Shanba kuni O‘zbekistonga nam havo kirib kela boshlaydi, qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni aksariyat joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha pasayadi.
8−12-fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shayxontohur tumanida tunda Gentra haydovchisi janjal sabab bir guruh odamlarni bosib ketmoqchi bo‘ldi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda mashina oynasi tosh bilan teshilganini ko‘rish mumkin. Poytaxt YHXB holat bo‘yicha barcha fuqarolar IIBga topshirilganini bildirdi.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida fuqaro rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, 1,35 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Avvalroq birgina 2024-yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroji haqida xabar berilgandi.
Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan aktivlari, Somali bilan o‘rnatilgan diplomatik munosabatlar, Toshkentdagi ko‘chaga Otaturk nomini berish taklifi, Tojikistondagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortgan DIIHB va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Agar pensioner chet elga chiqsa va uch oy ichida O‘zbekistonga qaytmasa, pensiya to‘lovlari to‘xtatilishi xabar qilingandi. Qaytgandan so‘ng 24 oygacha bo‘lgan pensiya mablag‘ini olish mumkin. “Gazeta.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, xorijga sayohat haqidagi noto‘g‘ri ma’lumot tufayli pensionerning to‘lovlari to‘xtatib qo‘yilgan.
4−6-aprel kunlari ilk bor Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi. U har 18 oyda mahalliy va xalqaro faollar, rassom va olimlarni birlashtiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shnilar qarzi tufayli butun uy issiqlikdan uzilishi haqidagi e’lon surati tarqaldi. Veolia Energy Tashkent ma’lumotni rad etdi. Issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, issiqlik energiyasi ta’minoti faqat aniq bir qarzdorga nisbatan o‘chirilishi mumkin.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonning pestitsidlarni tahlil qilish bo‘yicha laboratoriya salohiyatini mustahkamlash tashabbusini ilgari surmoqda. Shu maqsadda o‘tkazilgan seminarda sohada kadrlarni tayyorlash va infratuzilmani takomillashtirish muhokama qilindi.
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov va Turkiya elchisi Olgan Bekar poytaxt ko‘chalaridan biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini berish, turk maktabini kengaytirish va turk bog‘i barpo etish masalalarini muhokama qildi. Otaturk ko‘chasini qayta tiklash rejalari 2022-yilda boshlangandi.
Oqdaryo tumanida Cobalt haydovchisi YPX xodimini mashina eshigida sudrab ketdi. Haydovchi qo‘lga olindi va jinoiy ish ochildi. “YPX xodimidan qochib, oxiri qamoqqacha yetib keldim”, — dedi u.
Bosh prokuratura Andijon viloyatidagi birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarining erkakning 13 yoshli qo‘shnisi bilan jinsiy aloqa qilish niyatini ma’muriy huquqbuzarlik deb topgan qarorlariga protest kiritdi. Erkak sud qarori bilan 5 sutkaga qamalgandi.
2025-yilning yanvari qish mavsumining eng sovuq oyi sifatida o‘z nomini oqlay olmadi va nisbatan iliq keldi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. Eng sovuq kechalarda harorat -14 darajagacha pasaydi. Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik, xususan, qor me’yordan kam bo‘ldi.
Qo‘qon shahrida yashirin sexda qalbaki dori vositalarini ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan umumiy qiymati qariyb 1,9 mlrd bo‘lgan dori va qadoqlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Nukus shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi va uning yordamchisi bolalarni kaltakladi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga ko‘ra, holat noyabrda bo‘lgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Quruvchilarni elektron platforma orqali tekshirish imkoniyati, faoliyati qonuniylashtirilgan 60 ming tadbirkor, Petronas vakillari bilan uchrashgan prezident, geografik ko‘rsatkichga aylangan Samarqand noni va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Bosh prokuratura departamentining 2024-yildagi tadbirlarida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 1200 dan ortiq holat aniqlandi. Ularda jami 600 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Shuningdek, tamaki aylanmasi 9 foizgacha qisqarishi natijasida aksiz solig‘i tushumi 31 foizga oshdi.
O‘zbekistonda DXX va IIV tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari davomida 112 kg giyohvandlik vositalari va 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Tadbirda 228 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka, 64 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Namangan viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi raisi o‘z yordamchisini kaltaklaganlikda gumonlanmoqda. Voqea bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
O‘zbekistondan chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmagan fuqarolarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi, deya bildirdi Pensiya jamg‘armasi. Fuqaro qaytib kelganida olinmay qolgan oylardagi mablag‘ning 24 oyligini olish huquqiga ega.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting