Shanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va iliq havo davom etadi, yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat biroz pasayib, kunduzi +25 darajadan oshmaydi.
2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murotjon Azimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
“Ichan-Qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda noyob deb kelingan 101 ta muzey ashyosining kirim kitobidagi tavsifnomalari o‘lcham, material, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
Samarqand tumanida fermer ikki fuqaroga tuman hokimining 2020 yildagi soxta qarori bilan 19,7 ming dollarga yer maydonini sotgani aniqlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida gumonlanuvchi 500 dollar va 4,5 mln so‘mni ixtiyoriy ravishda qaytargan.
Endilikda nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish asosida xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, nobank tashkilotlarning sug‘urta, omonat va savdo ishlari bo‘yicha faoliyatiga cheklov o‘rnatilgan.
Hukumat qarori bilan nogironligi bor kishilarni ishga olgan shaxslarga har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi. Mazkur tartib budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan amal qilmaydi.
O‘zbekistonning Kiyev shahridagi elchixonasi 22 apreldan o‘z ish faoliyatini to‘liq tiklagani ma’lum qilindi. Elchixona vaqtincha Lvov shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
21 aprel kuni Xalqaro biznes markazining 9-qavatidan tushib ketgan 42 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Voqea joyi o‘rab olingan. Yunusobod tuman prokuraturasi holatni o‘rganmoqda.
20 aprel kuni Jizzaxda sel va suv toshqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan Egizbuloq mahallasida 5 kishi, shu jumladan ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 53 ta xonadon to‘liq talofat ko‘rdi. 25 ta uyda yashovchi 100 dan ortiq fuqaro vaqtincha boshqa joyga ko‘chirildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev voqea joyida bo‘lib turibdi. Tafsilotlar «Gazeta.uz» fotoreportajida.
Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyida yuzaga kelgan vaziyat o‘rganilganda, muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e’tiroz kayfiyati shakllangani aniqlandi, deb xabar berdi XTV.
1 sentabrdan ayrim nodavlat tashkilotlarga «Elektron hukumat» tizimi orqali shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Ular shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilmaslik bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishlari shart.
Toshkentning Uchtepa tumanida Nikolay IIning nominal qiymati 5 rubl bo‘lgan 20 dona qalbaki tilla tangani sotmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi. U har bir tangani 300 dollarga baholagan.
Sintetik giyohvandlik vositalari va yangi turdagi psixofaol moddalarning tez sur’atlarda tarqalishi, shuningdek, giyohvandlik vositalari ishlab chiqarishda kimyoviy moddalarning noqonuniy aylanishining kuchayishi mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlarining yig‘ilishi yakuni bo‘yicha ma’lum qilindi.
Jizzax viloyatida bir kun avval bedarak yo‘qolgani aytilgan yana bir fuqaroning jasadi topildi. Sel qurbonlarining umumiy soni besh nafarga yetdi. Jizzax viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga harbiylar ham jalb qilingan.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani «Nurli kelajak» mahallasidagi buloq qurib qolgani sababli aholi ichimlik suvisiz qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning buloq suvini talashayotgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi vakili «Gazeta.uz»ga muammo yil oxirigacha hal bo‘lmasligi, aholiga esa tekinga suv yetkazilmasligini ma’lum qildi.
Joriy o‘quv yili yakunida 5−6−7−8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi. Ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va maktab-internatlar esa buni ichki nizomiga ko‘ra bajaradi. Shuningdek, dam olish kunlari hisobiga 9-sinf bitiruvchilari «Jismoniy tarbiya» fanidan yakuniy nazorat imtihonlarini har yilgidek 2−7 may kunlari emas, balki 11−14 mayda topshiradi.
1 iyuldan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim talab va shartlari bekor qilinmoqda. Jumladan, xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda ishlash uchun O‘zbekiston hududida tasdiqnoma olish shart bo‘lmaydi.
23−24 aprel kunlari Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni atrofida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
Paxtaobod tumanida irrigatsiya bo‘limida ishlaydigan aka o‘zining kadastr bo‘limida ishlaydigan ukasi orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun sotmoqchi bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Gumonlanuvchilar fuqarodan 10,1 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
1 iyundan davlat xizmatlari markazlarida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi. Shuningdek, DXMlardagi bank shoxobchalarida to‘lov amalga oshirilganda, foizgacha bo‘lgan bank komissiyasi olinmaydi. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar OTMlarga kirish imtihonlari uchun to‘lovdan ozod qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting