Jamiyat

«Qanday qilib bitta firma 20 tadan obyektni yutib olishi mumkin?» Senat raisi Shaffof qurilish tizimini tanqid qildi
13 sentabr 2022, 18:24

«Qanday qilib bitta firma 20 tadan obyektni yutib olishi mumkin?» Senat raisi Shaffof qurilish tizimini tanqid qildi

Senat raisi Tanzila Narbayeva Shaffof qurilish platformasidagi kamchiliklarni tanqid qildi. «Qanday qilib bitta firma 15 tadan, 20 tadan obyektni yutib olishi mumkin?», — deya savol berdi u. Qurilish vaziri o‘rinbosari esa pudratchilarga obyekt olish bo‘yicha limit o‘rnatmoqchiligini ma’lum qildi.

Talabalar Tashkent Index kompleksida o‘quv yili yakunigacha yashaydi — fotoreportaj
13 sentabr 2022, 17:34

Talabalar Tashkent Index kompleksida o‘quv yili yakunigacha yashaydi — fotoreportaj

Yangihayot tumanidagi Tashkent Index majmuasida 10 ming talaba uchun vaqtinchalik yotoqxona hozirlanmoqda, ehtiyojga qarab joy 20 mingtagacha ko‘paytiriladi. Bu yerda oshxona, hammom va kir yuvish xonalari ham tashkil etilyapti. Ijara narxi, transport masalasi va qachon ko‘chib o‘tilishi — «Gazeta.uz» fotoreportajida.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina TIVdan hibsga olingan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot so‘radi
13 sentabr 2022, 16:52

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina TIVdan hibsga olingan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainada jang qilgani aytilayotgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aks etgan video tarqalgach, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi «batafsil va ishonchli ma’lumot» olish uchun mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi.

SHHT sammiti delegatlaridan kovidga qarshi PZR-testi olinadi — SSV
13 sentabr 2022, 15:34

SHHT sammiti delegatlaridan kovidga qarshi PZR-testi olinadi — SSV

Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun “1303” qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi, mehmonlarga 50 ta tibbiy brigada xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, chet ellik rasmiy delegatlar mehmonxonalarga joylashishidan oldin kovidga qarshi PZR-test topshiradi.

«Bu auditoriyaga tekshirilgan raqamlar olib chiqiladi». Tanzila Narbayeva — SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh berdi
13 sentabr 2022, 15:04

«Bu auditoriyaga tekshirilgan raqamlar olib chiqiladi». Tanzila Narbayeva — SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh berdi

Senat yalpi majlisida senator chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan ikki dori mavjud ehtiyojning 50 foizini ham qamrab olmayotganini tanqid qildi. SSV rahbari o‘rinbosari u keltirgan raqamlarga shubha bilan qaradi. Senat raisi Tanzila Narbayeva unga tanbeh berib, raqamlar tahlil asosida tayyorlanganini aytdi.

Yangihayotdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi
13 sentabr 2022, 14:45

Yangihayotdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqdi. Oqibat uy jihozlari va uyning ichki qismining 30 kv. metr maydoniga zarar yetdi hamda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi.

Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmati ishga tushdi
13 sentabr 2022, 11:10

Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmati ishga tushdi

Taxi Airports Tashkent kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Boshqa taksilar (Yandex, Mytaxi haydovchilari) esa faqat avtoturargohlar oldidan yo‘lovchilarni olib ketishlari mumkin. Rekonstruksiyadan so‘ng uchta avtoturargoh ham ishga tushdi. Tariflar va narxlar.

Chakana onlayn xarid qilishning yangi usulini taqdim etadi
13 sentabr 2022, 11:00

Chakana onlayn xarid qilishning yangi usulini taqdim etadi

Chakana marketpleysida butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati orqali mahsulotlarni xarid qilish mumkin. Servisda skoring xizmati va 50 mln so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud.

Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi
13 sentabr 2022, 10:41

Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar etib saylandi. Shu paytga qadar o‘rinbosar bo‘lgan Murat Kallibekovich Kamalov lavozimidan ozod etildi.

Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi
13 sentabr 2022, 10:29

Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi

XTV topshirig‘i bilan oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi. Buning uchun oliy malaka toifasini saqlab kelgan pedagog 15 yillik uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Hushini yo‘qotishi oqibatida daraxtga urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi
13 sentabr 2022, 09:15

Hushini yo‘qotishi oqibatida daraxtga urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi

Ohangaron shossesida sog‘ligi yomonlashgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi daraxtga urildi. U voqea joyida vafot etdi.

Toshkentda 5 ming daraxt kesilish xavfi ostida — deputat
13 sentabr 2022, 08:16 1

Toshkentda 5 ming daraxt kesilish xavfi ostida — deputat

Deputat Rasul Kusherbayev tadbirkorlarga ajratilgan hududlardagi devorlar bilan o‘ralgan 5 mingta daraxt kesilish xavfi ostida ekanini ma’lum qildi. U moratoriyga rioya etilmayotgani bois hokimlarning bunday yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risida qarorlarini bekor qilishga chaqirdi.

12 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 sentabr 2022, 22:00

12 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jahonda «global ishonch inqirozi» haqidagi prezident maqolasi, SHHT sammitida imzolanadigan hujjatlar, poyezd tagida qolib ketgan 4 yoshli qiz, Samarqandga $300 mln kredit ajratadigan BAA, Toshkentga kirish yopilmagani, «Bunyodkor» stadionida bo‘lmagan drenaj tizimi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kuni dayjesti.

Farg‘onada uyida ukol olgan qizaloq vafot etdi
12 sentabr 2022, 19:36

Farg‘onada uyida ukol olgan qizaloq vafot etdi

Uchko‘prik tumanida sobiq hamshira uy sharoitida ehtiyot choralarsiz ukol qilishi oqibatida qizaloq vafot etdi. Ukol qizda allergik reaksiyani yuzaga keltirgan va nafas yo‘llarini berkitgan. Hamshiraga bir qator sabablar tufayli 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

16 yoshli bola bir kunda 2 ta avtomobilni olib qochdi
12 sentabr 2022, 18:23

16 yoshli bola bir kunda 2 ta avtomobilni olib qochdi

Chust tumanida voyaga yetmagan bola Jiguli va Matiz avtomobillarini olib qochdi. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Unga nisbatan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Namanganda Equinox uchta mashina bilan to‘qnashdi
12 sentabr 2022, 17:28

Namanganda Equinox uchta mashina bilan to‘qnashdi

Namanganda Equinox, Lacetti, Nexia va VAZ-2106 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hududga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

IIV Toshkentga kirish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
12 sentabr 2022, 15:57

IIV Toshkentga kirish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

IIV Toshkent va boshqa viloyatlarga kirish va chiqish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa YPX xodimlari SHHT sammiti doirasida faqatgina Samarqandga kirish yopilishi tufayli aylanma yo‘llarni tushuntirayotgani aks etgan.

«Bunyodkor» stadionida drenaj tizimi shu vaqtgacha umuman ishlamagan — Diyor Imomxo‘jayev
12 sentabr 2022, 15:23

«Bunyodkor» stadionida drenaj tizimi shu vaqtgacha umuman ishlamagan — Diyor Imomxo‘jayev

O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev «Bunyodkor» stadionidagi yashil maydonda drenaj tizimi shu vaqtgacha umuman ishlamaganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, suv qumda qolib, maysani chiritib borgan. Endi tizim qayta ishlab chiqiladi va uning usti standart bo‘yicha qoplab boriladi, deyiladi xabarda.

Elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi
12 sentabr 2022, 13:06

Elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi. Tizim yiliga 32 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobilni quvvatlash imkonini beradi.

O‘zbekistonda aholiga dehqonchilik uchun yerlar 30 yilga ijaraga beriladi
12 sentabr 2022, 12:08

O‘zbekistonda aholiga dehqonchilik uchun yerlar 30 yilga ijaraga beriladi

Prezident qarori bilan aholiga dehqonchilik uchun ekin maydonlari 30 yilga ijaraga beriladi. Ijaraga berish ochiq elektron tanlov orqali o‘tkaziladi. Unda bir nafar talabgor ishtirok etsa ham, tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting