Jamiyat

Endi davlat tashkilotlariga ishga kirishda pasport, mehnat va pensiya daftarchasi talab qilinmaydi
14 fevral 2025, 11:53

Endi davlat tashkilotlariga ishga kirishda pasport, mehnat va pensiya daftarchasi talab qilinmaydi

Davlat tashkilotlari endilikda fuqarodan ishga kirishda pasport, mehnat va pensiya daftarchasi talab qilmaydi. Qabul qiluvchi ularni axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali o‘zi oladi. Hujjat bilan homiladorligi yoki farzandi borligi sabab xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlanmoqda.

Farg‘onada o‘g‘rilikka tushib, xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi
14 fevral 2025, 11:34

Farg‘onada o‘g‘rilikka tushib, xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona shahrida onlayn qimor sabab qarzga botgan yigit qo‘shni mahalladagi xonadonga o‘g‘rilikka tushib, ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Sud uni 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Yakshanba kuni hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
14 fevral 2025, 11:27

Yakshanba kuni hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +3…+6 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Baland binolar poydevori va metro tunnellari yerosti suvlaridan qanday himoya qiladi?
14 fevral 2025, 11:00

Baland binolar poydevori va metro tunnellari yerosti suvlaridan qanday himoya qiladi?

TEXNONIKOL mutaxassisi Aleksey Sibenkoning ma’lum qilishicha, PVX membranalari yuqori sifatli gidroizolyatsiya uskunalari sifatida samarali himoyani ta’minlaydi.

“Naqd puldagi to‘lovlarning bazada qayd etilishiga kafolat bermaymiz” — “O‘zsuvta’minot”
14 fevral 2025, 10:47

“Naqd puldagi to‘lovlarning bazada qayd etilishiga kafolat bermaymiz” — “O‘zsuvta’minot”

2024-yil 1-dekabrdan ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat elektron shaklda amalga oshirish tartibi joriy etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, nazoratchilarning uyma-uy yurib, to‘lovlarni yig‘ish va qarzdorlik qog‘ozlarini tarqatish jarayonlari to‘liq to‘xtatilgan.

13-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
13 fevral 2025, 23:49

13-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

YI — Markaziy Osiyo sammitining o‘tkazilish sanalari, ilk bor 13 000 so‘mdan oshgan dollar kursi, 1 ta kitob o‘qigan mahkum jazo muddatini 3 kunga kamaytirish taklifi, yarmidan ko‘pi ortiqcha vazndan aziyat chekadigan o‘zbekistonliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi
13 fevral 2025, 23:24

Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi

Samarqand shahrida mebel sexida noqonuniy mayning bilan shug‘ullangan shaxslar elektr ta’minotiga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonning har bir tuman va shahrida kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
13 fevral 2025, 23:13

O‘zbekistonning har bir tuman va shahrida kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2025-yildan har bir tuman va shaharda inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan maktablar tashkil etiladi. “Raqamli kutubxona” tizimining kitoblarga buyurtma berish moduli joriy etiladi. Bog‘cha mavjud bo‘lmagan hududlarda muqobil shakl — mobil guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Pensiyani avtomatik — arizasiz tayinlash rejalashtirilmoqda
13 fevral 2025, 21:53

Pensiyani avtomatik — arizasiz tayinlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda fuqarolar pensiya yoshiga yetganda ariza topshirishi shart bo‘lmaydigan proaktiv pensiya tizimiga o‘tiladi. Deputatlar tegishli qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Tizimni 1-martdan ishga tushirish rejalashtirilgan.

Foto: Buyuk Ipak yo‘li metrosida hojatxona ochildi
13 fevral 2025, 20:57

Foto: Buyuk Ipak yo‘li metrosida hojatxona ochildi

Toshkent metrosining Buyuk Ipak yo‘li bekatida jamoat hojatxonasi hamda onalar va bolalar xonasi ochildi. Xizmatdan foydalanish narxi — 3 ming so‘m. Metropoliten yana 3 ta bekatda qurilish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Toshkentda 2024-yilda rasman 1280 ta YTH qayd etildi. Avariyalar oqibatida 91 kishi vafot etdi
13 fevral 2025, 18:08

Toshkentda 2024-yilda rasman 1280 ta YTH qayd etildi. Avariyalar oqibatida 91 kishi vafot etdi

Poytaxtda 2024-yilda 1280 avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda mingdan ortiq odam jarohatlandi, 91 kishi vafot etdi. YHXB avariyaning o‘choq nuqtalarini aniqlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha ishlar olib boradi.

Hududlardagi 310 ta sport maktabi milliy terma jamoalarning “seleksiya bazasi”ga aylanadi
13 fevral 2025, 17:18

Hududlardagi 310 ta sport maktabi milliy terma jamoalarning “seleksiya bazasi”ga aylanadi

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun joylardagi 310 ta sport maktablari milliy terma jamoalarning “seleksiya bazasi”ga aylanadi. Mutasaddilarga har bir maktab bo‘yicha aniq maqsadlarni belgilab, uch yillik dastur qilish topshirildi.

Logicbase PVX membranasining gidroizolyatsiyasi seysmikligi 9 ballgacha bo‘lgan zonalarda qo‘llanishi mumkin
13 fevral 2025, 17:00

Logicbase PVX membranasining gidroizolyatsiyasi seysmikligi 9 ballgacha bo‘lgan zonalarda qo‘llanishi mumkin

O‘ziga xos elastiklik va mustahkamlik xususiyatlari tufayli “ТЕХНОНИКОЛЬ” kompaniyasining Logicbase PVX membranalari seysmikligi 9 ballgacha bo‘lgan hududlarda ham binolarning yerosti qismlarini muvaffaqiyatli himoya qila oladi.

Andijonda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirdi
13 fevral 2025, 16:17

Andijonda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Oltinko‘l tumanida ayol sha’riy nikohdagi eri tomonidan pichoqlanishi oqibatida vafot etdi. Erkak protsessual tartibda ushlanib qamoqqa olindi.

O‘zbekiston aholisining 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida esa qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor
13 fevral 2025, 16:15

O‘zbekiston aholisining 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida esa qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor

O‘zbekistonliklarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida esa qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor. Shuningdek, aholining 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan. Shu bois, “Sog‘lom inson — sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi.

Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi
13 fevral 2025, 15:30

Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi

Toshkent va Navoiy viloyatlarining aksariyat tuman-shaharlarida maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun tariflar oshirildi. Ta’kidlanishicha, majburiy yagona tariflar xizmatlar sifatini oshirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti
13 fevral 2025, 15:05

Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti

Jomboyda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darilishi oqibatida 22 nafar ayol jabrlandi, deya xabar berdi Milliy telekanali. Biroq bir kun oldin YHXB bu ma’lumotni yashirib, faqat bir kishi halok bo‘lganini ta’kidlagan. Shifoxona marhum ayol kishi bo‘lganini bildirdi. FVV hodisa bo‘yicha munosabat bildirmadi.

Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi
13 fevral 2025, 15:01

Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi

Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari o‘tkazib boriladi. Ularga nogironligi bo‘lgan shaxslar keng jalb etiladi. Shu bilan birga, mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.

O‘zbekistonda 1 ta kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartirilishi mumkin
13 fevral 2025, 14:28 1

O‘zbekistonda 1 ta kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartirilishi mumkin

O‘zbekistonda endi mahkumlar 1 ta kitob o‘qish orqali o‘tayotgan jazo muddatini 3 kunga qisqartirishi mumkin bo‘ladi. Bu uchun mahkum o‘qigan kitobi bo‘yicha imtihon topshirishi kerak bo‘ladi. Tegishli qonun deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

MOQning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi. Ularga viloyat hokimlari rahbar bo‘ladi
13 fevral 2025, 14:14

MOQning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi. Ularga viloyat hokimlari rahbar bo‘ladi

Prezident Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limlarini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu bo‘limlarga viloyat hokimlari rahbarlik qilishi belgilandi. Shuningdek, sportchilarni kelgusi Olimpiadaga tayyorlash uchun zarur sharoit va infratuzilmaga 300 mlrd so‘m ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting