiha byurosi Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasidagi transport muammolariga yechim taklif qildi

Toshkent transport tizimini rivojlantirish loyiha byurosi Beshqayrag‘och, Ko‘kcha Darvoza va Qoratosh ko‘chalaridagi transport muammolariga yechim taklif qildi. Maqsad — nizoli vaziyatlarni kamaytirish, piyodalar xavfsizligini oshirish va jamoat transportiga ustuvorlik berish. Loyiha tafsilotlari — “Gazeta.uz"da.

MTRKga ajratilgan €22,5 mln miqdordagi kredit davlat budjeti hisobidan qoplanadi
30 noyabr 2023, 17:20

MTRKga ajratilgan €22,5 mln miqdordagi kredit davlat budjeti hisobidan qoplanadi

Prezident MTRKga ajratilgan kredit bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar uchun hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish, shuningdek, uni qaytarishda davlat budjeti ulushini oshirishga oid qarorni imzoladi. Dastlab 22,5 mln yevro qarzni teng taqsimlash rejalashtirilgan bo‘lsa, endi 93 foizi budjet hisobidan qoplanadi.

Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatida Palm ID to‘lash tizimi ishga tushirildi
30 noyabr 2023, 15:23

Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatida Palm ID to‘lash tizimi ishga tushirildi

Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi (Palm ID) ishga tushirildi. Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida shaxsiy ma’lumotlarni kiritish zarur.

Farg‘onada ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
30 noyabr 2023, 14:57

Farg‘onada ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

O‘zbekiston tumanida ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Deputatlar O‘zbekistonga dronlarni olib kirganlik uchun jazoni yengillashtirishni muhokama qilmoqda
30 noyabr 2023, 10:42

Deputatlar O‘zbekistonga dronlarni olib kirganlik uchun jazoni yengillashtirishni muhokama qilmoqda

Qonunchilik palatasi O‘zbekistonga dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun jazolarni yumshatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hozirda buning uchun jinoiy javobgarlik bor, lekin kelajakda birinchi ushbu huquqbuzarlik uchun faqat ma’muriy javobgarlik bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Dekabr oyida qanday ob-havo kuzatiladi?
29 noyabr 2023, 19:29

Dekabr oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda dekabr oyi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oy oxirigacha harorat kechasi −6…+8 daraja, kunduzi +2…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Toshkentda chiqindi xizmati narxi 1,5 barobarga qimmatlashadi
29 noyabr 2023, 17:54

Toshkentda chiqindi xizmati narxi 1,5 barobarga qimmatlashadi

Toshkent shahridagi aholi va tashkilotlar uchun chiqindi to‘plash va olib chiqib ketish xizmati narxi 1,5−1,6 baravarga — uyda yashovchi har bir kishi uchun oyiga 4500 so‘mdan 7500 so‘mga, budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 53 986 so‘mdan 89 966 so‘mgacha oshadi.

Toshkent markazidagi ikkita oliygoh Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkin
29 noyabr 2023, 17:35

Toshkent markazidagi ikkita oliygoh Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkin

Rasmiylar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutini Sergeli tumaniga ko‘chirish hamda ularni birlashtirish loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Kelgusida boshqa oliygohlarni ham sig‘imi va ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich kattalashtirish (birlashtirish) rejalashtirilgan.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi
29 noyabr 2023, 15:58

Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi

Qanot Sharq aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Qozog‘iston Aqto‘be aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Holatga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘ldi. Samolyot yaqin vaqt ichida yana uchib ketishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting