Iqtisodiyot va moliya vazirligi mart va avgust oylaridan ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik bu boradagi ma’lumotlar rasmiy manbalar orqali e’lon qilinishini eslatib o‘tdi.
Jomboy tumanida 11-sinf o‘quvchisi Lacetti boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Oqibatda o‘smir og‘ir jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi.
Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda pedagogni haqoratlab, unga nisbatan kuch ishlatgan o‘quvchining onasi sud hukmi bilan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan va huquqbuzarlik paytida harakatlariga javob berolmagan.
Avtomobillarga gaz balloni o‘rnatish uchun ruxsatnomani endilikda onlayn olish mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi. Xizmat narxi — 112 500 so‘m.
Xonanda, Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva 20 yoshga to‘lmay, kasallik tufayli vafot etdi. “Shaolin jang san’atini o‘rgangan. Rus, xitoy, ingliz tillarini mukammal bilardi. Kinolarda rol ham ijro etgan”, — deb eslamoqda uni taniganlar. U namanganlik tadbirkor Bahodir Abdullayevning qizidir.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Xitoy fuqarolari Milliy bog‘da “miting” o‘tkazgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu Huawei xodimlarining an’anaviy yugurish aksiyasi edi, deb xabar berdi IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov. Vazirlik vakili idora va tashkilotlarni bundan o‘rnak olishga chaqirdi.
“O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, aholini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash imkonsiz. Ammo 2035-yilgacha bu ko‘rsatkichni 95 foizga yetkazish reja qilingan. “Qolgan 5 foizi olis va tog‘li, tarmoq tortish ishlari texnik va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan hududlarga to‘g‘ri keladi”, — dedi tashkilot vakili.
Toshkent tumanida 17 yoshli bola o‘zidan 1 yosh katta tanishini bolalar maydonchasida pichoqladi. Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.
Olmazor tumanida 26 yoshli erkak voyaga yetmagan qizni mehmonxonaga olib borib, shilqimlik qilgan. Buning oqibatida u qizga yengil tan jarohati yetkazgan. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Tovada pishiriladigan kartoshka va pishloqli non, pishloqli blinchiklar, ajarcha hachapuri va pishloqli pishiriqlarning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Xorazmning Bog‘ot tumanida Damas bir yo‘nalishdagi velosipedchini urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani tegishli hujjatsiz boshqargan.
Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi yakunlari, biznes muhitiga nisbatan kamroq optimist tadbirkorlar, metan zapravkalarga gazni vaqtincha cheklash chorasi, AQShdan Panamaga deportatsiya qilingan o‘zbekistonlik migrantlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent viloyati Bekobod shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 11,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shohobchasi egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi uyda 18−25 yosh oralig‘idagi 7 nafar yigit Telegram messenjerida milliarder Alisher Usmonov nomidan soxta “aksiya” tashkillashtirib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirib kelgani aniqlandi.
Yoshlar sanoat zonalarida bino oladigan yosh tadbirkorlarga uskunalar sotib olish uchun 500 ming dollargacha imtiyozli kredit ajratiladi. Mamlakat hududlarida ijodiy sanoat parklari paydo bo‘ladi. “Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yosh jalb etiladi.
Kam ta’minlangan oila farzandlariga ta’lim uchun foizsiz kredit beriladi va ta’lim xarajatlarining bir qismi qoplanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi iqtidorli talabalarni xorijga yuborish loyihasi ham yo‘lga qo‘yiladi. Bularning barchasini ta’lim orqali qashshoqlikni kamaytirish maqsadi birlashtiradi.
AQSh Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistondan kelgan 119 migrantni Panamaga deportatsiyaladi. Chegarani noqonuniy kesib o‘tgach hibsga olingan ushbu muhojirlar vatanlariga yuboriladi. AQSh elchixonasi xodimining “Gazeta.uz”ga bildirishicha, Tramp hokimiyatga kelgach, davlatlar bu sa’y-harakatlarni kuchaytirgan.
Yil davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylardagi 452 ta eskirgan lift almashtiriladi — bu foydalanish muddati allaqachon tugagan liftlarning 22 foizidan biroz ko‘proq. Xavfsizlik darajasi past va xizmat muddati allaqachon 25 yildan oshgan qurilmalarga ustuvorlik beriladi.
Prezident yoshlar o‘rtasidagi yuqori ishsizlikning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirdi. Bu muammoni hal qilish uchun ishsizlikka qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi. Mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming kishini daromadli qilishi reja qilinmoqda.
Sirdaryo tumanidagi maktablardan birida o‘quvchining onasi pedagogni haqoratlab, unga nisbatan kuch ishlatdi. Keyinroq ayol uzr so‘rab chiqdi, unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting