Sport

Safiya Burxanova yadro uloqtirish bo‘yicha uch karra Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi
6 sentabr 2024, 14:46

Safiya Burxanova yadro uloqtirish bo‘yicha uch karra Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

O‘zbekistonlik paraatlet Safiya Burxanova Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokiodagi oltin va Riodagi kumushdan keyin uchinchi Paralimpiya medali bo‘ldi. O‘zbekiston 18 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Paralimpiada: 9-kunda 22 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi
6 sentabr 2024, 10:21

Paralimpiada: 9-kunda 22 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi

Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 22 nafar a’zosi sportning 5 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Xususan, avvalgi bahslarda oltin medal olgan Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev disk uloqtirish va Yorqinbek Odilov yadro uloqtirish bahslarida qatnashadi.

“Muammo asosan jismoniy holatda bo‘ldi”. Srechko Katanets — KXDRga qarshi o‘yin haqida
6 sentabr 2024, 09:08 1

“Muammo asosan jismoniy holatda bo‘ldi”. Srechko Katanets — KXDRga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets Shimoliy Koreya bilan o‘yinda jamoa o‘z imkoniyatini to‘liq namoyish eta olmagani, muammo asosan jismoniy holatda bo‘lganini aytdi. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov “JCHga yaqinlashgan sari bosim va hayajon bo‘lishi tabiiy” ekanini ta’kidladi.

Xusniddin Norbekov — uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi
6 sentabr 2024, 01:02

Xusniddin Norbekov — uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi

Para yengil atletikachi Xusniddin Norbekov yadro uloqtirish bahslarida turnir rekordini o‘rnatib, Paralimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u uchta Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.

Dzyudochi Sherzod Namozov — ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni
5 sentabr 2024, 22:39

Dzyudochi Sherzod Namozov — ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni

O‘zbekistonlik dzyudochi Sherzod Namozov -60 kg vazn toifasida Paralimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi. U 2016-yilgi o‘yinlarda ham g‘olib bo‘lgandi.

Futbol bo‘yicha JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston Shimoliy Koreyani mag‘lub etdi
5 sentabr 2024, 21:11

Futbol bo‘yicha JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston Shimoliy Koreyani mag‘lub etdi

O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashi uchinchi bosqichining birinchi o‘yinida KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi, darvozabon O‘tkir Yusupov esa penalti qaytardi (video, foto, statistika).

Paralimpiya o‘yinlari: 8-kunda O‘zbekistondan 9 nafar sportchi qatnashadi
5 sentabr 2024, 10:47

Paralimpiya o‘yinlari: 8-kunda O‘zbekistondan 9 nafar sportchi qatnashadi

Paralimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 9 nafar a’zosi sportning 4 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Paralimpiada 2024: Server Ibragimov o‘q otish bo‘yicha kumush medal oldi
4 sentabr 2024, 16:16

Paralimpiada 2024: Server Ibragimov o‘q otish bo‘yicha kumush medal oldi

Paralimpiyachi Server Ibragimov 50 metrga to‘pponchadan otish bahslarida kumush medali sohibiga aylandi. U Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgandi.

“KXDRga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz” — Srechko Katanets
4 sentabr 2024, 15:45

“KXDRga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz” — Srechko Katanets

O‘zbekistonlik futbolchilar 2026-yilgi JCH saralash bosqichining uchinchi bosqichida KXDRga qarshi o‘yinda o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi, dedi jamoa murabbiyi Srechko Katanets. “Xotirjam bo‘lib, o‘z ishimizni avvalgidek qilishimiz kerak, bu bosqichda har bir o‘yin murakkab bo‘ladi”, — dedi u.

Paralimpiya o‘yinlari: 7-kunda O‘zbekistondan 10 nafar sportchi qatnashadi
4 sentabr 2024, 08:36

Paralimpiya o‘yinlari: 7-kunda O‘zbekistondan 10 nafar sportchi qatnashadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 10 nafar a’zosi sportning 4 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Xususan, yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal olgan Kubaro Hakimova disk uloqtirish bahslarida qatnashadi. Taqvim.

Shavkat Mirziyoyev ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi
3 sentabr 2024, 18:51

Shavkat Mirziyoyev ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda suhbatlashdi. Prezident bu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini qayd etdi.

Paralimpiada: 6-kunda 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi
3 sentabr 2024, 09:49

Paralimpiada: 6-kunda 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 6 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Doniyor Saliyev kumush, Nurxon Qurbonova bronza medalini qo‘lga kiritdi
2 sentabr 2024, 17:09

Doniyor Saliyev kumush, Nurxon Qurbonova bronza medalini qo‘lga kiritdi

Paralimpiya o‘yinlarining uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Saliyev 7.16 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Nurxon Qurbonova esa yadro uloqtirishda o‘zining mavsumdagi eng yaxshi natijasi — 7.75 metr bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bobur Omonov 2 karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi
2 sentabr 2024, 16:53

Bobur Omonov 2 karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi

Bobur Omonov yadro uloqtirish dasturida 14,32 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikki karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi. U bu natijasi bilan 2021-yilda Tokioda o‘zi o‘rnatgan rekordni ham yangiladi.

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi
2 sentabr 2024, 10:50

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

Prezident Paralimpiya chempionlari Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ularni g‘alaba bilan tabriklab, qolgan ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Avvalroq davlat rahbari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan ham gaplashgandi.

Paralimpiada: 5-kunda O‘zbekiston delegatsiyasining 12 a’zosi ishtirok etadi
2 sentabr 2024, 05:49

Paralimpiada: 5-kunda O‘zbekiston delegatsiyasining 12 a’zosi ishtirok etadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 12 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Paralimpiada: 4-kunda O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi ishtirok etadi
1 sentabr 2024, 09:56

Paralimpiada: 4-kunda O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi ishtirok etadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Taekvondochi Guljanoy Naimova Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U final jangini yakunlay olmadi
1 sentabr 2024, 01:48

Taekvondochi Guljanoy Naimova Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U final jangini yakunlay olmadi

Guljanoy Naimova Paralimpiya o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. Buyuk Britaniya vakiliga qarshi kechgan finalda u yuzidan zarba qabul qilib oldi va jangni davom ettira olmadi. Uni zambilda olib chiqib ketishdi. Jangdan keyin u o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi.

Yengil atletikachi Yorqinbek Odilov — Paralimpiya oltin medali sohibi
1 sentabr 2024, 01:27

Yengil atletikachi Yorqinbek Odilov — Paralimpiya oltin medali sohibi

O‘zbekiston vakili Yorqinbek Odilov para yengil atletika bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi. U nayza uloqtirish bahslarida 50,32 metr natijani qayd etdi.

Asadbek Toshtemirov — taekvondo bo‘yicha Paralimpiya chempioni
1 sentabr 2024, 01:11

Asadbek Toshtemirov — taekvondo bo‘yicha Paralimpiya chempioni

Taekvondochi Asadbek Toshtemirov Paralimpiya o‘yinlarida barcha raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning turnirdagi to‘rtinchi “oltin"i hisoblanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting