Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
“Antistrumin” preparati bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida 3 nafar shifokor ayolning hibsga olingani haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishi tergovning xolis va obyektiv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Yaponiya hukumati Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga qariyb 100 ming dollarlik ultratovush tekshiruvi apparati sovg‘a qildi.
Bundan 106 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan O‘zbekiston tarixining ushbu muhim bosqichi haqida test tayyorladi.
Toshkent hayvonot bog‘iga Janubiy Afrikadan 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher olib kelindi. 2022-yilning avgust oyida u yerdagi Alatau laqabli jirafa nobud bo‘lgandi.
Namanganda uch nafar tibbiyot xodimi bolalarning yoddan zaharlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi ehtiyot chorasini yengilrog‘iga o‘zgartirishni so‘rab, prezidentga xat yo‘lladi.
Nukuslik fotosuratchi Azamat Matkarimov ish bilan tez-tez Urganchga boradi. Bu safarlarida u qishloq manzaralari yil davomida qanday o‘zgarishini kuzatadi. Fasllar almashinuvi sholizorlarda ayniqsa yorqin aks etadi. Uning suratlari, masalan, bir lagan palov ortida qancha mehnat yotgani haqida hikoya qiladi.
ITicket.uz Toshkentdagi Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan san’atkor Jah Khalib`ning konsertiga ko‘pchilik uchinchi shaxs yoki saytlardan qalbaki chiptalar sotib olgani uchun kira olmaganini ma’lum qildi. Chiptalarni rasmiy manbalar orqali sotib olganlarga pul qaytariladi, dedi kompaniya.
Buloqboshi tumanidagi konda 46 yoshli erkakning ustiga tosh yumalab, bosib qoldi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi.
Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev chiqindi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarini 15 sutkaga qamatishga uringani xabar qilindi. Hokimlik esa buni rad etib, tadbirkorga chiqindilar o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinmagani va shaharni obodonlashtirish qoidalari buzilgani uchun jarima qo‘llanganini bildirdi.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi DV-2023 (Grin kard) dasturi orqali immigratsion vizalarni taqdim etish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi. Bu mavsumda lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqqan, berilgan vizalar soni esa 3100 dan ko‘proqni tashkil etgan.
Samarqand shahrida janjal bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiriqqa ko‘ra xonadonga borgan profilaktika inspektori uy egalari tomonidan kaltaklandi. Shuningdek, unga tegishli mashina oynalari sindirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 fuqaro qamoqqa olindi.
Qo‘shiqchi Jah Khalib konserti vaqti Humo Arena majmuasidagi tartibsizliklar vaqtida fuqarolar jarohatlangani va vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu holatlar bo‘yicha xabar kelib tushmaganini ma’lum qildi va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.
O‘zbekistonda 29-noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi. Havo harorati pasayishni boshlaydi va ish haftasining ikkinchi yarmida kechasi +7, kunduzi +15 darajagacha iliq, shimolda kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +10 darajagacha iliqni tashkil etadi.
2024-yildan tadbirkorlar o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi a’lochisi” tanlovi o‘tkaziladi. G‘olib 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi va uning faoliyati 2 yil davomida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.
Shahrisabz tumanida 14 yoshli qizni 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlab kelgani aytilgan ayol qamoqqa olindi. Ijtimoiy himoya agentligi qiz otasining qaramog‘ida bo‘lgani, onasi esa chet elda ekanini bildirdi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qizning salomatligini tiklash ishlarini olib bormoqda.
Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish doir prinsiplar mustahkamlanmoqda. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuproqqa yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilish huquqi belgilanmoqda.
Chortoq tumani tez tibbiy yordam xizmatining Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 103 xizmati haydovchisi vafot etdi, uning hamrohi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentda qozog‘istonlik qo‘shiqchi Jah Khalib konserti bo‘lib o‘tgan Humo Arena majmuasiga kirishda tiqilinch va tartibsizliklar yuz berdi. Milliy gvardiya ma’lumotlariga ko‘ra, mingdan ortiq fuqaro skanerlangan chiptalarni takroran taqdim etgani uchun kiritilmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahri hokimligi aholi Yakkasaroy tumanidagi “Yalpiz” restoranining dudbo‘ronlari, shovqin va hid bo‘yicha shikoyat qilgani uchun oshxona ishi vaqtincha to‘xtatilganini bildirdi. Restoran vakillarining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, muassasa 3−4 kunga “ta’mirlash ishlari uchun” yopilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting