Pragada o‘tgan dzyudo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatida eng og‘ir vazn toifasida 19 yoshli O‘tkirbek To‘raboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Rahimjon Subhonov (-66 kg) bronza medaliga ega chiqdi.
Doxada o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida Oksana Chusovitina tayanib sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Londonning «Chelsi» jamoasini sotishga qaror qildi. Kelishuvdan tushadigan barcha mablag‘lar Ukrainadagi urushda jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlaydigan xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Hozirda klubga asosiy da’vogar sifatida shveysariyalik millarder Xansyorg Viss e’tirof etilmoqda.
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlikni «adolat tiklanmaguncha» to‘xtatib turishga qaror qildi. YeI hujjatida uning Qrim anneksiyasi va Ukrainadagi beqarorlik uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya rasmiylarini qo‘llab-quvvatlagani aytildi. Tadbirkor o‘z sha’ni va obro‘sini himoya qilishini bildirdi.
2010 yilda 11 yoshli Abror Artikovni poyezd urib yubordi. Bolaning oyog‘ini son qismidan kesib tashlashdi. U yangi reallikni qabul qilishga harakat qilardi va bir marta velosipedga minib ko‘rdi. Bir necha marotaba yiqilib, ko‘karib, muvozanatini maromiga keltirdi. Abror uchib ketdi. Ko‘p o‘tmay u velosport bo‘yicha murabbiy bilan tanishib, professional tarzda shug‘ullana boshladi. Bu hikoya O‘zbekiston terma jamoasi parasportchilaridan birining yengilmas ruhiyati haqida. Abrorning ustozi bu unga Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilishiga yordam berishiga ishonadi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi «maxsus harbiy operatsiyalari» oqibatida mamlakat sportda ham ko‘plab sanksiyalarga uchradi. UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda emas, Parijda o‘tkazishga qaror qildi. FIFA ham Rossiya hududida hech qanday xalqaro musobaqa o‘tkazilmasligini ma’lum qildi, endi mamlakat vakillari Rossiya bayrog‘i yoki madhiyasidan foydalana olmaydi. Bundan tashqari, Vladimir Putin Xalqaro dzyudo federatsiyasining «faxriy prezidenti va elchisi» maqomidan mahrum etildi. Sochida o‘tishi kutilayotgan «Formula-1» gran-prisi esa bekor qilindi.
UEFA Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat jiddiy tus olgani tufayli bu yilgi Chempionlar ligasi finalini Sankt-Peterburgda emas, Parijda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
UEFA Ukrainadagi vaziyat tufayli Chempionlar ligasi finalini Rossiyada o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu 25 fevral kuni o‘tadigan UEFA Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlanadi.
«O‘zavtosanoat» AJ kompaniyasi boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov endi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga ham rahbarlik qiladi. U federatsiya yig‘ilishida o‘zbek gimnastikasi eski an’analarini qayta tiklashini ma’lum qildi.
Doping iste’mol qilish holatlari asosan og‘ir va yengil atletika, dzyudo, ayollar kurashi, sambo, basketbol, suv polosi, muay-tay va pauerlifting sport turlarida aniqlangan.
Futbolchi Eldor Shomurodov UEFAga bergan intervyusida Italiyagacha bo‘lgan yo‘li, O‘zbekiston terma jamoasi sardorligi qanday kechayotgani, Yevropa futboli va mentalitetining farqi haqida gapirdi. Intervyuning o‘zbek tilidagi to‘liq matni.
O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi mazkur sport turini ommalashtirishdan iborat.
Yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmuratovdan 2021 yil oktabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping sinamasidan taqiqlangan Furosemid moddasi aniqlangan. Sportchi 2025 yil 22 dekabrga qadar sportdan chetlatildi.
Germaniyaning Transfermarkt sayti Markaziy Osiyo mamlakatlari futbol terma jamoalari reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 31,80 mln yevroga baholanib, mintaqa reytingida peshqadam bo‘ldi. Eldor Shomurodov (12 mln yevro) esa ushbu mintaqaning eng qimmat futbolchisi deya qayd etilgan. Reytingda oxirgi o‘rinni Turkmaniston jamoasi egallagan.
Tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov Meltwater Chempionlar turida ilk o‘yinini o‘tkazadi. U birinchi bo‘lib gollandiyalik grossmeyster Anish Giriga qarshi o‘ynaydi, shuningdek, Magnus Karlsen, Din Lijen, Yan Nepomnyaiy, Levon Aronyan va boshqa shaxmatchilar bilan ham bellashadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi murabbiyi Rustam Akramov 73 yoshida vafot etdi. U 1992−1994-yillardagi faoliyati davomida jamoa bilan Markaziy Osiyo chempionati va 1994-yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan. Keyingi ikki yilda esa Hindiston terma jamoasini boshqargan.
Prezident qarori bilan Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar oltin medal uchun — 200 ming dollar, kumush medal uchun — 100 ming dollar, bronza medal uchun — 50 ming dollar miqdoridagi pul bilan mukofotlanadi.
Xitoy poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari diplomatik boykotga uchradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya, Belgiya va boshqa davlatlar ushbu tadbirlarga hukumat amaldorlari va rasmiylarini yuborishdan bosh tortdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa o‘yinlarni siyosiylashtirmaslik kerakligini ta’kidladi. Diplomatik boykotning sabablari, Olimpiya o‘yinlari tarixidagi boykotlar haqida — «Gazeta.uz» maqolasida.
BAAda bo‘lib o‘tgan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha Fujairah Open-2022 turnirida O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta medalni, shu jumladan, 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Musobaqada olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov ham qatnashib, g‘olib bo‘ldi.
O‘zbekiston professional futbol ligasi 2021 yilda 15,7 mlrd so‘m ishlab topgan, musobaqalar o‘tkazish uchun esa 16 mlrd so‘m sarflagan, bu O‘zPFLning OAV oldidagi ilk ochiq moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi. «Avval, jamoalardan pul olmaydigan tashkilotga aylanib olishimiz, undan keyin jamoalarga pul beradigan tashkilotga aylanishimiz kerak», — dedi O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev. Qolaversa, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ochilishi ham qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting