Jamiyat

26 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 may 2022, 22:00

26 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha kelib tushgan takliflar, 1hls.uz`ning prezident farmoni bilan tugatilgani, Jamshid Qo‘chqorovdan kambag‘allikni 2 baravar qisqartirish rejalari, bachadon bo‘yni saratonining oldini olish yo‘llari, maktablarda ta’lim sifati haqida gapirgan prezident, Meta kompaniyasidan $3 mln sarmoya jalb qilgan 2 o‘zbek dasturchi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 26 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qarshida xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarimadan norozi bo‘lgan taksi haydovchilari yo‘lni to‘sib qo‘ydi
26 may 2022, 21:17

Qarshida xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarimadan norozi bo‘lgan taksi haydovchilari yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Qarshida bir guruh taksi haydovchilari xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun javobgarlikdan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sib qo‘ydi. O‘zbekiston IIV YHXBB holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Maktab nimalarni o‘rgatishi kerak: tanlay olish, moslashish, tanqidiy fikrlash — Anatoliy Gin
26 may 2022, 18:07

Maktab nimalarni o‘rgatishi kerak: tanlay olish, moslashish, tanqidiy fikrlash — Anatoliy Gin

Nima uchun maktab partasidagi qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha bo‘lgan an’anaviy ta’lim o‘zgarishi kerak? Maktab bolalarni o‘zgaruvchan dunyoda yashashga qanday tayyorlashi kerak? Shu va boshqa savollarga javoblar — ta’lim bo‘yicha ekspert, ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi mutaxassisi Anatoliy Gin bilan sifatli maktab ta’limi haqidagi intervyuda.

Toshkentdagi bir gektar yerni $1 mlnga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
26 may 2022, 16:57

Toshkentdagi bir gektar yerni $1 mlnga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari Yangihayot tumanidagi 1 gektar yerni 1 million dollarga sotishni va’da qilgan ikki nafar shaxsni qo‘lga oldi.

Foto: «Sudoche-Akpetki» qo‘riqxonasi — saqoqqush va flamingolar yashaydigan go‘zal va zaif ko‘llar
26 may 2022, 16:47

Foto: «Sudoche-Akpetki» qo‘riqxonasi — saqoqqush va flamingolar yashaydigan go‘zal va zaif ko‘llar

«Sudoche-Akpetki» davlat qo‘riqxonasining ko‘llari chiroyli hududlar bo‘lib, u yerda suv qushlarining noyob va himoyaga muhtoj turlari — saqoqqushlar, flamingolar, qoraquloqlar va boshqalar yashaydi. Qo‘riqxona ishchilari tomonidan olingan fotosuratlar to‘plami.

Navoiyda fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
26 may 2022, 16:35

Navoiyda fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Uchquduq tumanida tanishlari yordamida bir fuqaroni zavodga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs so‘ralgan 5 ming dollarni olayotganida qo‘lga olindi.

O‘zbekistonlik dasturchilar startap uchun Meta kompaniyasidan $3 mln sarmoya jalb qildi
26 may 2022, 16:11

O‘zbekistonlik dasturchilar startap uchun Meta kompaniyasidan $3 mln sarmoya jalb qildi

Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazayev singapurlik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda ruhiy salomatlik bo‘yicha startap uchun Meta kompaniyasidan 3 mln dollarlik grantni yutib oldi. Loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun onlayn maslahat seanslarini o‘z ichiga oladi.

Piyoda yurganlik uchun pul to‘laydigan platforma prezident farmoni bilan tugatilgani ma’lum bo‘ldi
26 may 2022, 15:18

Piyoda yurganlik uchun pul to‘laydigan platforma prezident farmoni bilan tugatilgani ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6 apreldagi farmoni bilan aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan «Sog‘lom turmush tarzi» (1hls.uz) platformasi faoliyati tugatilgan. Yanvar oyida ushbu platforma foydalanuvchilari sonini oshirish uchun davlat budjetidan 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi haqida prezident qarori imzolangan edi.

«Maktablarda ta’lim sifatiga qanday e’tibor bersak, ma’naviyatga ham shunday e’tibor berishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev
26 may 2022, 15:04

«Maktablarda ta’lim sifatiga qanday e’tibor bersak, ma’naviyatga ham shunday e’tibor berishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limidagi islohotlarga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi. O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, zamonaviy malakali pedagog kadrlarni tayyorlash zarurligi yana bir bor muhokama qilindi. Kimyo, biologiya, fizika va matematika o‘qituvchilarini kasbiy attestatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Infografika: bachadon bo‘yni saratoni oldini olish uchun uchta oson qadam
26 may 2022, 12:02

Infografika: bachadon bo‘yni saratoni oldini olish uchun uchta oson qadam

100% oldini olish mumkin bo‘lgan yagona saraton bu — bachadon bo‘yni saratonidir. Sog‘liqni saqlash vazirligining ushbu infografikasi ayollarga mazkur kasallikdan himoyalanishga yordam beradigan uchta oddiy profilaktika choralarini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli musobaqalar o‘tkaziladi
26 may 2022, 11:31

O‘zbekistonda milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli musobaqalar o‘tkaziladi

2023 yil 1 martdan boshlab milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli respublika o‘yinlari tashkil etiladi. Shuningdek, har yili Toshkent shahrida «Uzbekistan Ethno Games» respublika festivali bo‘lib o‘tadi. Xivada esa har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. Har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar do‘koni ochiladi.

Korxonalarga «aqlli» suv hisoblagichlarini o‘rnatish talabi qo‘yiladi
26 may 2022, 10:22

Korxonalarga «aqlli» suv hisoblagichlarini o‘rnatish talabi qo‘yiladi

2023 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlar aqlli suv hisoblagichlarini o‘rnatishlari shart bo‘ladi. Shu bilan birga, ular hisobga olish asboblarini sotib olishlari sababli soliq miqdorini 4 BHMgacha kamaytirish huquqini oladilar. 2023 yildan aholi uchun muddati o‘tgan hisoblagichlarni almashtirish «O‘zsuvta’minot» AJ hisobidan amalga oshiriladi.

«Ko‘plab maktablarda kompyuterlar komissiya kelganida ko‘rsatish uchun qo‘yib qo‘yilgan» — Muborakxon To‘ychiyeva
26 may 2022, 09:00

«Ko‘plab maktablarda kompyuterlar komissiya kelganida ko‘rsatish uchun qo‘yib qo‘yilgan» — Muborakxon To‘ychiyeva

«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridagi IT sohasini o‘rganayotgan o‘smir qizlar bilan suhbatlar uyushtirdi. Navbatdagi suhbatdoshimiz, Toshkentdagi al-Xorazmiy maktabi bitiruvchisi Muborakxon To‘ychiyeva IT uchun an’anaviy ta’lim shart emasligi, ko‘plab maktablarda kompyuterlar shunchaki komissiya kelganda ko‘rsatish uchun qo‘yilganligi, qizlarga imkoniyat berilsa, hamma narsani eplab ketishi haqida gapirib, tengdoshlari uchun maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot texnik nosozlik sababli Trabzon aeroportiga qo‘ndirildi
25 may 2022, 23:40

Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot texnik nosozlik sababli Trabzon aeroportiga qo‘ndirildi

Toshkent — Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-273 reysi samolyoti texnik nosozlik sababli Trabzon aeroportiga majburan qo‘nishni amalga oshirdi. Havo kemasi bortidagi 240 nafar yo‘lovchining hayotiga hech qanday xavf tug‘ilmagani xabar qilindi. Shu sababli HY274 reysi vaqti kechiktirildi.

Chirchiqda erkak kishini kaltaklagan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi
25 may 2022, 23:29

Chirchiqda erkak kishini kaltaklagan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi

Chirchiqda keksa erkakni sababsiz kaltaklagan maktab o‘quvchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ular qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB.

Xonanda Nargiz Zokirova Ukrainadagi urushni tanqid qilgani uchun 50 yilga Rossiyaga kirishi taqiqlandi
25 may 2022, 23:08

Xonanda Nargiz Zokirova Ukrainadagi urushni tanqid qilgani uchun 50 yilga Rossiyaga kirishi taqiqlandi

Xonanda Nargiz Zokirova Toshkentdan Moskvaning Domodedovo aeroportiga uchib borishi bilan qo‘lga olindi. U 2072 yilgacha Rossiyaga kirishi taqiqlandi va deportatsiya qilinishi mumkin. Xonandaning amakivachchasi Javohir Zokirov deportatsiyaga uning Ukrainadagi urush haqidagi izohi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

25 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 may 2022, 21:30

25 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Maktablarda chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, Toshkent xalqaro aeroportidagi pullik navbatsiz o‘tish imkoniyati, Qo‘qonda ishga tushirilgan Yandex Go xizmati, Pastdarg‘omda qo‘lga olingan 2000 tup marixuana yetishtirganlar, hokim bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raisi bo‘lishi noto‘g‘riligini aytgan Sodiq Safoyev, pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 25 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

27−29-may kunlari to‘qqiz viloyatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va sel kelishi mumkin (ro‘yxat)
25 may 2022, 20:10

27−29-may kunlari to‘qqiz viloyatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va sel kelishi mumkin (ro‘yxat)

O‘zgidromet 27−29-may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, O‘zbekistonning to‘qqiz viloyatida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi (sel kelishi ehtimoli bo‘lgan hududlar ro‘yxati).

Pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi
25 may 2022, 19:53 8

Pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yordam ikki hafta ichida berilishi kerak.

29 may kuni Tashkent Opera Fest’ning tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tadi
25 may 2022, 19:00

29 may kuni Tashkent Opera Fest’ning tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tadi

29 may kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 20 kun davomida Toshkent ahlini shod qilib kelayotgan Tashkent Opera Fest bayramining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting