Samarqand shahridagi maktab qozonxonasida elektr uzilishi va gaz bosimi ko‘tarilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida qozonxona ishchisi vafot etgan.
Sinoptiklarning xabar berishicha, yilning birinchi ish haftasi davomida anomal sovuq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati esa o‘rtacha yillik qiymatlardan 8−10 darajaga past bo‘ladi.
1 fevraldan boshlab eng kam ish haqi miqdorining oshishiga qaramay OTMlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi, deya xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi.
Andijon viloyatida bozordagi mevalarni narxini bilish uchun kelgan va bozorni suratga olayotgan fuqaro, bir necha shaxslar tomonidan haqoratlanib, majburan «Spark» avtomashinasi yukxonasiga kirgiziladi. Ushbu «samosud» fuqaroning qoidabuzar mashinalarni rasmga olganlikda gumonlangani sababli sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab direktorlari va soatbay ishlovchi o‘qituvchilarga ham oylik ustamalar to‘lanadi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi tegishli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangi yil mavsumida pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida 120 dan ortiq kishi kuyib, jabr ko‘rgan va 6 ta xonadonda yong‘in yuzaga kelgan. Jabrlanganlarning 80 foizi voyaga yetmaganlar ekanligi qayd etildi.
Toshkent shahar Chilonzor tumanida 1 yanvar kuni uch nafar fuqaro va ikki nafar YPX xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Ushbu holat yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bir hafta ichida O‘zbekistonga aviareyslarda kelgan 21 nafar yo‘lovchida koronavirus aniqlandi. Bu vaqt davomida 12 ta davlatdan 12 mingdan ziyod kishi keldi.
Bayram munosabati bilan dam olishga ketayotganlarning katta oqimi sababli Chimyon tog‘larida katta tirbandliklar yuzaga keldi. YHXBB vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakatini cheklamoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘maklashgan shaxslar 5,5 mln so‘mgacha bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Ushbu shaxslar davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi ham mumkin. Hukumat qarori bilan rag‘batlantirish asoslari belgilandi.
Yangi yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 1644 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu oxirgi 4 yildagi eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu kuni tug‘ilganlar orasida 9 nafar egizaklar ham bor.
Andijon hokimi ish joyida, Sirdaryo hokimi navbatchi, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo hokimlari oila davrasida. O‘zbekistonda viloyat hokimlari Yangi yil bayramini qanday kutib oladi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni O‘zbekiston parlamentiga navbatdagi an’anaviy murojaatnomani yo‘lladi. Ushbu marosimda ishtirok etgan «Gazeta.uz» fotomuxbiri kamera ob’ektiviga muhrlangan eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola etadi.
Ziyouz.uz portali 2020 yilda olamdan o‘tgan o‘zbekistonlik akademiklar, professorlar, diniy arboblar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, san’atkorlar va hokimlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 31 dekabr va 1 yanvar kunlari 30 kishidan ko‘proq bo‘lib, PZR test yoki ekspress testlarni topshirgan holda Yangi yil bayramini nishonlashga ruxsat berildi.
Tadbirkor Botir Arifjonov (LeBazar, Paynet, Khan Academy Uzbek) O‘zbekiston prezidentiga ikkita loyihani amalga oshirishda yordam so‘rab murojaat qildi. Birinchi loyiha doirasida u maktablarga bepul internet o‘rnatishni, ikkinchisi doirasida esa IT-maktab ochish uchun 3 ming kv. metr maydon ajratishda ko‘mak so‘ragan.
1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l qoidalariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joyida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar, niqob taqmagan va jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarliklari dronlar orqali fiksatsiya qilinadi.
Qirg‘izistonning Bishkek shahri va Chuy viloyatida 176 va 24 o‘rinli ikkita modulli shifoxona ishga tushirildi. Shifoxonalar qurilishi va jihozlanishi O‘zbekiston tomonidan to‘liq moliyalashtirildi.
Toshkent viloyati hududidagi temiryo‘llarda ikki nafar fuqaroni yuk poyezdi urib ketdi. Haloqat fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida, quloqchinlarni taqib harakatlanganliklari tufayli sodir bo‘lganligi aniqlandi. Ulardan biri, 32 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan.
Rosselxoznadzor 1 yanvardan boshlab Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 34 ta korxonaga Rossiyaga pomidorlarni olib kirishga ruxsat berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting