Jamiyat

Rustam Shoabdurahmonov MOQ raisligidan ketdi
17 fevral 2022, 12:43

Rustam Shoabdurahmonov MOQ raisligidan ketdi

2019 yilning may oyidan beri Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgan Rustam Shoabdurahmonov o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shatildi.

Sudyalar oliy kengashi yana beshta sudyani intizomiy jazoga tortdi
17 fevral 2022, 12:36

Sudyalar oliy kengashi yana beshta sudyani intizomiy jazoga tortdi

Qashqadaryo viloyatining to‘rtta tuman sudyalari hamda Angren shahar sudi raisi mas’uliyatsizligi va ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortildi.

Buxoro viloyatidagi kanaldan 33 yoshli ayolning jasadi topildi
17 fevral 2022, 12:27

Buxoro viloyatidagi kanaldan 33 yoshli ayolning jasadi topildi

11-fevral kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi mahalladan oqib o‘tuvchi kanaldan ayol kishining jasadi topildi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish ishlarini olib bormoqda.

Jizzaxda pedagogika instituti xodimi $100 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda
17 fevral 2022, 12:27

Jizzaxda pedagogika instituti xodimi $100 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda

Jizzax davlat pedagogika institutining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i fakultetlardan birida aniqlangan kamchiliklar dekanga salbiy ta’sir qilmasligi va uni lavozimida qolishini ta’minlash evaziga 100 ming dollar olganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

S7 Airlines aviakompaniyasi Yekaterinburgdan Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
17 fevral 2022, 12:03

S7 Airlines aviakompaniyasi Yekaterinburgdan Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Yekaterinburg shahridan Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Ta’kidlanishicha, parvozlar haftada bir marta — chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3 soatni tashkil etishi aytilmoqda.

Surxondaryoda «tez yordam»ga ishga kiritib qo‘yish evaziga $1300 olgan shaxs ushlangani aytilmoqda
17 fevral 2022, 11:57

Surxondaryoda «tez yordam»ga ishga kiritib qo‘yish evaziga $1300 olgan shaxs ushlangani aytilmoqda

Denov tumanida tez tibbiy yordam muassasasi hodimi fuqaroni o‘zi ishlayotgan joyga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1300 dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonalar faoliyati fosh etildi
17 fevral 2022, 11:06

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixonalar faoliyati fosh etildi

Toshkentning Yashnobod va Shayhontohur tumanlarida «Zardeks» «Regapen» va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotib kelgan dorixonalar faoliyati fosh etildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Koronavirusning kunlik holati 250 dan kamaydi
17 fevral 2022, 10:34

Koronavirusning kunlik holati 250 dan kamaydi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 241 nafar fuqaro koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi, bu bir kun oldingi holatga qaraganda 55 taga kam (296). Toshkent shahrida ham kunlik holat 100 dan kamaydi. 47 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Qashqadaryoda YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan haydovchi 14 sutkaga qamaldi
17 fevral 2022, 09:54

Qashqadaryoda YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan haydovchi 14 sutkaga qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida xavfsizlik kamarini taqmagan Nexia-3 haydovchisi va YPX xodimlari o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi. Haydovchi 14 sutkaga qamaldi, tortishuvda qatnashgan boshqa fuqarolarga ham jazo tayinlandi.

Bobur ko‘chasini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda
17 fevral 2022, 08:01

Bobur ko‘chasini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda

Toshkentdagi Bobur ko‘chasini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov fuqarolarni binolar fasadini yangilash, velosiped yo‘laklarini tashkil etish, piyodalar yo‘laklarini ko‘kalamzorlashtirishni o‘z ichiga olgan dastlabki loyiha bilan tanishtirdi. Rekonstruksiya moddiy madaniy meros obektlari, jumladan, tuman hokimligi, «ToshkentboshplanLITI» ITI va 7-uyga ham taalluqli.

AQSh geologlari O‘zbekistonda slanets gazi va neftini qidiradi
17 fevral 2022, 07:03

AQSh geologlari O‘zbekistonda slanets gazi va neftini qidiradi

AQSh Geologiya xizmati (USGS) guruhi Samarqand, Jizzax va Surxondaryoda slanets nefti va slanets gazining potensial konlarini aniqlash uchun O‘zbekistonga keladi. Shuningdek, amerikalik mutaxassislar bilan gidrometrik tarmoqlar, statistika, suv resurslarini rivojlantirish infratuzilmasi, toshqin va ko‘chkilar tarixi, qor qoplamini birgalikda o‘rganish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

1-sinf o‘quvchilari fevralda ta’tilga chiqmaydi
16 fevral 2022, 22:24

1-sinf o‘quvchilari fevralda ta’tilga chiqmaydi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda qishki ta’til kunlari 24 yanvarga qadar uzaytirilgani munosabati bilan 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilmasligini ma’lum qildi.

16 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 fevral 2022, 22:03

16 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1999 yil 16 fevralda Toshkentda sodir bo‘lgan portlashlar, 3,5 yil ichida bir so‘mga ham xiyonat qilmaganini aytgan Jahongir Ortiqxo‘jayev, rekonstruksiya loyihasi ma’qullangan Kosmonavtlar maydoni, vakolatlari kengaytirilgan Madaniy meros agentligi, Navoiy ko‘chasiga qaytmaydigan tramvay, Pekin-2022 qishki olimpiadasida ishtirokini yakunlagan o‘zbekistonlik yagona sportchi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 16 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi ma’qullandi
16 fevral 2022, 18:32

Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi ma’qullandi

Madaniy meros agentligidagi Ilmiy-ekspert kengashi Toshkentdagi Kosmonavtlar maydonini ta’mirlashga ruxsat berdi. Loyiha «obyektning tarixiy va badiiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda» amalga oshirilishi kerak.

Chegara rejimini buzgan xorijliklar jarima to‘lasa, O‘zbekistondan chiqarib yuborilmasligi mumkin
16 fevral 2022, 18:30

Chegara rejimini buzgan xorijliklar jarima to‘lasa, O‘zbekistondan chiqarib yuborilmasligi mumkin

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, endilikda davlat chegarasi rejimini buzib o‘tganda qo‘llanilgan jarimani to‘lagan xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistondan ma’muriy tarzda chiqarib yuborilmasligi mumkin. Shuningdek, chegara zonasini buzishga oid ishlar DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘rtachirchiqda bo‘sh bankomatni o‘g‘rilab, daryoga tashlab yuborgan shaxslar qo‘lga olindi
16 fevral 2022, 17:45

O‘rtachirchiqda bo‘sh bankomatni o‘g‘rilab, daryoga tashlab yuborgan shaxslar qo‘lga olindi

O‘rtachirchiqda «Kapitalbank» bankomatini o‘g‘rilab ketgan shaxslar ushlandi. Tergovda ma’lum bo‘lishicha, gumondorlar bankomatni buzib ochishganda, ichida pul yo‘qligini ko‘rib, uni Chirchiq daryosiga tashlab yuborgan. Ushbu uskunaning bahosi 145 mln so‘m ekani aytildi.

Prezident Madaniy meros agentligi vakolatlarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi
16 fevral 2022, 17:29

Prezident Madaniy meros agentligi vakolatlarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi

Endilikda Madaniy meros agentligi ko‘rsatmalariga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilishi mumkin. Buning uchun jarima fuqarolarga BHMning — 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga — 7 baravargacha etib belgilandi. Shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlarini yo‘q qilish va ularga zarar yetkazish uchun jinoiy jazo kuchaytirildi.

«Tramvay zamonaviy va jamiyat oldida mas’uliyatli»
16 fevral 2022, 17:14

«Tramvay zamonaviy va jamiyat oldida mas’uliyatli»

Tramvayning afzalliklari borasida hech qaysi mutaxassis shubha qilmaydi. «Dunyoda bu masala „yopilgan“», deydi jurnalist Valentin Bogdanov. Tramvayning yo‘q qilinishi sun’iy ravishda unga nisbat berilgan muammolarning hech birini hal qilmadi. Jamoat transporti o‘zining bashoratliligi va hammabopligini yo‘qotdi, ko‘chalar esa yanada xavfliroq bo‘ldi. Tramvay qaytadigan bo‘lsa, «g‘ildirakni qayta kashf qilishning hojati yo‘q» — barcha liniyalar yaxshi rejalashtirilgan edi, deb ta’kidlaydi u.

Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi — Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari
16 fevral 2022, 16:40

Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi — Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari

«Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi», — deya ma’lum qildi Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov. «Gazeta.uz» e’lon qilgan maqoladan keyin hokimlik ko‘chani rekonstruksiya qilish loyihasiga o‘zgartishlar kiritdi — u yerga avtobuslar uchun yo‘lak qo‘shildi va chorrahalardan biri o‘zgartirildi.

Aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi
16 fevral 2022, 16:39

Aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi

Shavkat Mirziyoyev chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘n kun muddatda kooperatsiya asosida aholiga 350 ming bosh qo‘y va echkini tarqatish ishlarini boshlashga topshiriq berdi. Bu maqsadlarga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Undan tashqari, soha mutasaddilariga viloyat va tuman hokimlari bilan birga bir hafta muddatda 67 ta yirik qo‘y va echkichilik xo‘jaliklarini tashkil etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting