Jamiyat

Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
29 noyabr 2024, 09:15

Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi

Buxoro viloyati Kogon tumanida issiqxona mas’ullari gaz quvuriga yashirincha ulanib, 8,85 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Daliliy ashyolar va hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Toshkent aeroportida aldov orqali 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi
29 noyabr 2024, 09:10

Toshkent aeroportida aldov orqali 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 22 yoshli ayol o‘ziga tanish qizga mo‘may daromadli ish topib berishni va’da qilib, Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
29 noyabr 2024, 03:53

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida oraliq masofaga amal qilmaslik oqibatida 5 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. YTHda hech kim jarohat olmadi.

28-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
28 noyabr 2024, 23:43

28-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Foydalanuvchidagi plastik kartalar sonini cheklash rejasi, Samarqand hokimligidan ketgan Erkinjon Turdimov, O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilishga yordam beradigan turkiyalik mutaxassislar, prezidentning diniy ma’rifatga oid yig‘ilishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi
28 noyabr 2024, 19:52

Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi

Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari — ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi.

Prezident radikallashuvga qarshi kurash va diniy ma’rifatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkazdi
28 noyabr 2024, 18:56 1

Prezident radikallashuvga qarshi kurash va diniy ma’rifatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident yig‘ilishida internetdagi radikal g‘oyalar O‘zbekiston aholisining zaif qatlamlari, jumladan, yoshlarni noqonuniy guruhlar ta’siriga tortayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni bilim va mehnatga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eski ToshMI va sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi
28 noyabr 2024, 18:00

Eski ToshMI va sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi

Toshkentda eski ToshMI oldidagi murakkab yo‘l uzeli qayta tashkil etilmoqda. Bu yerda transport oqimi bo‘linadi, qayrilib olish qismlari qayta ko‘rib chiqiladi. Rekonstruksiya ishlari sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahani ham qamrab oladi. Pudratchi — China State Construction.

Buxorodagi xonadonda gaz portlashi ortidan er-xotin vafot etdi, ularning 2 qizi jarohatlandi
28 noyabr 2024, 17:24

Buxorodagi xonadonda gaz portlashi ortidan er-xotin vafot etdi, ularning 2 qizi jarohatlandi

Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi xonadonlardan birida gaz portladi. Undan oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati oldi. Xususan, ota va ona voqea oqibatida vafot etdi, 2 nafar voyaga yetmagan qiz shifoxonada.

“Prezidentga pochta yetkazishni orzu qilaman”. 40 yildan beri pochtalyonlik qiluvchi Ro‘zixon Ochilov hikoyasi
28 noyabr 2024, 17:19

“Prezidentga pochta yetkazishni orzu qilaman”. 40 yildan beri pochtalyonlik qiluvchi Ro‘zixon Ochilov hikoyasi

Asli jarqo‘rg‘onlik Ro‘zixon Ochilov hayotini pochtaga bag‘ishlagan. 58 yoshli pochtachi har kuni 100 chaqirimdan ortiq masofa bosib, cho‘ldagi shahar aholisiga davriy nashrlar, xatlar va jo‘natmalarni yetkazadi. “Gazeta.uz” eng ko‘hna kasblardan birining quvonchlari, qiyinchiliklari va taqdiri haqida hikoya qiladi.

O‘zbekistonda “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda
28 noyabr 2024, 17:05

O‘zbekistonda “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish maqsadida “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda.

Odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
28 noyabr 2024, 17:01

Odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosida ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol ushlandi. U Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, avtomobillarning emas — Erkinjon Turdimov
28 noyabr 2024, 15:08

Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, avtomobillarning emas — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyati sobiq hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ketishidan 2 kun avvalgi yig‘ilishida Samarqand shahrini avtomobillar shahridan odamlar shahriga aylantirishni ta’kidladi. “Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak. Norozi bo‘lsa bo‘lsin mashina egalari”, — dedi Turdimov.

Toshkent viloyatida oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi
28 noyabr 2024, 14:31

Toshkent viloyatida oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi

Sud bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan va ularni uyi bilan birga yoqib yuborgan 29 yoshli erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U Jinoyat kodeksining besh moddasi, jumladan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish va bosqinchilik bo‘yicha aybdor deb topildi.

Juma kunidan havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
28 noyabr 2024, 13:01

Juma kunidan havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Juma kunidan boshlab O‘zbekistonda havo harorat pasaya boshlaydi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda u qorga aylanishi mumkin. Kechalari harorat −8…+2, kunduz kunlari −2…+8 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Turkiyalik 7 nafar mutaxassis O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilishga yordam beradi
28 noyabr 2024, 11:16

Turkiyalik 7 nafar mutaxassis O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilishga yordam beradi

SSV O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini tibbiy sug‘urta, farmatsevtika va tez tibbiy yordam kabi yettita asosiy yo‘nalishda o‘zgartirishga yordam berishi kerak bo‘lgan yetti nafar turkiyalik mutaxassisni jalb qildi. Hozir ular barcha darajadagi tibbiyot muassasalarini o‘rganmoqda va hududlarga safar uyushtirmoqda.

Haydovchi tartibga solinmagan o‘tish joyida piyodani urib yuborgani uchun 5 yilga manzil-koloniyaga hukm qilindi
28 noyabr 2024, 10:40

Haydovchi tartibga solinmagan o‘tish joyida piyodani urib yuborgani uchun 5 yilga manzil-koloniyaga hukm qilindi

May oyida Spark Toshkentning Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi tartibsiz o‘tish joyida ayolni urib yuborgandi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Sud haydovchini 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo manzil-koloniyada o‘taladi. Ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish joylari hamon xavfsizlik talablariga javob bermaydi.

O‘zbekistonda qariyb 11 oyda 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
28 noyabr 2024, 10:21

O‘zbekistonda qariyb 11 oyda 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holatlarning aksariyati Farg‘ona, Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz to‘planganda avtomatik to‘xtatadigan yoki ovozli xabar beradigan uskunalarni o‘rnatishni tavsiya etmoqda.

Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilmoqda
28 noyabr 2024, 09:52

Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilmoqda

Samarqand shahrida tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin. Hozirda bu uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilinmoqda.

27-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 noyabr 2024, 23:18

27-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun Rossiya elektropoyezdlari, investitsiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilish, havoni ifloslantiruvchi manbalarni monitoring qilish tartibi, Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi sulh va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Biz uni eslaymiz, faqat endi o‘zini istamaymiz. Unga qaytish yo‘qdir!” — Turkiston muxtoriyati haqidagi kitoblardan parchalar
27 noyabr 2024, 20:09

“Biz uni eslaymiz, faqat endi o‘zini istamaymiz. Unga qaytish yo‘qdir!” — Turkiston muxtoriyati haqidagi kitoblardan parchalar

Bundan 107 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Atigi 72 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u mintaqadagi ilk demokratik hukumat sifatida tarixda qolgan. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan so‘nggi yillarda Turkiston muxtoriyati mavzusida chop etilgan kitoblardan parchalar yig‘di.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting