Jamiyat

O‘zbekiston IIV — ikki bloger qidiruvga berilgani sabablari haqida
11 avgust 2023, 18:36

O‘zbekiston IIV — ikki bloger qidiruvga berilgani sabablari haqida

IIV 2 bloger qidirilayotgani sabablarini ma’lum qildi. Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) 2012-yildan buyon Sergeli bozorida fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilgani uchun qidirilmoqda. Retsidivist deb topilgan Sherali Komilov (Detectiv Uz) 3 ta holatda firibgarlik va haqorat qilishda gumonlanmoqda.

O‘zbekiston maktablarida darslar 4-sentabrdan boshlanadi
11 avgust 2023, 17:51

O‘zbekiston maktablarida darslar 4-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabr, dushanbadan boshlanadi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Reallik chegarasidan tashqarida: ROG Zephyrus M16`ning to‘rtta jozibali xususiyati
11 avgust 2023, 17:00

Reallik chegarasidan tashqarida: ROG Zephyrus M16`ning to‘rtta jozibali xususiyati

Ultrayupqa ROG Zephyrus M16 noutbuki yordamida ijodiy va o‘yin imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Qurilma zamonaviy dizayn va yanada kuchli konfiguratsiyaga ega bo‘ldi.

Farg‘onada elektr korxonasi xodimi kaltaklandi
11 avgust 2023, 13:08

Farg‘onada elektr korxonasi xodimi kaltaklandi

Farg‘ona viloyati HETKning kadrlar bo‘limi boshlig‘i kaltaklandi. Bunga uning hisobchiga nega ishga kelmaganini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilgani va suhbat chog‘ida ayolning eri bilan janjallashgani sabab bo‘lgan. Xodim shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi
11 avgust 2023, 13:00

“O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi

“O‘zbekgidroenergo” AJ Fitch Rartings xalqaro reyting agentligida BB- (barqaror) darajasini saqlab qoldi va mustaqil kredit reytingini b+ darajaga ko‘tardi.

Alibaba korporatsiyasi Namanganda mintaqaviy markazini ochmoqchi
11 avgust 2023, 12:31

Alibaba korporatsiyasi Namanganda mintaqaviy markazini ochmoqchi

Xitoyning Alibaba texnologik korporatsiyasi Namangandagi IT Park`da o‘z mintaqaviy markazini ochishi mumkin. Tashkilot rasmiylari hudud tekstil, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yishda mintaqaviy markaz bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi
11 avgust 2023, 11:45

Dam olish kunlari harorat +30 darajagacha pasayadi

Juma kuni Ural hududlaridan kirib keladigan salqin havo hisobiga dam olish kunlari harorat pasayadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +30…+32, janubda +35 darajadan oshmaydi. Harorat tushishi kelgusi haftaning o‘rtasigacha davom etadi.

Samarqanddagi ohak sexi 4,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
11 avgust 2023, 10:57

Samarqanddagi ohak sexi 4,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Pastdarg‘om tumanida ohak ishlab chiqaruvchi sex mansabdorlari 4,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda yana bir avtobus Spark bilan to‘qnashdi
11 avgust 2023, 10:32

Toshkentda yana bir avtobus Spark bilan to‘qnashdi

Uchtepa tumanida Yutong rusumli avtobus yo‘liga chiqib qolgan Spark avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida hech kim jarohat olmadi. Bu poytaxtda yangi avtobuslar ishtirokidagi birinchi YTH emas.

Kolonka. Yangi O‘zbekiston maktabi: Strategiya-2030 loyihasi qanchalik chuqur o‘ylangan?
11 avgust 2023, 10:26

Kolonka. Yangi O‘zbekiston maktabi: Strategiya-2030 loyihasi qanchalik chuqur o‘ylangan?

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida aholi talabi va xalqaro andozalarga javob beruvchi ta’lim tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Qo‘yilgan maqsadlar har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish ustuvorligiga qay darajada mos? Kolumnist Komil Jalilov tahlil qiladi.

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi
11 avgust 2023, 09:34

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.

O‘zbekistonda 1-noyabrdan avtomobil raqamlarini berish uchun to‘lov oshiriladi
11 avgust 2023, 09:19 1

O‘zbekistonda 1-noyabrdan avtomobil raqamlarini berish uchun to‘lov oshiriladi

IIV rahbari 2011-yildan buyon birinchi marta avtomobillarga davlat raqam belgilarini berish bo‘yicha to‘lov miqdorini BHMning 2,3−3,5 baravari (1,15 mln so‘m)gacha oshirdi. Avtotransport vositalariga davlat raqam belgilarini berish va davlat raqamlarini almashtirish to‘loviga ham o‘zgartirish kiritildi.

10-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
10 avgust 2023, 21:55

10-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Qimmatlagan dollar kursi, Buxoroga ketgan prezident, qidiruvga berilgan bloger Sanjar Xo’ja va Sherali Komilov, 65 bolaning o‘limiga sababchi Marion Biotech dorilari, o‘zini osib o‘ldirgan andijonlik yosh ayol, faqat zararga ishlayotgan “Milliy elektr tarmoqlari” va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilov qidiruvga berildi
10 avgust 2023, 20:59

Blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilov qidiruvga berildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi blogerlar Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) va Sherali Komilovni (Detektiv Uz) qidiruvga berdi. Ular firibgarlikda, Komilov esa qo‘shimcha ravishda haqorat qilishda ham ayblanmoqda.

Navoiy viloyatida 400 mln so‘mlik soxta pullar musodara qilindi
10 avgust 2023, 20:24

Navoiy viloyatida 400 mln so‘mlik soxta pullar musodara qilindi

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida bir guruh shaxslar soxta pul ishlab chiqarish bilan shug‘ullangani ma’lum qilindi. Ular 400 mln so‘mlik soxta pullarni sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi.

3-sentabr kuni O‘zbekistonning 16 shahrida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi
10 avgust 2023, 19:00

3-sentabr kuni O‘zbekistonning 16 shahrida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligini nishonlash maqsadida mamlakat bo‘ylab ommaviy Yangi Nafas yugurish musobaqasi tashkil etiladi. Toshkentda yuguruvchilarga ikkita masofa 3 va 10 km, boshqa shaharlarda bitta masofa — 3 km taqdim etiladi.

IIO narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yuborish huquqiga ega bo‘ldi
10 avgust 2023, 18:01

IIO narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yuborish huquqiga ega bo‘ldi

Ichki ishlar organlari narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega bo‘ldi.

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz amalga oshirilgan yoki yakunlanmagan — “Yuksalish”
10 avgust 2023, 17:24

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz amalga oshirilgan yoki yakunlanmagan — “Yuksalish”

“Yuksalish” harakatining monitoringi davomida 2022-yilda “Tashabbusli budjet”da yutgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz qilingani, to‘liq moliyalashtirilmagani va yakuniga yetmagani aniqlandi.

O‘zbekistonda Marion Biotech dorilari 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan
10 avgust 2023, 17:09

O‘zbekistonda Marion Biotech dorilari 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan

O‘zbekistonda Dok-1 Maks dorisini qabul qilgan 65 nafar bola vafot etgan. Bu bo‘yicha Quramax Medikal va Farmatsevtika agentligi xodimlariga nisbatan ayblov xulosasida so‘z boradi. Rasmiylar bergan so‘nggi ma’lumotlarda qurbonlar soni 20 kishi ekani aytilgandi.

Keytering xizmatlari tadbirlarni tashkillashtirish jarayonini osonlashtiradi
10 avgust 2023, 17:00

Keytering xizmatlari tadbirlarni tashkillashtirish jarayonini osonlashtiradi

Royal Catering kompaniyasining vakillari keytering xizmatlarining afzalliklari haqida gapirib berdilar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting