Jamiyat

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13 may 2024, 13:33

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Sherobod tumanida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 59 yoshli haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi. Tarmoqlarda YTHga yo‘ldagi chuqurlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi
13 may 2024, 12:00

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi

13-may soat 11:44 da Qirg‘izistonda magnitudasi 3,9 ga teng bo‘lgan zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida ham sezildi.

2024-yilning ilk 3 oyida O‘zbekistonga 1,5 mln sayyoh keldi
13 may 2024, 11:46

2024-yilning ilk 3 oyida O‘zbekistonga 1,5 mln sayyoh keldi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 1 mln 519,3 ming nafar sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2,1 foizga yuqori. Keluvchilarning eng ko‘pi Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolaridir.

Hafta o‘rtalarida havo 33−36 darajagacha isiydi
13 may 2024, 11:11

Hafta o‘rtalarida havo 33−36 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida havo harorati ko‘tarilib, 33−36 darajagacha, janubiy va cho‘l hududalardagi ayrim joylarda 38 darajagacha issiq bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat 25−30 darajagacha pasayadi.

Xorazmda 72 yoshli erkak xotinini bolta bilan chopib o‘ldirdi
13 may 2024, 11:01

Xorazmda 72 yoshli erkak xotinini bolta bilan chopib o‘ldirdi

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotini bilan uni sehr-jodu qilganlikda ayblab, janjallashgan. Janjal vaqtida erkak xonada turgan bolta bilan xotiniga 17 marotaba zarba bergan. Ayol voqea joyida vafot etgan. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Telegram`da havola yuborish orqali bank kartalaridan pul o‘g‘irlab kelgan yigit ushlandi
13 may 2024, 10:00

Telegram`da havola yuborish orqali bank kartalaridan pul o‘g‘irlab kelgan yigit ushlandi

Toshkentda fuqaroning bank kartasidan 11,7 mln so‘m pul o‘g‘irlandi. Aniqlanishicha, bu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit sodir etgan. U boshqalarga Telegram orqali turli havolalar jo‘natib, ularning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va pul yechish bilan shug‘ullanib kelgan.

Namanganda 7 yoshli qizga qilingan jinsiy zo‘ravonlik ishi qayta malakalanib, erkak qamoqqa olindi
11 may 2024, 23:46

Namanganda 7 yoshli qizga qilingan jinsiy zo‘ravonlik ishi qayta malakalanib, erkak qamoqqa olindi

Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkakning 7 yoshli qizga nisbatan qilgan harakatlari qayta malakalandi va erkak jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirish moddasi yuzasidan qamoqqa olindi. Uning yana boshqa bir qizga nisbatan ham shunday harakatlar qilgani haqidagi xabarlar o‘rganilmoqda.

Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi
11 may 2024, 17:04

Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Malibu 45 yoshli piyodani urib yubordi. Erkak hodisa joyida vafot etdi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi
11 may 2024, 15:23

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi

O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish takomillashtiriladi: himoya orderisiz ham ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatiladi, vaqtinchalik shelter va 24/7 ishlovchi birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi, zo‘ravonlik qilganlar reyestri yuritiladi. Batafsil.

Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida 32 yil avval qabul qilingan qaror o‘z kuchini yo‘qotadi
11 may 2024, 11:58

Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida 32 yil avval qabul qilingan qaror o‘z kuchini yo‘qotadi

1992-yilda qabul qilingan “Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida”gi hukumat qarori 1-sentabrda o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan bekor qilinayotgan 493 ta qarordan birida nazarda tutilgan. 32 yil avval qabul qilingan hujjatda aeroport poytaxtdan 45 km uzoqqa ko‘chirilishi belgilangandi.

O‘zbekiston va Qatar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi
11 may 2024, 11:20

O‘zbekiston va Qatar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

Elchi Ashraf Xodjayev Qatar ta’lim vaziri Busaina bint Ali An-Nuaymiy bilan uchrashdi. Ular Qatar universitetlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar ajratish, ikki davlat maktab va OTMlari o‘rtasida almashinuv, qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish kabi masalalarni muhokama qildi.

Toshkent viloyatida 26 yoshli muhandis tok urishidan halok bo‘ldi
11 may 2024, 11:07

Toshkent viloyatida 26 yoshli muhandis tok urishidan halok bo‘ldi

Qibray tumanining Universitet va Salar ko‘chalari chorrahasidagi ustunga radar o‘rnatayotgan muhandisni tok urdi. 26 yoshli yigitning vafoti yuzasidan maxsus komissiya tuzildi.

O‘zbekistonning ikkita nominatsiyasi YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi
11 may 2024, 00:22

O‘zbekistonning ikkita nominatsiyasi YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan “Turkiston albomi (1871−1872)” va “Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari (1879−1937)” YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi.

10-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
10 may 2024, 22:43

10-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Viloyatlarda yuz bergan toshqinlar, issiqxona xo‘jaliklari uchun imtiyozlar, ipak olishning Xitoy tajribasi, bog‘cha to‘lovi oshirilganining sabablari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklandi
10 may 2024, 21:39

Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimi kaltaklandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berdi — video
10 may 2024, 21:29

O‘zbekiston viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berdi — video

10-may kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel-suv toshqinlari yuz berdi. Avtomobil yo‘llari, ekin maydonlarini suv bosdi, daraxtlar quladi. Jala tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. “Gazeta.uz” yog‘ingarchilik va u yetkazgan talafot aks etgan videolarni havola etadi.

3 yildan beri oshmagandi — Maktabgacha ta’lim agentligi bog‘cha to‘lovi oshgani haqida
10 may 2024, 17:30

3 yildan beri oshmagandi — Maktabgacha ta’lim agentligi bog‘cha to‘lovi oshgani haqida

Maktabgacha ta’lim agentligi davlat bog‘chalarida to‘lovlar oshirilayotganini izohlab, tariflar 3 yildan beri o‘zgarmagani, shu bilan bir vaqtda, oziq-ovqat, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlar oshganini ta’kidladi. Bundan ovqatlantirishning sifatini yaxshilash ham maqsad qilingan, deydi agentlik vakili.

Toshkentda Honor of Kings bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi
10 may 2024, 17:00

Toshkentda Honor of Kings bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

5-may kuni Next savdo markazida Honor of Kings kibersport yo‘nalishi bo‘yicha turnir finali bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqaning barcha ishtirokchilariga yangi Infinix Note 40 Pro smartfonlari sovg‘a qilindi.

Samarqandda 15 yoshli qiz ona bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10 may 2024, 15:20

Samarqandda 15 yoshli qiz ona bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toyloq tumanida 15 yoshli qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 18 yoshli yigitdan farzand ko‘rdi. Holat yuzasidan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda ipak olishning muqobil — Xitoy tajribasiga asoslangan usuli yo‘lga qo‘yiladi
10 may 2024, 14:50

O‘zbekistonda ipak olishning muqobil — Xitoy tajribasiga asoslangan usuli yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Xitoyda bo‘lgani kabi kanakunjut qurtini parvarishlab, undan ipak olish usuli yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, sinov ishlarini boshlashni topshirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting