IIV yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tizimida «Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi»ni joriy etdi. Tizimdagi profilaktik ishlar sabab YIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish vaqtincha cheklanadi.
30 avgustda piyoda yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 avtomobili urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etdi. YTHni sodir etgan shaxs Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasining katta yordamchisi ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Zangiota tuman hokimligi xodimi ikki fuqaroni Qirg‘izistonda o‘qiyotgani haqidagi soxta hujjat tayyorlab, keyin o‘qishini poytaxtdagi OTMga ko‘chirib berishiga ishontirgani aytilmoqda. DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi 18 ming dollarni olganida ushlandi. Shunga o‘xshash yana ikki holat aniqlandi.
2022-yilda xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratiladi, deya ma’lum qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi. Shuningdek, soha rivoji uchun xalqaro moliya institutlaridan $300 mln jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) dasturi koordinatori Gulnoza Saidning O‘zbekistonga kirishiga rad javobi berilib, ortga — Nyu-Yorkka qaytarib yubormoqchi bo‘lishdi. Biroq Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi aralashuvi bilan uning mamlakatga kirishiga ruxsat etildi.
31 avgust tongida Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Qolaversa, davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Kechga yaqin mustaqillikning 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Prezident qarori bilan “Saxovat” va “Muruvvat” uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati DBQga biriktiriladi. Yuklatilgan vazifalar qo‘mitaning maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zgidrometning ma’lumot berishicha, 2−4 sentabr kunlari havo harorati shimoliy va markaziy viloyatlarda +39 darajagacha, janubiy viloyatlarida esa +40 darajagacha issiq bo‘ladi.
Chet el fuqarolarini mukofotlagan prezident, Samarqandda 19 sentabrdan boshlanadigan darslar, Yoshlar telekanalida «blur» qilib ko‘rsatilgan Ukraina bayrog‘i, Nukus voqealaridan so‘ng ozodlikka chiqarilgan 24 nafar fuqaro, 1 sentabrgacha to‘lab beriladigan pensiya va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 10 nafar fuqaroning qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi. Avvalroq 24 kishining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgani xabar qilingan edi.
Toshkentning Chilonzor tumanida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. U hujjatlari yo‘qligi hamda belgilanmagan joyda qayrilib olgani uchun uni to‘xtatgan YHXBB xodimlaridan yashirinishga uringanini aytdi.
Surxondaryo YHXBga tegishli 75 424 VSF hamda 75 701 VSF raqamli ikkita «Lacetti» mashinasi jami 83 marta qoida buzgani, biroq jarima undirilmagani ma’lum bo‘ldi. Viloyat prokuraturasi haydovchilar qoidalarni xizmat davomida «oxirgi zarurat holatida buzgani» sababli jarimalar bekor qilinganini qayd etdi.
Poytaxtdagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi kutubxona rasman ochildi. 70 mingdan ortiq kitob va 10 mingdan ziyod jurnalni jamlagan kutubxonada olim va tarixchilarning birinchi prezident haqidagi qo‘lyozmalari ham mavjud. Barchani 5 sentabrdan qabul qiladigan maskandan «Gazeta.uz» fotoreportaji.
«Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» ko‘rsatuvida Real Madrid jamoasi nomi yonidagi Ukraina bayrog‘i xiralashtirib ko‘rsatildi. Buni montajchi xato qo‘yilgan deb o‘ylagan va o‘zboshimchalik bilan berkitgan, deya tushuntirdi telekanal rahbariyati. Montajchi va mas’ul muharrir jazolangani aytilmoqda.
IIV OIV/OITS bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilashni taklif qilmoqda. «Xavfli guruh» qatoridagilar va ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslar ushbu toifaga kirishi mumkin.
Travel World Group va Asialuxe Travel kompaniyalari Chexiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar amalga oshirishda, mehmonxona topish va viza olishga yordam beradi.
Davlat test markazi 2022−2023 o‘quv yili uchun 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilganini ma’lum qildi. Xususan, 39 962 nafari davlat granti, 150 413 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. OTMga qabul qilinganlarning 13 mingdan ko‘prog‘i imtiyozga ega nomzodlar hisoblanadi.
Prezident O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun bir guruh ozarbayjonliklarni taqdirladi. Ulardan biriga «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni, qolgan uch nafariga esa «Do‘stlik» ordeni berildi.
Pensiya jamg‘armasi mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) oyning birinchi sanasigacha plastik kartalarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Naqd shaklda oluvchi fuqarolarga esa 5-sentabrdan boshlab nafaqa pullari yetkazib beriladi.
Prezident taklifiga ko‘ra, Toshkentdan Xivaga qatnovchi tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomi beriladi. U 2024 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting