Jamiyat

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda 2 kun suv bo‘lmaydi
8 aprel 2023, 10:55

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda 2 kun suv bo‘lmaydi

Yakkasaroy, Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlaridagi ayrim joylar 10-apreldan 12-aprelgacha ichimlik suv tarmog‘idan uziladi.

Samarqandda soliq boshqarmasi bosh inspektori 15 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi
8 aprel 2023, 10:34

Samarqandda soliq boshqarmasi bosh inspektori 15 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi

Samarqandda soliq boshqarmasi soliq nazorati bo‘limi bosh inspektori fuqaroning qarzdorligini kamaytirib berish evaziga undan 15 ming dollar olgani aytilmoqda. Namanganda esa advokat sud ishini ijobiy hal qilib berish uchun fuqarodan 7 ming dollar olgani gumon qilinmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Iftorlik uchun taomlar
8 aprel 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Iftorlik uchun taomlar

Karam barglaridan golupsi, qovurma lag‘mon, frikadelkali turkcha sho‘rva, klassik lazanya, mampar va boshqalar — Zira.uz iftorlik uchun tayyorlash mumkin bo‘lgan mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Urgutda 19 yoshli ayolning o‘z joniga qasd qilishi holati qayta tergov qilinadi
7 aprel 2023, 22:34

Urgutda 19 yoshli ayolning o‘z joniga qasd qilishi holati qayta tergov qilinadi

Samarqand viloyati prokuraturasi Urgut tumani prokuraturasining 19 yoshli kelinning fotosurati “Telegram” tarmog‘idagi behayo kanalga chiqarib yuborilgani sababli o‘zini o‘zi osib qo‘ygan bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini bekor qildi.

Vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qayta malakalandi
7 aprel 2023, 22:18

Vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qayta malakalandi

Prokuratura vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishini qayta malakaladi. Qalampir ma’lumotlariga ko‘ra, Mannopov operatsiya qilingan Toshkentdagi xususiy klinikada plastik jarroh, laborant va UZI-mutaxassisi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan.

7-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 aprel 2023, 22:00

7-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yomg‘irli o‘tadigan dam olish kunlari, “Tashabbusli budjet” loyihasining g‘oliblari, Toshkent viloyatida buziladigan 23 ta eski “dom”, Toshkentdan Zangiota shifoxonasiga yangi avtobus, Sirdaryo viloyatining yangi hokimi, Qoraqalpog‘istonda 8 gektar dalani suv bosgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Xorazm ishi: mehribonlik uyi rahbari qizlarni fohishalikka majburlagan bo‘lishi mumkin
7 aprel 2023, 21:14

Xorazm ishi: mehribonlik uyi rahbari qizlarni fohishalikka majburlagan bo‘lishi mumkin

Xorazmdagi oilaviy mehribonlik uyi rahbari o‘quvchilarni tungi klublarda fohishalik yo‘li bilan pul ishlashga majburlagan bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qildi qizlar o‘qigan maktab direktori. Maktab o‘qituvchisi jabrlanuvchilardan birini asrab olmoqchi bo‘lgan, biroq rasmiylar unga ruxsat bermagan.

Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida 6030 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi — TIV
7 aprel 2023, 16:48

Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida 6030 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi — TIV

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyevning ma’lum qilishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 6030 nafar o‘zbekistonlik maxsus reyslar orqali evakuatsiya qilindi. Yil davomida xorijdagi fuqarolar uchun 200 mingdan ortiq konsullik operatsiyasi amalga oshirildi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida shamol kuchayib, sel kelishi mumkin
7 aprel 2023, 16:15

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida shamol kuchayib, sel kelishi mumkin

O‘zgidromet 8−11-aprel kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatida hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Joylarda shamol kuchayib, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi ham mumkin.

Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
7 aprel 2023, 15:19

Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent viloyatidagi Chimyon tog‘larida 8−11-aprel kunlari qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Sirdaryo viloyati 5 ta tashabbus bo‘yicha rivojlantiriladi
7 aprel 2023, 15:17

Sirdaryo viloyati 5 ta tashabbus bo‘yicha rivojlantiriladi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati aholisi farovonligini oshirish bo‘yicha 5 ta tashabbusni ilgari surdi. 20 ta yo‘nalishdagi loyihalarga imtiyozlar joriy etiladi, 11 ta tuman va shahar sanoatga ixtisoslashadi, viloyat yirik logistika xabiga, Guliston shahri esa “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.

Qoraqalpog‘istonda kanal qirg‘og‘i yemirilishi sabab 8 gektar dalani suv bosdi
7 aprel 2023, 15:01

Qoraqalpog‘istonda kanal qirg‘og‘i yemirilishi sabab 8 gektar dalani suv bosdi

Ellikqal’a tumanida kanaldan suv chiqishi oqibatida 8 gektar dalani suv bosgan. O‘rganishlar davomida mazkur hududdagi fermer kanalga noqonuniy suv olish trubasini o‘rnatgan va o‘sha trubalar qo‘yilgan qisimdan suv sizib chiqqan. Natijada, kanal qirg‘og‘i yemirilib suv chiqqan. Holat bo‘yicha o‘rganish boshlangan.

O‘zbekiston xalqaro hamkorlardan ta’lim tizimi uchun $580 mln jalb qiladi. Bu nima beradi?
7 aprel 2023, 13:20

O‘zbekiston xalqaro hamkorlardan ta’lim tizimi uchun $580 mln jalb qiladi. Bu nima beradi?

2023−2026-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Xalqaro tashkilotlar uch yillik islohotlar uchun 580 mln dollardan ko‘proq ajratishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” O‘zbekiston rasmiylari va xalqaro tashkilotlar vakillaridan bu qanchalik samara berishi haqida so‘radi.

Samarqandda fuqarolarni 50 ming dollarga AQShga, 24 ming dollarga Kanadaga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
7 aprel 2023, 13:17

Samarqandda fuqarolarni 50 ming dollarga AQShga, 24 ming dollarga Kanadaga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand shahrida AQSh va Kanadaga fuqarolarni noqonuniy ravishda jo‘natmoqchi bo‘lib, ulardan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.

Dam olish kunlari qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi
7 aprel 2023, 12:48

Dam olish kunlari qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari +7…+12 daraja, kunduzi +22…+27 darajani tashkil etadi.

“Tashabbusli budjet” loyihasining g‘oliblari e’lon qilindi
7 aprel 2023, 12:45

“Tashabbusli budjet” loyihasining g‘oliblari e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 1-mavsumiga ovoz berish 7-aprelda yakunlandi. Jami 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,6 trln so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltiriladi. Hududlarda odatdagidek odamlar bayram qilishni boshlab yubordi.

Sirdaryo Xitoy tajribasiga asoslangan innovatsion hududga aylanadi
7 aprel 2023, 12:37

Sirdaryo Xitoy tajribasiga asoslangan innovatsion hududga aylanadi

Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot sohalarida “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish rejalashtirilgan, dedi viloyatga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta “dom” buzilib, o‘rniga yangisi quriladi
7 aprel 2023, 11:30

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta “dom” buzilib, o‘rniga yangisi quriladi

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta ko‘p kvartirali uy buzilib, o‘rniga yangisi qurilishi rejalashtirilmoqda. Yangi uylar bitgunga qadar xonadon egalari 11 oy tuman/shahar hokimligi va tashabbuskorlar mablag‘i hisobidan ijarada yashab turadi.

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga boradi
7 aprel 2023, 10:53

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga boradi

7-aprel kuni prezident Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi, korxonalar faoliyati bilan tanishadi.

Toshkentdan Zangiota shifoxonasiga avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi
7 aprel 2023, 10:45

Toshkentdan Zangiota shifoxonasiga avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli Isuzu avtobusi harakati yo‘lga qo‘yildi. Ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha etib belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting