Jamiyat

Toshkentda 32 yoshli erkak buvisini o‘ldirib qo‘ydi
29 mart 2023, 13:21

Toshkentda 32 yoshli erkak buvisini o‘ldirib qo‘ydi

Mirobod tumanida 32 yoshli fuqaro mast holatda o‘zining 84 yoshli buvisini o‘ldirib qo‘ydi. Ayblanuvchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘zbekistonda 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi
29 mart 2023, 12:45

O‘zbekistonda 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. Shuningdek, 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi.

Uzbekistan Airways BAA va Turkiyaga parvozlar uchun bahorgi chegirmalarni boshladi
29 mart 2023, 12:30

Uzbekistan Airways BAA va Turkiyaga parvozlar uchun bahorgi chegirmalarni boshladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistondan Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga parvozlar uchun 40 foizgacha chegirmalarni e’lon qildi.

O‘zbekistonda YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat etildi
29 mart 2023, 12:12

O‘zbekistonda YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat etildi

28 maydan kuchga kiradigan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, YPX xodimlari haydovchilarning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgani holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanadi.

«Yoshlar» telekanali Qoraqalpog‘istonni viloyat sifatida ko‘rsatgani uchun uzr so‘radi
29 mart 2023, 11:49

«Yoshlar» telekanali Qoraqalpog‘istonni viloyat sifatida ko‘rsatgani uchun uzr so‘radi

«Yoshlar» telekanalida efirga uzatilgan «Biz tomonlarda» ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomi «Qoraqalpoq viloyati» tarzida namoyish etildi. Telekanal xatolik montaj jarayoni bilan bog‘liq ekanini bildirib, uzr so‘radi va «aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotganini» qo‘shimcha qildi.

Og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov jahon chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
29 mart 2023, 11:19

Og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov jahon chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov Albaniyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchta — bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Farg‘onada korxona salkam bir yildan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
29 mart 2023, 10:58

Farg‘onada korxona salkam bir yildan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Quvasoy shahridagi korxona 2022 yilning iyunidan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida davlat manfaatlariga 18 mlrd 314 mln so‘m zarar keltirdi.

Noqonuniy ushlab qolingan 27,1 mlrd so‘m foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarildi — Soliq qo‘mitasi
29 mart 2023, 10:29

Noqonuniy ushlab qolingan 27,1 mlrd so‘m foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarildi — Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi budjetdan noqonuniy undirilgan 27,1 mlrd so‘mlik foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarilishini ma’lum qildi. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hisobdan chiqarish 367 ta korxonaga ta’sir ko‘rsatdi.

Toshkentda 6 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan jazo kuchaytirildi
29 mart 2023, 09:36

Toshkentda 6 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka nisbatan jazo kuchaytirildi

Prokuror protestidan so‘ng apellyatsiya sudi avvalroq 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilib, 10 yilga qamalgan Toshkentda yashovchi erkakka nisbatan jazoni kuchaytirdi. U 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

«100 ta ovoz uchun 100 dollar». Open budget`chilar nimalarni taklif qilishmoqda? Video
28 mart 2023, 23:46

«100 ta ovoz uchun 100 dollar». Open budget`chilar nimalarni taklif qilishmoqda? Video

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» loyihasining ovoz berish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Yashash hududidagi muammolarni hal etish uchun loyiha taklif etgan aholi ko‘proq ovoz yig‘ishga harakat qilmoqda va turli usullardan foydalanmoqda. «Gazeta.uz» mazkur jarayon ishtirokchilariga mikrofon tutdi (video).

28 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 mart 2023, 22:00

28 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yana o‘rinbosarlikka qaytgan Baxtiyor Rahmonov, tadbirkorlardan noqonuniy ushlab qolingan foyda solig‘i qaytarilishi, gaz portlab, vafot etgan er-xotin va 2 nabira, yana qimmatlayotgan pomidor narxi, apreldan pensiyalar, maydan davlat xodimlari oyligi oshishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Nega Toshkentga intilamiz?
28 mart 2023, 21:00

Nega Toshkentga intilamiz?

Nega ko‘pchiligimiz Toshkentga oshiqamiz? O‘qish, ish, turli-tuman imkoniyatdan tashqari boshqa sababi ham bormi? “Gazeta.uz” shu savollarga javobni O‘zbekistonning turli hududlarida tug‘ilib-o‘sib, yashash va ish joyi sifatida poytaxtni tanlagan bir nechta kasb egalaridan so‘radi.

Toshkentda Spark piyodani bosib ketdi
28 mart 2023, 19:43

Toshkentda Spark piyodani bosib ketdi

Olmazor tumanida Spark yo‘ldan o‘tayotgan er-xotinni urib, zarbdan so‘ng yerga yiqilgan ayolni bosib ketdi. Ayol shifoxonada vafot etdi.

Termiz aeroportining xavfsizlik texnologiyalari Germaniya hisobidan yangilandi
28 mart 2023, 18:49

Termiz aeroportining xavfsizlik texnologiyalari Germaniya hisobidan yangilandi

Germaniya Qurolli Kuchlari Termiz aeroportida xavfsizlik va kuzatuv texnologiyalarini yangilash uchun 1 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi.

Qoraqalpog‘istonda shox-shabbalar yoqilishi oqibatida terak butalariga zarar yetdi
28 mart 2023, 15:54

Qoraqalpog‘istonda shox-shabbalar yoqilishi oqibatida terak butalariga zarar yetdi

Xo‘jayli tumanida fuqaro shox-shabba va o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborishi oqibatida terak butalari zararlandi. Unga nisbatan 1,5 mln so‘m jarima va tabiatga keltirgan zararni qoplash uchun 1,8 mln so‘m da’vo hisoblandi.

Buxorodagi uch kishi qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan
28 mart 2023, 15:49

Buxorodagi uch kishi qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan

Buxorodagi «Somoniylar» istirohat bog‘ida uch kishi, jumladan, yosh bola qulagan attraksiondan foydalanish taqiqlangan bo‘lgan.

Saudiya Arabistonida Makkaga ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi
28 mart 2023, 15:22

Saudiya Arabistonida Makkaga ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi

27 mart kuni Saudiya Arabistonida Makkaga ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus to‘qnashuv sabab yonib ketdi. Oqibatda 20 nafar yo‘lovchi vafot etdi, 29 kishi jarohat oldi. Ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.

O‘zbekistonga Ispaniyadan 800 mingdan ortiq doza Pfizer vaksinasi keltirildi
28 mart 2023, 13:52

O‘zbekistonga Ispaniyadan 800 mingdan ortiq doza Pfizer vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida Ispaniyadan koronavirusga qarshi yana 800 640 doza Pfizer vaksinasini qabul qilib oldi.

Adliya vazirligi qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi bo‘yicha taklifni rad etdi
28 mart 2023, 13:08

Adliya vazirligi qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi bo‘yicha taklifni rad etdi

2022 yilda DTM tomonidan qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi bo‘yicha taklif kiritilgandi. Adliya vazirligi bu taklifni «inson huquqlariga to‘g‘ri kelmagani» uchun rad etgan.

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan noqonuniy ushlab qolingan foyda solig‘ini qaytarishni buyurdi
28 mart 2023, 11:57

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan noqonuniy ushlab qolingan foyda solig‘ini qaytarishni buyurdi

Tadbirkorlarning soliq idoralari o‘z hisobvaraqlaridan foyda solig‘ini noqonuniniy ravishda ushlab qolayotgani haqidagi shikoyatlaridan so‘ng Soliq qo‘mitasi bu uchun mas’ul rahbarlarni ishdan bo‘shatib, korxonaga ortiqcha undirilgan avans to‘lovlarini tadbirkorlik subyektlariga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting