Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat mukofotlari topshirildi. Prezident sportchi va murabbiylarga minnatdorlik bildirib, qaysi sport turlari bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish kerakligini aytdi. Kelgusida sportchilarni tayyorlash dasturlari qabul qilinib, xorijlik mutaxassislar jalb etiladi.
Iordaniyada o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston 7 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza) qo‘lga kiritdi. Erkin kurashchi Ulug‘bek Rashidov chempion bo‘ldi (video).
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.
Dzyudo bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
Uzinfocom kompaniyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalarni onlayn xarid qilish xizmatini taqdim etdi.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi. U 1982-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi ham bo‘lgan.
Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan bokschi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi. Hokimlikning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, xonadon tadbirkor tomonidan berilgan. Sportchi jinsi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan tayvanlik bokschi Lin Yu Ting bilan jang qilib, yutqazgandi.
Toshkentda O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘ldi. 28-avgustdan 8-sentabrga qadar o‘tkaziladigan o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan jami 113 ta litsenziya oldi. Qatnashchilar haqida batafsil.
Futbol jurnalisti Fabritsio Romano “Atlanta Yunayted” klubi “Roma”ga Eldor Shomurodovni sotib olish taklifi bilan murojaat qilganini ma’lum qildi. “Muzokaralar davom etmoqda va ularni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud”, — deya qo‘shimcha qilgan Romano.
Parijda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilarning murabbiylari 50 ming dollar, kumush olganlarning murabbiylari 25 ming dollar, bronza medalini olganlarniki esa 12 500 dollardan mukofotlandi.
Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga 50 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pul mukofotlari, Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari, shuningdek, ikki qavatli kottejlar va kvartiralar berildi. “Prezident sovg‘asi” deb yozilgan mukofotlarni bosh vazir va Senat raisi topshirdi.
Parij Olimpiadasidan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilarni tantanali kutib olish jarayonlari “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportajida.
Parijdan qaytgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi. Aeroportda sportchilarni Senat raisi, bosh vazir va boshqa rasmiylar kutib oldi.
12-avgust kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportining 3-terminalida tantanali kutib olinadi. Olimpiada chempionlari va sovrindorlari aeroportdan MOQ binosigacha avtobus kortejlarida harakatlanadi.
Parijdagi Olimpiada O‘zbekiston uchun mamlakat mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Respublika 13 ta medal (8−2−3) bilan 206 ta davlat orasida umumiy medallar hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyoda va MDHda 1-o‘rinni hamda Osiyoda 4-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning yurak xurujidan keyingi holatiga izoh berdi. “Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi”, — deya qayd etdi tashkilot.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasini nishonlayotgan vaqtda yurak xurujiga uchradi. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi va defibrilator qo‘llagan holda Britaniya boks jamoasi mutaxassislari yordam berdi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov finalda ispaniyalik raqibini mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokio-2020 dan keyingi ikkinchi Olimpiada oltini bo‘ldi.
Parij Olimpiadasida taekvondochi Svetlana Osipova finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiadada sovrindor bo‘lgan ilk ayol taekvondochiga aylandi.
Olimpiada finalida qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek o‘g‘liga qarshi jang qilgan bokschi Abdumalik Xalokov raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. U terma jamoaga 7-oltin medalni keltirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting