Sport

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha JCHda 3-o‘rinni oldi
30 may 2023, 10:38

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha JCHda 3-o‘rinni oldi

Taekvondo bo‘yicha Tokio-2020 olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borib, bronza medaliga ega chiqdi.

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen o‘ynaydigan Norway Chess turnirida ishtirok etadi
29 may 2023, 12:53

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen o‘ynaydigan Norway Chess turnirida ishtirok etadi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha eng nufuzli turnirlardan biri — Norway Chess musobaqasida ishtirok etadi, unda Magnus Karlsen, Aliriza Firuzja va dunyoning boshqa kuchli shaxmatchilari qatnashadi.

Orolning qurigan tubida Rally Muynak — 2023 ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tdi
29 may 2023, 11:24

Orolning qurigan tubida Rally Muynak — 2023 ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Mo‘ynoq, Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubida 25−28-may kunlari IV xalqaro Rally Muynak — 2023 ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi.

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekistonning 1/8 finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
28 may 2023, 22:20

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekistonning 1/8 finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Isroilga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 31-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Chempionlar turining uchinchi bosqichi g‘olibi bo‘ldi
27 may 2023, 11:45

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Chempionlar turining uchinchi bosqichi g‘olibi bo‘ldi

18 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov dunyoning yettinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuanani mag‘lubiyatga uchratib, Chempionlar turining uchinchi bosqichi — ChessKid kubogi g‘olibiga aylandi. Buning uchun unga 30 ming dollar pul mukofoti beriladi.

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Gvatemalani yutib, 1/8 finalga yo‘l oldi
27 may 2023, 08:13

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Gvatemalani yutib, 1/8 finalga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHning 3-o‘yinida birinchi bo‘limda 2 ta gol urgan O‘zbekiston jamoasi guruhda 4 ochko to‘plab, pley-offga yo‘l oldi. Mezbon Argentina Yangi Zelandiyani ham yutib, peshqadam bo‘ldi. 1/8 finalda O‘zbekiston 30-may kuni Yaponiya yoki Isroil bilan bellashishi kutilmoqda.

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi
24 may 2023, 08:09

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi o‘yinida birinchi bo‘limda 2 ta gol o‘tkazib yuborgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi. Guruhda Argentina peshqadamlik qilmoqda, O‘zbekiston esa 3-o‘rinda bormoqda.

O‘zbekiston futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi
21 may 2023, 09:59

O‘zbekiston futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi

O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi. Argentina jamoasiga qarshi o‘yinda o‘zbekistonliklar hisobni birinchi bo‘lib ochgan bo‘lsa-da, so‘ng ikkita gol o‘tkazib yubordi (statistika, foto, video).

Diyora Keldiyorova jahon chempionatida medal olgan ilk o‘zbekistonlik ayol dzyudochi bo‘ldi
15 may 2023, 13:23

Diyora Keldiyorova jahon chempionatida medal olgan ilk o‘zbekistonlik ayol dzyudochi bo‘ldi

Diyora Keldiyorova Doha shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritib, mamlakat tarixida sovrindor bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik ayol dzyudochiga aylandi. Terma jamoa jahon chempionatini umumiy hisobda ikkita kumush va ikkita bronza medali bilan yakunladi.

O‘zbekistonlik muaytaychilar JCHda 5 ta medal oldi
15 may 2023, 10:16

O‘zbekistonlik muaytaychilar JCHda 5 ta medal oldi

Muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHni 9 ta medal bilan yakunladi
14 may 2023, 18:44

O‘zbekiston boks bo‘yicha JCHni 9 ta medal bilan yakunladi

Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatining oxirgi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschilar musobaqani 9 ta medal bilan yakunladi.

Bahodir Jalolov O‘zbekiston hisobiga 3-oltin medalni keltirdi
13 may 2023, 19:28

Bahodir Jalolov O‘zbekiston hisobiga 3-oltin medalni keltirdi

Bokschi Bahodir Jalolov JCH finalida kubalik raqibi ustidan g‘alaba qozondi va ikkinchi bor jahon chempioni bo‘ldi. Shu tariqa finalning birinchi kunida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hasanboy Do‘smatov ham boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13 may 2023, 19:05

Hasanboy Do‘smatov ham boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Hasanboy Do‘smatov boks bo‘yicha jahon chempionati finalida fransiyalik Bilal Bennamani 1-raundda nokautga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu bilan u O‘zbekiston hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha JCH finalini tomosha qilish uchun Humo Arena`ga bordi
13 may 2023, 18:29

Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha JCH finalini tomosha qilish uchun Humo Arena`ga bordi

O‘zbekiston prezidenti boks bo‘yicha jahon chempionati finali o‘tayotgan Humo Arena sport majmuasiga tashrif buyurdi. Avvalroq Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda g‘alabaga erishib, oltin medalga ega chiqqandi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13 may 2023, 17:52

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha JCHda ilk oltinni qo‘lga kiritdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauov ustidan 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va 200 ming dollar pul mukofoti egasiga ham aylandi.

Boks bo‘yicha JCHda 7 nafar o‘zbekistonlik finalga chiqdi. Ularga kimlar raqib bo‘ladi?
13 may 2023, 00:09

Boks bo‘yicha JCHda 7 nafar o‘zbekistonlik finalga chiqdi. Ularga kimlar raqib bo‘ladi?

Boks bo‘yicha JCHning 13−14-mayda o‘tadigan final bahslarida 7 nafar o‘zbekistonlik qatnashadi. Olimpiya chempionlari Hasanboy Do‘smatovga fransiyalik, Bahodir Jalolovga esa kubalik bokschi raqib bo‘ladi. Saidjamshid Jafarovni esa 2021-yilgi turnirda Shaxram G‘iyosovni mag‘lub etgan qozog‘istonlik bokschi kutmoqda.

Ruslan Nurudinov og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
12 may 2023, 17:40

Ruslan Nurudinov og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Koreyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Ruslan Nurudinov ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritib, qit’a chempioni bo‘ldi.

Osiyo Kubogi-2023: O‘zbekiston “B” guruhida Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydi
11 may 2023, 18:02

Osiyo Kubogi-2023: O‘zbekiston “B” guruhida Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha 2023-yilgi Osiyo Kubogi musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston “B” guruhidan o‘rin olib, Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Musobaqa 2024-yil 12-yanvaridan 10-fevraliga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha JCHda 11 nafar o‘zbekistonlik yarim final yo‘llanmasi uchun kurashmoqda
10 may 2023, 14:29

Boks bo‘yicha JCHda 11 nafar o‘zbekistonlik yarim final yo‘llanmasi uchun kurashmoqda

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi JCHda o‘zbekistonliklar hisobida yana 9 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. 11 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

O‘zbekistonda antidoping nazorati raqamlashtiriladi
10 may 2023, 10:04

O‘zbekistonda antidoping nazorati raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda antidoping nazorati va monitoringi raqamlashtiriladi. Bunda doping-test nazoratini tashkil qilish, sportchilar ma’lumotlari kiritiladigan onlayn tizim, shuningdek, antidoping ta’lim elektron platformasi yaratish, Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish platformasini joriy etish ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting