Havo sovuq bo‘lgan kunlar ham Anhor kanalida cho‘milayotganlarni uchratish mumkin. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam yilning har qanday faslida cho‘milishni xush ko‘radigan morjlar bilan suhbatlashdi.
Tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Komiljon To‘xtayev Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan yagona o‘zbekistonlik sportchi hisoblanadi. «Gazeta.uz» undan chang‘ichilarning O‘zbekiston va xorijda qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani, g‘alaba qozonish imkoniyatlari va mamlakatda ushbu sport turini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar haqida so‘radi.
Adliya vazirligi O‘zbekiston biatlon federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Malibu avtomobilining shubhali sotilishi va Shaxmat federatsiyasidan 1,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ning federatsiya rahbarining birinchi o‘rinbosari, iste’fodagi DXX generali Husan Turdialiyev direktor bo‘lgan xususiy shaxmat klubiga o‘tkazilishini o‘rganmoqda. Shaxmatchi Sergey Qayumov «Husan Turdialiyevning so‘nggi 20 yildagi diktaturasi» haqida gapirgan bo‘lsa, Gulruhbegim Tohirjonova federatsiya rahbarining birinchi o‘rinbosarining xatti-harakatlari AQShga ketishiga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
29 yoshli o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev «otasining iltimosi bilan» boksdagi faoliyatini yakunlayotganini ma’lum qildi. Oxirgi vaqtlarda sportchi bilan promouter o‘rtasida mojarolar davom etib kelayotgan edi.
Italiya kubogining nimchorak final bahsida «Roma» klubi «Lechche» ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga romaliklardan Temmi Abraham, Marash Kumbulla hamda zaxiradan tushgan Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Bu Eldorning joriy mavsumdagi 2-goli.
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski FIFA talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Krishtianu Ronaldu xalqaro futbolda barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purarga aylangani uchun FIFA`ning maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Barcha sovrinlar egalari.
21 yanvar O‘zbekiston va Yaponiya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga Yaponiyada karantin choralari kuchaytirilgani sabab bo‘lgan. O‘FA ayni shu kuni boshqa raqib bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida ish olib bormoqda.
Shahmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, ikki xonali uy kaliti va 250 mln so‘m pul mablag‘i topshirildi. Uning murabbiylari Jahongir Vohidov hamda marhum Dmitriy Qayumovning oilasiga 100 mln so‘mdan berildi. Nodirbekning otasi jahon chempionini tadbirma-tadbir ovora qilmaslikni so‘rab, u hali ko‘p mehnat qilishi kerakligini aytdi.
«PSJ» ning to‘rt nafar futbolchisi — Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazala koronavirusga chalindi. Ular navbatdagi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Blits yo‘nalishida shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov 8-o‘rinni egalladi. Fransiyalik shaxmatchi Maksim Vashiyer Lagraf musobaqa chempioni bo‘ldi.
Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasida (1hls.uz) ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. Shu yilning 10 iyunidan hozirgi kunga qadar platforma foydalanuvchilariga piyoda yurganligi uchun 43,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida top-5 talikka kirdi. 16 yoshli sportchi 12 turning birida dunyoning to‘qqizinchi raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidovlar hozircha yetakchilardan ortda qolmoqda.
Prezident shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirladi. Davlat rahbari ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon beriladi.
Rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov musobaqadagi ishtiroki, Magnus Karlsenning so‘zlari haqida fikr bildirdi hamda Rustam Qosimjonov bilan taqqoslanishiga javob berdi.
Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov yakunda rossiyalik raqibini yengib, jahon chempioni bo‘ldi. Endi u 60 000 dollarga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov rapid bo‘yicha jahon chempionatining 10-turida jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi. Rossiyalik Vladimir Fedoseyev va hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi kechgan o‘yinlarda esa durang qayd etdi. Shunga qaramasdan u turnir yetakchiligini saqlab turibdi. Bungacha u reytingning yuqori o‘ntaligidagi ikki nafar shaxmatchidan ustun kelgandi.
O‘zbek futbolining yil yakuniga bag‘ishlangan «Uz Football Awards-2021» marosimida Eldor Shomurodov «Yilning eng yaxshi futbolchisi», Dilshod Rahmatov «Yilning eng yaxshi futzalchisi» va Dildora Nozimova esa «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» deb e’tirof etildi. Taqdirlash marosimi tafsilotlari va sovrindorlar bilan suhbat — «Gazeta.uz» reportajida.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi. Shuningdek, u O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga ham tasdiqlandi.
Italiya chempionatining 19-tur bahslarida «Roma» «Sampdoriya»ni qabul qildi. Mourino o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodovni zaxiradan o‘yinga tushirdi, 5 daqiqadan so‘ng u raqib darvozasiga gol kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting