Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ning Angor tumani xizmat ko‘rsatish markazi tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzgan deb topdi va bankka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llashga qaror qildi.
“Yuksalish” harakati va viloyat qon quyish markazlari 19−25-fevralda “Biz donormiz!” aksiyasini o‘tkazadi. O‘tgan yili bu onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar va YTHda jabrlanganlar uchun zarur bo‘lgan 700 litr qon to‘plash imkonini bergan. Qay tarzda donor bo‘lish mumkinligini eslaymiz.
Buxoroda trassa rekonstruksiyasi uchun 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilmoqda. Internetda daraxtlar kovlab olingani aks etgan videolar paydo bo‘ldi. Rasmiylar bu ekome’yorlarga muvofiq amalga oshirilayotganini aytdi. Daraxtlarni ko‘chirish 2023-yil iyulida rejalashtirilgandi, ammo o‘shanda Ekovazirlik qarshi chiqqan.
Toshkentda “peshexod”da mashina urib ketgan ayol, YHXB xabar qilganidek, yolg‘iz emas, o‘g‘li va qizi bilan birga bo‘lgan. Ona va qiz reanimatsiyada. Hokimlik va YHXB tanqidlarga javob bermadi. Sohada qonunlarni qo‘llash masalasi savollar tug‘diradi: hatto og‘ir ishlarning ham deyarli yarmi yarashuv bilan yakunlanmoqda.
Navoiy va Shahrisabz mos ravishda Turkiyaning Zeytinburnu va Pendik hududlari bilan birodarlik maqomini oldi. Shartnomalar O‘zbekiston hokimlarining Turkiyadagi malaka oshirishi doirasida imzolangan. Ushbu tashrif doirasida Samarqand va Konya o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatilgandi.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan 6 ta mahallada “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi. Ular bosilganda Milliy gvardiya xodimlari voqea joyiga 4−6 daqiqa ichida yetib keladi. Tugmani kim bosganini ko‘rish uchun uskunaga videokamera ham o‘rnatilgan.
Narpay tumanida ayol o‘z kelinini telefon zaryadlovchi shnur bilan bo‘g‘ib, keyin pichoq va qaychida jarohat yetkazib o‘ldirgan. U 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ayol farzandini 3 yoshligida bolalar uyiga tashlab ketgan, yillar o‘tib yashashga joyi yo‘qligi vaji bilan farzandi yoniga qaytgan bo‘lgan.
Sirdaryo tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 5,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi tomonidan 19 bosh xizmat iti maxsus nishon bilan taqdirlandi. Ularning yordami tufayli bir yilda 337 kg giyohvandlik vositalari, 55 mingga yaqin kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 11 dona qurol, valyuta, tamaki va boshqa tovarlar aniqlandi. Foto.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani, bu esa talabalarga Yaponiyada amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyatini taqdim etishini ma’lum qildi.
Ichimlik va oqova suv uchun respublika bo‘yicha yagona narx joriy qilinishi kutilmoqda. “Bu ijtimoiy va geosiyosiy, qolaversa, texnik jihatdan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Yaqin kelajakda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazib, so‘ng yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi”, — dedi “O‘zsuvta’minot” rasmiysi.
O‘zbekistonda endi foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani hisoblashda yakshanba kunlari hisobga olinmaydi. O‘zgarish ishdan bo‘shash yoki ta’tilning bir qismini kompensatsiyaga almashtirish holatida to‘lovlar kamayishiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, to‘lanmaydigan ta’tillar bo‘yicha ham o‘zgartirishlar kiritildi.
Turkiya Migratsiya boshqarmasi mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) tartibini bekor qildi. Bunga sabab deya ayrim xorijliklarning tartibni suiiste’mol qilgani aytilmoqda. Shartli kirish o‘zi nima? Yangi tartib qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” tushuntiradi.
Samarqandda elektr va gaz ta’minoti korxonalarining korrupsion jinoyatlarda ayblangan 7 nafar xodimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ilish paytida qo‘lga olindi va hamkasblari ko‘z o‘ngida kishanlanib, zaldan olib chiqib ketildi. Yig‘ilishni bosh prokuror o‘rinbosari Shohruh Aminov olib bordi.
Doktorantura islohoti na tizimni yaxshilay oldi, na ilmiy kadrlar sifatini oshirdi, lekin ilmiy daraja olishning g‘irrom usullari paydo bo‘lishi va past sifatli jurnallarda maqolalar chop etishga olib keldi. Higher Education Policy jurnalida O‘zbekistondagi bu soha muammolariga bag‘ishlangan tadqiqot chiqdi.
Toshkent markazidagi ko‘chada tartibga solinmagan o‘tish joyida yana piyoda urib ketildi. YHXB buning sababi “haydovchining e’tiborsizligi” ekanini aytib, noto‘g‘ri tashkil etilgan o‘tish joyi haqida lom-mim demadi. Og‘ir yo‘l-transport hodisalari uchun mas’ul shaxslar qachon javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi?
O‘zbekistondagi ilk xalqaro universitet 2025−2026 o‘quv yili uchun qabulni boshladi. Abituriyentlar uchun ta’lim to‘lovining 100 foizini qoplovchi grant dasturi taklif etiladi.
O‘zbekistonda hafta davomida aksariyat hududlarda quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduz kunlari +15…+20 darajagacha ko‘tariladi, kechalari +3…+8 daraja atrofida bo‘ladi.
Samarqand viloyatida Namangandan iste’molga yaroqsiz 2 tonna go‘sht olib kelayotgan yuk mashinasi aniqlandi. Mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
O‘zbekictonda joriy hafta iliq va quruqroq o‘tadi — payshanba-shanba kunlari ayrim hududlarda havo harorati +20 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Hafta boshida ba’zi joylarda biroz, yakshanba kuni esa aksariyat viloyatlarda yaxshigina yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilyapti.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting