Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarovning qush ovlagani aks etgan video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarni keltirib chiqardi. Bokschi holat yuzasidan «Gazeta.uz»ga izoh berdi. «[Qushlar] Qizil kitobga kiritilmagan-ku. Odamlar gapiraveradi, e’tibor qilmanglar», — dedi sportchi.
Respublika yo‘llarida 7 kun ichida o‘lim bilan yakunlangan 11 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ularda 21 nafar odam vafot etdi, shundan 3 nafari bolalar.
DXX Navoiyda toshkentlik fuqaroning Cobalt avtomobilida 221,1 mln so‘m miqdorida qalbaki 100 ming so‘mlik pullar borligini aniqladi. Tadbir davomida jami 360,9 mln so‘mlik qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi.
«Dok-1 Maks» siropini qabul qilgan yana bir bolaning o‘limi haqidagi ma’lumot tasdiqlandi. Bu haqda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi oradan 18 kun o‘tib — xabarlar internetda paydo bo‘lganidan keyin ma’lum qildi.
Farg‘ona tumanida Nexia-2 va Damas ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning oilali ayollarga 2 soat kamroq ishlashiga sharoit yaratish haqidagi taklifi e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Ish beruvchilar va jamoatchilik vakillari bu «mehnat bozorida ayollarni kamsitilishi va ularga ish berilmasligiga sabab bo‘lishini» ta’kidlamoqda.
Nukus voqealari bo‘yicha sudda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ko‘rsatma berdi. U suddan sudlanuvchilarning jazosini qonun doirasida yengillashtirishni so‘radi.
O‘zbekiston bo‘ylab bo‘lib o‘tgan Coca-Cola yangi yil tadbirning mehmonlari va tashkilotchilari bayram nimalar bilan esda qolgani haqida so‘zlab berishdi.
O‘zgidromet «Qamchiq» va «Taxtaqoracha» dovonlarida 9−11 yanvar kunlari qor yog‘ishi, tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi hamda shamol tezligi kuchayishidan ogohlantirdi.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.
O‘zbekistonda qishki sport maktabi 2024/2025 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi. Qishki sport turlari bo‘yicha o‘quv yig‘inlari, musobaqalarni tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning bunday sport turlari bo‘yicha maktab, klub va markazlari bilan hamkorlik qilish muassasaning asosiy vazifalari sanaladi.
Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikaning yagona ma’lumotlar bazasi bo‘lgan O‘zbekistonning yangi statistik portalini (siat.stat.uz) ishga tushirdi.
G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Lacetti yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Oqibatda bir kishi voqea joyida, biri shifoxonada vafot etdi. Haydovchi va yo‘lovchi esa jarohatlar oldi.
Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan «Antiterror» tozalash tadbirlarida 18 mingdan ortiq obyekt hamda 89 ming xonadon jamoatchilik faollari bilan birga ko‘zdan kechirildi va 132 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Tijorat banklari 7 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 350 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 375 so‘m.
Sariosiyo tumanida Nexia, Spark va Gentra o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Olmali, tvorogli pirojkalar, marmar keks, «qahva donalari» pechenesi, «San-Sebastyan» shokoladli chizkeyki, kokos qirindisi qo‘shilgan tvorogli toblatma, pistalik paxlava va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali tashkil etiladi. 2023/2024 o‘quv yilidan Jizzax davlat pedagogika universitetining ayrim ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalariga o‘qishini ushbu filialda davom ettirishga ruxsat beriladi.
G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. 8 ta qutqaruv ekipaji 2,5 soat davomida yong‘inni o‘chirdi. Hodisa oqibatida majmuaning 250 kvadrat metr maydoni yondi.
Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan 16−20 yanvar kunlari Toshkent — Termiz — Toshkent va Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting