Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi. U kelasi yil o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashish niyatida. “Men, shunchaki, faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”, — dedi u.
Moldovaning «Sherif» klubi hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev YeCHL doirasidagi o‘yinda «Real Madrid» darvozasiga gol urdi. «Santyago Bernabeu»dagi o‘yin Moldova klubi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikki o‘yindan beri g‘alaba qozonayotgan Yaxshiboyevning jamoasi o‘z guruhida 6 ochko bilan birinchi o‘rinda ketmoqda.
oktabr oyidagi milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki, “Nasaf” jamoasining OFK Kubogidagi g‘alabasi, o‘zbekistonlik harbiy bokschilarning jahon chempionatini 7 ta medal bilan yakunlashi — “Gazeta.uz"ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
DXX raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Ravshan Ermatov birinchi vitse-prezident etib saylandi.
Prezident qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etiladi. Muassasaga belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar har yili 5-sinfga qabul qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Farg‘ona filiallarida velosport turlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Bo‘stonliq tumanida veloshosse sport majmuasi quriladi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 finalida Eronga bitta gol farqi bilan yutqazdi. Ikki jamoa 17 ta gol urishdi.
Toshkentda chorshanba kuni kechqurun tungi «Tungi velosayr» festivali bo‘lib o‘tadi. Sayr Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha davom etadi. Barcha velosport ishqibozlari ishtirok etishi mumkin.
Termizning «Surxon» klubi futbolchisi Javohir Esonqulov jamoa sardori, klub sport direktori va birinchi vitse-prezidenti tomonidan do‘pposlanganini ta’kidladi. Klub esa Esonqulov jamoa rahbarining kabinetiga kiraverishdagi devorga uni haqorat qiluvchi so‘z yozib qoldirganligini ma’lum qilib, faqat ikkita futbolchi o‘rtasida mushtlashuv bo‘lganini aytdi. Futbolchining rafiqasi uni dubinkalar bilan kaltaklaganini ta’kidlamoqda.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki, viloyat hokimlarining Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilarini mukofotlashi, MDH o‘yinlari ishtirokchilari kutib olinishi — «Gazeta.uz» ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-turida Misrni mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta Jahon chempionatining nimchorak finaliga chiqdi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 2-turida Rossiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi o‘yinlarini Gvatemala bilan uchrashuvdagi mag‘lubiyat bilan boshladi.
Qozon shahrida o‘tkazilgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza jami 91 ta medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so‘ng ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilar bilan uchrashdi va O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiada yakunlari bo‘yicha so‘z yuritdi. «Musobaqaning dastlabki kunlarida 25 nafar sportchimizga nisbatan qattiq karantin talablari qo‘llangani ham, jiddiy muammolar tug‘dirdi», — dedi u. Prezident, shuningdek, paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish choralarini e’lon qildi.
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Bahrom Mendibayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida murabbiylik faoliyati, sportchilarni tanlashda nimalarga e’tibor berilishi va Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
6 sentyabr kuni Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi kutib olindi. «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida sportchilarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Paralimpiadada sovrindor bo‘lgan sportchilarga prezident sovg‘asi — uy hamda avtomobillar topshirildi (foto).
2022 yili futbol bo‘yicha jahon chempionati ilk bor Qatarda va ilk bor qish faslida o‘tkaziladi. Eng qimmat jahon chempionatida muxlislarni nima kutmoqda, Qatar tashkilotchilik yo‘lida qanday muammolarga duch keldi va jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? Bularning barchasi haqida «Gazeta.uz» maqolasida batafsil.
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting